Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Panjaning kaft yuzasi sohasi, regio palmae manus



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

43
Panjaning kaft yuzasi sohasiregio palmae manus
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: Panjaning kaft yuzasi terisida, bigizsimon o‘siqlar
sathida uchta ko‘ndalang burma ko‘rinadi. Proksimal tomondagisi bilak-kaft bur-
masi bo‘lib, bilakni kaft sohasidan chegaralaydi. Distal burmaning tirsak tomonidan
pastroqda no‘xatsimon suyak (os pisiforme)ni paypaslab aniqlasa bo‘ladi.
No‘xatsimon suyakning tashqi tomonida tirsak arteriyasi va nervining aks
tasvir chizig‘i o‘tadi. Bu yerda arteriya pishiq fassiya boylamlari orasidagi kanaldan
(Gyuyon kanalidan) o‘tganligi sababli uning tomir urishini aniqlab bo‘lmaydi.
O‘rtadagi teri burmasi bilak-kaft usti bo‘g‘imining yorig‘iga mos keladi.
Kaft sohasining lateral tomonida, bosh barmoqning asosida bosh barmoq mus-
kullari hosil qilgan tepacha – thenar, jimjiloq barmog‘i asosida esa medial tepacha
– hypothenar bor. Bu tepachalar oralig‘ida uchburchak shaklidagi kaft chuqurligi
bo‘lib, uning asosi barmoqlarning asosiga, cho‘qqisi bilak tomonga qaragan. Ushbu
chuqurlik kaft aponevrozining joylashgan o‘rniga to‘g‘ri keladi. Kaft chuqurligini
lateral tepachadan ushbu tepachaning teri burmasi (plica thenaris) ajratib turadi.
Tenar burmasining proksimal 1/3 qismi kesimlar o‘tkazishda xavfli joy hisob-
lanadi (Kanavelning “taqiqlangan zona”si). Chunki oraliq nervining bosh barmoq
muskullarini ta’minlovchi shoxlari aynan shu yerda ko‘ndalang yo‘nalgan holda
thenar tepaligiga kiradi. Ushbu nerv shoxlarining kesib yuborilishi bosh barmoq
funksiyasining jiddiy buzilishiga olib keladi. Kaft bilan barmoqlarning asoslari
chegarasida, kaft yuzasi tomonda, kaft-barmoq burmalari bor. II-V barmoqlar-
ning asoslaridagi kaft-barmoq burmalari shu to‘rtala barmoq proksimal falan-
galarining o‘rtasiga yoki yuqori qismiga to‘g‘ri keladi. I kaft barmoq burmasi esa
I kaft-barmoq bo‘g‘imi sathida joylashgan. II-V barmoqlarning kaft-barmoq
bo‘g‘imlariga kaftning distal ko‘ndalang burmasi mos keladi. Burma kaftning distal
qismida, uning tirsak tomonidan boshlanib, II-III barmoq yostiqchasigacha
ko‘ndalang yo‘nalgan. Ushbu burmadan salgina yuqorida unga parallel holda kaft-
ning bilak tomonidan boshlanuvchi proksimal kaft ko‘ndalang burmasi joylash-
gan bo‘lib, u kaft suyaklarining o‘rtasiga yoki yuza kaft arteriya ravog‘ining eng
qavariq joyiga to‘g‘ri keladi.
II-III, III-IV va IV-V barmoq oralarida barmoqlararo burmalar mavjud. Bu
burmalar ariqchalar shaklida bo‘lib, ular kaft yuzasidan kaft orqa yuzasi tomonga
proksimal yo‘nalishda qiyalab joylashgan.
Burmalarning to‘g‘risida, kaft-barmoq va kaftning distal ko‘ndalang burma-
lari orasida uchta tepacha – yostiqchalar (monticuli) bo‘lib, bular komissural teshiklar
ustida joylashgandir; aksariyat hollarda aynan shu joylarda qadoqlar hosil bo‘ladi.
Yostiqchalarning oralaridagi egatchalar II, III, IV barmoqlar pay qinlarining proksi-
mal oxirlariga to‘g‘ri keladi. Barmoqlardagi qon tomir va nervlarning tasviri ular-
ning kaft yuzasidan yon yuzasiga, kaft orqa yuzasidan yon yuzasiga o‘tish joylariga
mos tushadi. Barmoqlarning kaft yuzalarida ko‘ndalang burmalar bo‘lib, ular falan-
galararo bo‘g‘imlar hamda butsimon boylamlar ustida joylashgan.
Kaft yuzasining terisi qalin bo‘lganligidan uning ostidagi yiringli jarayon tashqari-
ga yorib chiqa olmasdan kletchatka bo‘ylab ichkariga tarqaladi. Terida esa yiring epi-
dermis qavatini ko‘chirib, uning ostida to‘planadi. Bunday subepidermal abssess
ko‘pincha, torgina kanal orqali chuqurroqdagi abssess bo‘shlig‘i bilan bog‘langan
bo‘ladi, shu tufayli mazkur yiringli o‘choqning shakli qum soatni eslatadi.


44
Terida ter bezlari ko‘p bo‘lib, soch piyozchalari bilan yog‘ bezlari umuman
bo‘lmaydi. Shu tufayli furunkul (chipqon) kaft yuzasida uchramaydi. Terining
siljishi chegaralangan, chunki u teri osti kletchatkasi orqali o‘tuvchi vertikal
yo‘nalgan biriktiruvchi to‘qimali to‘siqchalar yordamida ostidagi aponevrozga
yopishgan, shuning uchun teri osti yog‘ qavati katakchalarga bo‘lingan bo‘lib,
unda gipotenar sohasida ko‘ndalangiga yo‘nalgan kaftning kalta muskuli

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish