2-kurs talabalariga 1-tur uchun tayyorlangan savollar ro’yxati
1-savol
Zamonaviy etiket kitobida aytilishicha. Agar banket boshlanishida shampan yoki bir yaxna ichimlik tarqatilyotgan boʻlsa, uni albatta chap qoʻlda ushlash lozim ekanligi qayd etib qoʻyilgan ekan.
Diqqat savol : Chap qoʻlda shampan vinosi ushlansa, oʻng qoʻl qanday vazifani bajarish uchun boʻsh turushi kerak ekanligini yozib bering.
Javob : Oʻng qoʻl mehmonlar bilan koʻrishishda kerak boʻladi.
2 – savol
Savol: Bu shahar aholisi teriga ishlov berish bilan kun ko'rishgan. Ularning ish jarayonidagi eng muhim mahsulot bu tuz bo'lgan va shahar nomi ham tuz bilan bog'liq. Bu shaharning ma'nosi tuz koni degan ma'noni anglatar ekan. Diqqat savol shaharni toping?
Javob: Namangan
3 – savol
Hammamizga mashhur bo’lgan Yulduzlar jangi filmini suratga olish jarayonida bir o’simlik turidan astroidlarni ko’rinishini o’xshatishda foydalanishgan ekan.
Diqqat savol juda ham oddiy qaysi o’simlik turidan astroidlarni ko’rinishini oshatishda foydalanishgan bo’lishi mumkin
Javob : Kartoshkadan
4 - savol
U haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqing. U qomusiy olim. Uning 600 yildan soʻng aniqlangan matematik formulalari mavjud. U shuningdek 11 yoshli shaxzodani davolagan xakim, quyosh va oy tutilishi, ob-havo qanday boʻlishini avvaldan aytib beruvchi munajjim xam edi. Buxoro xukmdori U bilan suxbat chogʻida yuksak xurmat-eʼtiborning belgisi sifatida doimo oʻz yoniga taxtga oʻtqazgan.
Diqqat savol : Gap kim haqida ketayotganini topishga harakat qilib ko’ring.
Javob : Gap Umar Xayyom haqida edi.
5 – savol
Qadimgi qo’lyozmalarda ajoyib ertak shaxarlar xaqida o’qishimiz mumkin.
Eramizdan avvalgi 4 – asrdagi ko’xna Xind risolalarida bir sirli g’alati “mamlakat” xaqida gap boradi. Unda aytilishicha bu mamlakatda otlarning tuyog’i, fillarning xartumi bo’lmagan.
Savol: Bu qaysi mamlakat?
Javob : Shaxmat
6 – savol
Ashxoboddagi Saparmurad Niyozovning haykali aylanadigan mexaniz bilan jihozlangan ekan. Bu mexanizimni o’ziga hosligi shundaki, Saparmurad Niyozovning yuzi doyimo quyoshga qaragan holatda aylanib turadi. Mahalliy aholi esa aylanish mehanizimining o’ziga hosligini inobatga olgan holda haykalga bir nom berishgan.
Diqqat savol : Haykalni o’ziga hos jihatini hisobga olgan holda mahalliy halq qanday nom berganini yozib bering.
Javob : Kungaboqar.
7 – savol
Bir safar Jeki Chandan muhlislari va jurnalistlar : " Agar sizga 10 ta yozuv odam hujum qilsa nima qilgan boʻlar edingiz? " - deb savol berishibdi. Shunda kino yulduz " Men qahramonlarim uchun javob bermayman lekin shaxsiy maslahat berishim mumkin" degan ekan.
Diqqat savol : Bunday vaziyatda Jeki Chan qanday maslahat bergan boʻlishi mumkin ?
Javob : Tez yugurish
Do'stlaringiz bilan baham: |