36
mal bilak–tirsak bo‘g‘imi silindr shaklida bo‘lib, unda bilakning pronatsiya va
supinatsiya harakatlari bajariladi.
Bo‘g‘im xaltasi yuqorida yelka suyagidagi bilak, toj va tirsak chuqurcha-
larining (fossae radialis, coronoidea et olecrani) yuqorigi qismiga hamda
tepachalarning asosiga, pastda bo‘g‘im tog‘ayining chetlariga birikadi. Bo‘g‘im
xaltasining bilak suyagi bo‘yinchasiga birikish joyida xaltasimon cho‘ntak (re-
cessus sacciformis) hosil bo‘ladi.
Tashqari tomondan bo‘g‘im yon boylamlar, tirsak va bilak kollateral boy-
lamlari (ligg. sollaterales ulnare et radiale) hamda bilak suyagining halqasimon
boylami (lig. annulare radii) bilan mustahkamlanadi. Bo‘g‘imni old tomonidan
yelka muskuli va uning tashqarisida bilak nervi, orqa tomonidan va yuqorida uch
boshli muskulning payi, pastki-lateral tomonidan supinator va tirsak muskuli (m.
anconeus) qoplaydi. Medial qismini esa muskullar qoplamaydi, bu yerda bo‘g‘im
xaltasi ustida bevosita tirsak nervi yotadi. Bo‘g‘imning tirsak o‘sig‘i tepasidagi,
uch boshli muskul payi distal qismi ostidagi, yelka suyagining tirsak chuqurchasiga
mos keluvchi orqa qismi uni teshish (punksiya qilish) uchun eng qulay joy hiso-
blanadi.
Tirsak o‘sig‘i sohasida tirsak bo‘g‘imi bo‘shlig‘i bilan tutashmagan 3 ta qopcha
bo‘lib, ular teri ostida, uch boshli muskul payining ichida va uning ostida joylashgan.
Tirsak bo‘g‘imi oldingi va orqa tomonlardan boylamlar bilan mustahkam-
lanmagan; yon tomonlardan esa mustahkam boylamlarga ega. Shu sababli tirsak
va bilak suyaklari ko‘pincha bo‘g‘imdan orqaga, kam hollarda oldinga chiqadi,
yon tomonlarga deyarli chiqmaydi. Oldinga uzatilgan qo‘l bilan yiqilganda, bilak
haddan tashqari yozilib, bilakdagi suyaklar bo‘g‘imdan chiqadi: tirsak suyagin-
ing toj o‘sig‘i (processus coronoideus), orqaga hamda yuqoriga siljib, yelka suy-
agining tirsak chuqurchasi (fossa olecrani)ga kirib qoladi. Orqa tomonda tirsak
o‘sig‘i, olecranon, hamda bilakning boshchasi (caput radii) aniqlanadi. Agar, shu
holatda qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukilsa, yelka suyagining distal oxiri bo‘g‘im xal-
tasini va yelka muskulini yirtib, oldinga chiqadi, natijada tomir-nerv tutami jaro-
hatlanishi mumkin.
22-rasm. Tirsakning orqa sohasi.
1-bilak yonlama (kollateral)
arteriyasi; 2-yelka-bilak muskuli va
panjani bilak tomonga yozuvchi uzun
muskul; 3-bilakning orqa (dorsal) teri
nervi; 4-yelka suyagining tashqi
o‘sig‘i; 5-tirsak muskuli; 6-
barmoqlarni yozuvchi umumiy
muskul; 7-tirsak suyagi; 8-panjani
tirsak tomonga bukuvchi muskul; 9-
tirsak bo‘g‘imining arteriya to‘ri; 10-
yelka suyagining ichki o‘sig‘i; 11-
tirsak nervi va yuqori tirsak
kollateral arteriyasi; 12-yelkaning
uch boshli muskuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |