Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


O‘n ikki barmoq ichakning fiksatsiyasi



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

O‘n ikki barmoq ichakning fiksatsiyasi. O‘n ikki barmoq ichakning tushuv-
chi bo‘lagining yarmidan ko‘tariluvchi bo‘lagining yarmigacha bo‘lgan qismi qorin-
pardadan tashqarida yotadi. Bunday sharoitda o‘n ikki barmoq ichakning faqat
boshlang‘ich va oxirgi qismlaridan tashqari qolgan asosiy qismi harakatsiz fiksatsiya-
langan bo‘ladi. Ichakning intraperitoneal joylashgan qismlari eng kam fiksatsiyalan-
gan bo‘lib, ular: o‘n ikki barmoq ichakning boshlanish qismidagi so‘g‘oni va oxirida-
gi och ichakka o‘tish qismi – o‘n ikki barmoq-och ichak egriligi (bukilmasi) - flexura
duodenojejunalis hisoblanadi. Xuddi ana shu joylarda o‘n ikki barmoq ichakning boy-
lamlari joylashgan. Jigar-o‘n ikki barmoq boylami (lig. hepatoduodenale) o‘n ikki
barmoq ichakning so‘g‘onini, yuqorigi egriligini va tushuvchi bo‘lagining yuqori qismi-
ni ushlab turadi. Boylam kichik charvining o‘ng chetida joylashgan bo‘lib, charvi
teshigini oldindan chegaralaydi. U ikki qavatdan iborat boylamlar jumlasiga kiradi;
boylamning varaqlari orasidan tomir-o‘t tutami o‘tadi. Tomir-o‘t tutami elementlari-
ning o‘zaro joylashuvi quyidagicha: chapda – xususiy jigar arteriyasi (a.hepatica pro-
pria), o‘ngda – umumiy o‘t yo‘li, ductus choledochus, ularning orasida va orqa to-
monida – darvoza venasi (v.porta) joylashadi (186-rasm).
O‘n ikki barmoq-buyrak boylami (lig.duodenorenale) - ichak so‘g‘onining
orqa-yuqori qirg‘og‘i bilan o‘ng buyrakning darvozasi yoki pastki bo‘limi orasida
gorizontal yo‘nalishda tortilgan tarnovcha shaklidagi boylam bo‘lib, charvi teshi-
gini pastdan chegaralaydi. Boylamning (tarnovchaning) ostidan xususiy jigar ar-
teriyasi o‘tadi. Bu arteriya qorin arteriya poyasi tomondan jigar-o‘n ikki barmoq
boylamiga borishda tarnovchaning ostida orqadan oldinga va chapdan o‘ngga
yo‘naladi (184-rasm). Shu sababli, o‘n ikki barmoq ichakni mobilizatsiya qilish
(o‘rnidan siljitish) uchun bu o‘n ikki barmoq-buyrak boylamini kesish yaramaydi.
Klinikada oshqozonni Bilrot I usuli bo‘yicha rezeksiya qilish, umumiy o‘t
yo‘lining retroduodenal qismiga ochib kirish, Vinslou teshigini kengaytirish kabilar
uchun o‘n ikki barmoq ichakni mobilizatsiya qilishning Koxer usuli qo‘llanadi.
Buning uchun o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi bo‘lagini chap tomonga torti-
lsa, qorinpardaning ichakdan o‘ng buyrakka o‘tgan qismi taranglashadi. Xuddi
shu taranglashgan joyda qorinpardani pastga tushuvchi bo‘lakning tashqi qirg‘og‘i
bo‘ylab kesiladi. Bunda ichakni medial va pastki tomonlarga siljitish, uning past-
ga tushuvchi bo‘lagi orqasida joylashgan a’zolarni ochish imkoniyati paydo bo‘ladi.
O‘n ikki barmoq-chambar boylami (lig.duodenocolica) oshqozon-chambar
boylamining o‘ng tomondagi davomidir.
O‘n ikki barmoq ichakning osiltirib turuvchi boylami yoki Treyts boylami
(lig.suspensorium duodeni) (PNA bo‘yicha yuqorigi o‘n ikki barmoq ichak bur-
masi, plica duodenalis superior) o‘n ikki barmoq ichakning oxirini hamda o‘n
ikki barmoq-och ichak egriligini fiksatsiyalaydi. Bu boylam o‘n ikki barmoq ichak-


277
ni osiltirib turuvchi (Treyts
muskuli – m.suspensorius duode-
ni) muskulni qoplovchi qorinpar-
da burmasi bo‘lib, u orqali past-
ki tutqich venasi (v.mesenterica
inferior) o‘tadi. Treyts muskuli
o‘n ikki barmoq-och ichak egrili-
gi sohasida ichakning aylanma
muskul tolalaridan boshlanadi,
so‘ngra yuqoriga va biroz o‘ngga
yo‘nalib diafragmaning o‘ng oyoqchasi sohasida fassiyaga birikadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish