“Tong sirlari”


She`rning konstektual tahlili



Download 156,5 Kb.
bet15/21
Sana27.01.2022
Hajmi156,5 Kb.
#413125
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
2 5215532757815396199

2. She`rning konstektual tahlili:
a) shoir biografiyasi;
Tekshirish uchun olingan to`plamlarda she`r yozilish yillari turlicha ko`rsatiladi. Xususan, “Tong sirlari” (1926), Uch jildlik asarlar (1993) va “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida yozilish yili 1923-yil, “Yana oldim sozimni” (1991), “Bahorni sog`indim” (1988) to`plamlarida 1928-yil, “Go`zal Turkiston” (1997), Tanlangan asarlar (2016) da esa 1926-yil deb ko`rsatiladi. Biz shoir yashagan davrga yaqin bo`lgan to`plam (“Tong sirlar”) ga tayangan holatda she`rning 1923-yilda yozilgan degan fikrni asosli deb topdik. Fikrimizni dalillash uchun shoir boigrafiyasiga murojaat qilamiz. Tasdiqlashda quyidagi ma`lumotga tayandik:
Adabiyotshunos olim Naim Karimov “Cho`lpon” ma`rifiy romanida yozishicha, 1923-yil boshlarida Andijonda “Darxon” gazetasi chiqariladi. Bu gazeta bosmachilikka qarshi g`oyaviy kurash, bu borada xalq orasida keng miqyosda tashviqot-targ`ibot olib borish yuklangan ommaviy gazeta edi. Uning o`rinbosari – Abdulhamid Sulaymon – shoir Cho`lpon edi. Gazeta muharriri Abulhay Tojiyev Toshkentga chaqirib olingandan so`ng, Gazetaning barcha nashr ishlari Cho`lpon va Oltoy (Bois Qoriyev) zimmasiga tushgan.
Oltoy 1941-yil 19-fevralda Davlat Xavfsizlik Qo`mitasiga xodimlariga bergan ikkinchi ko`rsatmasida, “1923-yil oxirlarida men o`qishni davom ettirish uchun Andijondan Toshkent shahriga, Inpros (Maorif instituti) ga qaytdim., Cho`lpon esa Andijonda qoldi. Inprosda o`qib yurgan chog`imda Cho`lpondan, masalan, “Shoirmanmi men…” degan satrli aksiinqilobiy she`r oldim. U bunday she`rlarni Inprosga adabiyot darslarida talabalar bilan o`qib, tahlil etishimizni so`rar edi… Men Cho`lpondan olgan aksilininqilobiy va millatchilik ruhidagi she`rlarni Inprosdagi adabiyot o`qituvchisi Abdurahmon Sa`diyga berar va u, Cho`lponning iltimosiga ko`ra, dars paytlarida o`qituvchilar o`rtasida Cho`lponni maqtab, bu she`rlarning badiiy jihatdan yuqori saviyada yozilganini aytar edi…”
1923-yil avgust oyining oxiri-sentabr boshlarida Farg`ona vodiysida “bosmachilik harakati”ning so`nishi bilan “Darxon” gazetasi ham faoliyatini to`xtatadi. Cho`lpon esa Andijonda ota-onasi bag`riga qaytadi. Soliha bilan turmush qurdi. Shu davrda qo`qonlik do`stlari taklifi bilan (Ashurali Zoxiriy) Qo`qonda chiqadigan “Farg`ona” gazetasiga adabiy xodim bo`lib ishga kirdi. (1927-yil “Yangi Farg`ona” nomi ostida) Bu gazetada bir necha oy ishlaydi.
Ozod Sharafiddinov “Ijodni anglash baxti” kitobida aytilishicha, 1927-yildan boshlab shoir sh`niga aytilmagan bo`xton qolmadi; uni qoralash, tahqirlash bobida kim o`zar musobaqalar avj oldi. Zarif Bashiriy, Abdurahmon Sa`diy, Olim sharafiddinovlar tomonidan “Cho`lpon yo`qsil xalqning shoiri emas, u ziyolilar shoiridir” deb ayblaydilar. Usmonxon Eshonxo`jayev “Men shoirmi? she`rini qattiq tanqid ostida oladi. “Cho`lponda sabotlik, mustaqil dunyoga qarash yo`q”, “U u shoxdan bu shoxga qo`nib yuradi”, “Cho`lpon o`zining shoirlik vazifasini tushunmaydi”, “Cho`lpon taraqqiyparvar shoir emas, tanazzulparvar xayolparastdir” deganda o`xshash haqarotomuz iboralarni qo`llaydi. Xolbuki, bu maqola yozilgan kezlarda Cho`lpon uchta she`rlar to`plami e`lon qilgan, o`nlab dramatik asarlar sahnalashtirgan, yuzlab maqolalari bosilgan, ko`pgina asarlarni tarjima qilgan, jamoatchilik tomonidan iste`dodli ijodkor sifatida tan olindan edi. Nahotki, jinday o`ylab ham o`tirmay, shunday odamni “dunyoqarashi yo`q”, “betayin”, “tanazzulparvar deyish mumkin bo`lsa?!”


  1. Download 156,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish