Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Skeletotopiyasi. Yuqorigi qismi I bel (kamroq XII ko‘krak) umurtqasi sathida
joylashadi. Ichakning bu qismi o‘rta tekislikni chapdan o‘ngga ko‘ndalangiga kesib
o‘tadi. Pastga tushuvchi bo‘lagi yuqoridan pastga yo‘nalib, II-III bel umurtqalari
tanalarining o‘ng tomoniga yondoshadi. Gorizontal bo‘lagi III bel umurtqasi sathida
o‘rta tekislikni o‘ngdan chapga ko‘ndalangiga kesib o‘tadi. Ko‘tariluvchi bo‘lagi
III bel umurtqasining chap tomonidan II bel umurtqasining chap yonigacha
ko‘tariladi (187-rasm).
Sintopiyasi. O‘n ikki barmoq ichakning yuqorigi yarmi (pars suprameso-
colica) ko‘ndalang chambar ichak tutqichidan yuqorida, qorin bo‘shlig‘ining yu-
qori qavatida (178-rasm), pastki yarmi (pars inframesocolica) qorin bo‘shlig‘ining
pastki qavatida joylashgan (179-rasm).
O‘n ikki barmoq ichakning so‘g‘oni (piyozchasi) ga yuqorida – jigarning
kvadrat bo‘lagi; oldinda – o‘t pufagi; orqada – darvoza venasi, oshqozon-o‘n ikki
barmoq arteriyasi va umumiy o‘t yo‘li; pastda – oshqozon osti bezining boshchasi
tegib turadi. A’zoning pastga tushuvchi bo‘lagiga oldinda – jigarning o‘ng bo‘lagi
va ko‘ndalang chambar ichak tutqichi; orqada – o‘ng buyrakning darvoza sohasi
(oyoqchasi) va pastki kavak vena (bu tuzilmalar ichakdan buyrak oldi va Toldi
fassiyalari orqali ajralib turadi); lateral – ko‘tariluvchi chambar ichak va uning
jigar burilmasi; medial – oshqozon osti bezining boshchasi hamda qisman umumiy
o‘t yo‘lining retroduodenal qismi tegib turadi (181-rasm).
O‘n ikki barmoq ichakning pastki (gorizontal va ko‘tariluvchi) qismining
yuqorisida – oshqozon osti bezining boshchasi va tanasi; oldida – ko‘ndalang
chambar ichak tutqichi (va uning oldidagi oshqozon), och ichak qovuzloqlari,
ingichka ichak tutqichining ildizi yuqori tutqich tomirlari bilan birga; orqasida –
kletchatka va qorin ichi fassiyasi orqali ajralib turuvchi katta bel muskuli, pastki
kavak vena, aorta va chap buyrak venasi joylashgan.
O‘n ikki barmoq ichak bilan yuqori tutqich arteriyasining topografik muno-
sabatlari muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u bir tomondan, ichak pastki qismi-
ning shakli va o‘rniga, ikkinchi tomondan, arteriya poyasi tuzilishidagi individual
o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Yuqori tutqich arteriyasi (a.mesenterica superior), oshqo-
zon osti bezining orqa tomonida qorin aortasidan boshlanadi va bezning pastki
qirg‘og‘i ostidan chiqib, shu nomdagi venalar bilan birga o‘n ikki barmoq ichak-
ning gorizontal yoki ko‘tariluvchi bo‘laklarining oldingi yuzasiga yo‘naladi va uni


276
yuqoridan pastga va biroz chapga tomon kesib o‘tadi (188-rasm). Bu arteriyaning
shakl jihatidan ikki xil: magistral va yoyiq variantlari uchraydi. Magistral shaklli
yagona arteriya poyasi o‘n ikki barmoq ichakning kam harakatchan pastki gorizon-
tal bo‘lagining oldingi devoriga yopishgan bo‘lib, ichakning pastki qirg‘og‘idan
pastroqda o‘zining shoxlariga bo‘lina boshlaydi. Aortadan o‘tkir burchak hosil qilib
boshlanuvchi bu arteriya poyasining o‘n ikki barmoq ichakning pastki qismiga be-
radigan bosimi shu darajada bo‘ladiki, muayyan sharoitlarda arterio-mezenterial
ichak tutilishi deb ataluvchi xastalikni keltirib chiqarishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish