Topshirdi: Raxmonov Suhrob


Agar qonda ishqoriy tabiatli moddalar ko'payea, triar asosan



Download 183,31 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2022
Hajmi183,31 Kb.
#539233
1   2   3
Bog'liq
Patalogiya 5

Agar qonda ishqoriy tabiatli moddalar ko'payea, triar asosan karbonat kislotasi bilan birikib, bikarbonat ionlari va suvni hosil qiladi.
Oqsil bufer sistemasi — (protein-proteionat) — kislotali muhitda H+ ionlarini bog'laydi va natriy hamda kaliy kationlarini ajratib chiqaradi, ishqoriy muhitda esa uning teskarisi, ya’ni kationlarni bog'lab, vodorod ionlarini ajratib chiqaradi. Fosfat bufer sistemasi — birlamchi va ikkilamchi almashgan NaH2P 0 4 — kuchsiz kislota hamda Na2H P 0 4 — ishqoriy xususiyatli fosfatdan tashkil topgan. Ular hujayraning asosiy bufer sistemasi hisoblanadi.
KISLOTA-ISHQORIY MUVOZANAT BUZILISHINING ASOSIY KO'RINISHLARI
Kislota-ishqoriy muvozanat o'zgarishlarining ikki turi: atsidoz va alkalozlar farqlanadi (4, 5- rasmlar). Ular etiologik va patogenetik nuqtayi nazardan quyidagicha tasniflanadi.
Atsidoz vodorod ionlari miqdorining mutlaq (absolut) yoki nisbiy ko'payishi, ya’ni pH ning pasayishi yoki kislotalik tomonga siljishi. Bu o 'z navbatida:
1) respirator (yoki gazli) atsidoz — organizmda tashqi nafas funksiyasining yetishmasligi natijasida karbonat angidridining to'planishi, chiqib ketishining qiyinlashishi yoki olinayotgan havo tarkibida uning ko'p bo'lishi oqibatida yuzaga keladi;
2) metabolik (gazli bo'lmagan) atsidoz— organizmda turli holatlarda (masalan, gipoksiya, qandli diabet, koma va hokazo) moddalar almashinuvining buzilishlari tufayli ko'p miqdorda H+ ionlarini tutgan mahsulotlarning hosil bo'lishi va to'planishi natijasida rivojlanuvchi kislotali — nordon muhit.
Metabolik (gazli bo'lmagan) atsidozning sababi va mexanizmlariga ko'ra o 'z navbatida quyidagi turlari tafovut qilinadi: a) ishqoriy muhitni ta ’minlovchi omillami yo'qotish tufayli organizmda kislotalaming to'planib qolishi yoki ko'p miqdorda asoslar chiqib ketishining kamayishi natijasida yuz beruvchi holat. Bunda buyrakning yetishmovchiligi, yoxud uzoq davom etuvchi dispepsiya va shu kabilar katta rol o'ynaydi; b) ekzogen, ya’ni organizmga tashqaridan, ayniqsa uzoq vaqt davomida ko'p miqdorda kislotali-nordon moddalaming kirishidan (masalan, ovqat, dori-darmonlar va hokazo tarkibida) kelib chiquvchi; d) nihoyat, atsidozning aralash turi (bunda kislotalaming ko'p miqdorda paydo bo'lishi bilan birga chiqib ketishining ham qiyinlashishi, masalan, shok, kollaps holatlarida) yoki ayni vaqtda nafas va qon aylanishi yetishmovchiligi, respirator yoki somatic kasalliklar sababli ham metabolik atsidozning ro‘y-rost rivojlanishi yaqqol misol bo'ladi.
Alkaloz — vodorod ionlarining mutloq yoki nisbiy o'zgarishi hamda pH ning ortishi, ya’ni ishqoriy tomonga siljishini anglatuvchi holat. Buning bir necha turlari farq qilinadi;
1) respirator (gazli) — o'pkaning giperventilatsiyasi va shu tufayli karbonat angidridini to'xtovsiz ravishda tezlik bilan organizmdan ko'plab chiqarish natijasida yuzaga keluvchi holat;
2) metabolik (gazli bo'lmagan) alkaloz:
a) kislotali moddalarni ko'plab chiqarish yoki ko'plab yo'qotish natijasida organizmda (masalan, .ketma-ket to'xtovsiz qayt qilish,oshqozon yarasining teshilishi — perforatsiya bo'lgan vaqtda) ishqoriy moddalarning ko'payib ketishi;
b) ekzogen, ya’ni organizmga ko'p miqdorda ishqoriy muhitli moddalaming tashqaridan kiritilishida kuzatiluvchi turlariga bo'linadi. Ayniqsa atsidoz va qisman alkaloz holatlari organizmning Barch integral darajalarida chuqur o'zgarishlarga, hayot uchun tahlikaga soluvchi holatlarga olib keladi.
SUVSIZLANISH (GIPOGIDRIYA)
Katta yoshdagi odamda organizmdan chiqib ketayotgan suvning miqdori organizmga tushayotganidan ortiq bo'lsa, suvsizlanish (gipogidriya, degidratatsiya, eng og'ir turi — eksikoz) rivojlanadi. Bunday holat organizmga suvning tushishi buzilganda (tashnalik, yutish jarayoni buzilganida, qiltomoq, komatoz va boshqa holatlarda) yoki suv ko'p miqdorda yo'qotilganda (masalan, su ru n k a li ich ke tish , qusish, qon y o'qotish ,poliuriya, giperventilatsiya, ko'plab ter ajratish, kuyish va ekssudat bilan ko'p suyuqlikni yo'qotishda va hokazo) va ana shu har ikkala holat ayni vaqtda yuz berishida kuzatiladi. Suvsizlanishda birinchi navbatda hujayra tashqarisidagi suyuqlik va Na+ ionlari yo'qotiladi. Suvsizlanishning og'ir darajalarida hujayra ichi suyuqligida K+ ionlari ham yo'qotiladi. Suvsizlanish qon hajmining kamayishi (gipovolemiya) va uning ivish xususiyatining oshishi bilan boruvchi o g 'ir oqibatlarga, ular esa o'z navbatida, mikrosirkulatsiya va umuman qon aylanishining buzilishiga, pirovardida kollapsga olib keladi. Qon aylanishining buzilishi to'qimalarning gipoksiyasiga olib keladi, bu esa birinchi navbatda nerv sistemasining tuzilishi va faoliyatiga keskin salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Bunda aql-xushning pasayishi, gallusinatsiya, komatoz holatlar rivojlanadi. Shu bilan birga, nerv markazlari buziladi, chunonchi funksiyasi, nafas maromi, yurak faoliyati buziladi, tana harorati oshadi va hokazo. Arterial qon bosimining sezilarli pasayishi buyrakda filtratsiya, ya’ni qonni zaharli moddalardan tozalash jarayonining buzilishi, oliguriya, giperazotemiya va gazsiz atsidoz bilan kechuvchi og'ir ahvolga olib keladi.
Bunday o'zgarishlarga javoban kompensator reaksiyalar ishga tushadi, chunonchi, gipovolemiya va buyrak qon aylanishining pasayishi vazopressin va aldosteronning ko'p ajralib.chiqishiga olib keladi. Bu gormonlar ta’sirida nefron kanalchalarida Na+ va suvning reabsorbsiyasi kuchayadi, filtratsiya bosimning pasayishi, diurezning kamayishiga olib keladi. Ushbu jarayonda buyrakning gomeostazni saqlashdagi muhim ahamiyatini bilsa bo'ladi. Chunonchi, diurez besh marta kamaysa ham oz miqdorda ajralayotgan siydik orqali chiqariladigan azot qoldiqlarining miqdori ko'p bo'ladi, demak deyarli zaharli moddalardan organizmni tozalashda bunday ahvol unga unchalik shikastlovchi ta ’sir ko'rsatmaydi. Suvsizlanish jarayoni, ayniqsa yoshlar organizmida, og'ir kechadi. Bolalarda ekstratsellular suyuqlikning ko'pligi, buyrakning konsentratsiyalash qobiliyatining kamayishi, teri nisbiy yuzasining yuqoriligi, nafas tezligining onishi organizmda suv-elektrolitlar muvozanatining boshqarilishi yetarli darajada emasligidan dalolat beradi. Hayotning dastlabki ikki yili mobaynida bolalarda, kattalarga qaraganda, suvsizlanish ko'proq uchraydi va og'ir asoratlarga, hatto o'limga ham olib kelishi mumkin.
Shish (yunoncha «oedema») - organizm to ‘qima!ari va seroz bo'shliqlarida suyuqlikning ortiqcha to‘p lanishi. Shishning rivojlanishiga kapillarlarda gidrostatik bosimning oshishi (masalan, yurak yetishmovchiligida), ularning o'tkazuvchanligining oshishi (masalan, allergiyada), qon plazmasi onkotik bosimining kamayishi (masalan, kaxeksiya, ba’zi buyrak kasalliklarida), limfa oqib ketishining buzilishlariga olib keladi. Rivojlanish mexanizmiga qarab shishlar yallig'lanish, yurak, buyrak, kaxektik, allergik, angionevrotik, gipotireoid, limfatik va b. turlarga bo‘linadi.
Shish ( Edema)
Kaxektik yoki ochlik shishi oqsil sintezi buzilishi va trofikasi o'zgargan kapillarlar o'tkazuvchanligining oshishi natijasida yuzaga keladigan gipoproteinemiya bilan bog'liq. Allergik shish organizmning sensibilizatsiyasi bilan bog'liq bo'lib, uning mexanizmi yalligianish shishi patogenezi bilan o'xshash: biologik faol moddalar ta ’siri mikrosirkulatsiya buzilishini chaqiradi. Neyrogen shish suv almashinuvi va to'qima trofikasining asab regulatsiyasi buzilishi natijasida rivojlanadi. Gipotireozda shishlar a ’zo va to'qimalarda glikozaminogli-kanlardan tashkil topgan, suvning ushlanishiga imkon beruvchi maxsus gidrofil xususiyatga ega shilimshiq moddaning to'p lan ish i bilan bog'liq. Bunday shish shilimshiq shish deyiladi. Limfatik shishlar limfa oqib ketishining buzilishi natijasida hosil bo'ladi va limfatik tomirlar rivojlanishi nuqsonlarida, limfa oqib ketishiga o ‘sma jarayonlari tugunlari hosil qiladigan mexanik to'siqda, yallig'lanishda - ko'pincha saramas yallig'Ianishida, limfadenitda kuzatiladi. Surunkali limfatik shish fUlashuvga (ayniqsa, oyoqlaming g'oyat katta, yirik bo'lib ketishiga) olib kelishi mumkin.
Download 183,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish