3-band:
1-misra: “Tong sirlari” da qo`llangan o`tkan so`zi, qolgan to`plamlarda o`tgan tarzida qo`llanilgan. Hozirgi o`zbek adabiy tili uchun o`tgan tarzda ifodalanishi o`rinli hisoblanadi.
2-3-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik aynan qayd etilgan.
4-misra: “Tong sirlari” (1926), “Go`zal Turkiston” (1997), Tanlangan asarlar (2016) da zerikamen tarzida, “Bahorni sog`indim” (1988), “Yana oldim sozimni” (1991), Uch jildlik asarlar (1993) da zerikaman tarzida ifodalangan.
4-band:
1-misra: “Tong sirlari” to`plamida joyg`a so`zidagi –g`a jo`nalish kelishigi qo`shimchasining eskirgan varianti hisoblanadi. Qolgan nusxalarda joyga tarzida qo`llanilgan.
2-misra: “Tong sirlari” da to`qtab tarzida berilgan so`z, qolgan nusxalarda to`xtab tarzida yozilgan. Biz ham hozirgi o`zbek adabiy tili uchun to`xtab so`zini o`rinli deb hisoblaymiz.
3-misra: “Tong sirlari” (1926) va Uch jildlik asarlar (1993), “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida oshiqdak tarzida berilgan. “Bahorni sog`indim”, “Yana oldim sozimni”, “Go`zal Turkiston” to`plamlarida oshiqdek tarzida, Tanlangan asarlar (2016) da esda oshiqdan tarzida berilgan. -Dek qo`shimchasini –dak shaklida ifodalash esa mavjud til qoidalariga xilof bo`lmagan, ikkisi ham birdek foydalanilgan.
4-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik qayd etilgan.
5-band:
1-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik qayd etilgan.
2-misra: “Tong sirlari”da ko`rub tarzida yozilgan. Qolgan nusxalarning barchasida ko`rib tarzida berilgan. “Tong sirlari”, “Go`zal Turkiston” va Tanlangan asarlar (2016) da turamen ko`makchi fe`li, “Yana oldim sozimni”, “Bahorni sog`indim”, Uch jildlik asarlar (1993), O`zbek tili va adabiyoti (1967) jurnalida esa turaman tarzida qo`llanilgan.
3-misra: “Tong sirlari” to`plamida bo`lib so`zi bo`lub, o`lib-o`lub tarzida, turaman so`zi turamen tarziga qo`llanilgan. Turamen shaklda yozilishi “Go`zal Turkiston” (1997) va Tanlangan asarlar (2016) da ham takrorlanadi. Qolgan to`plamlar: “Bahorni sog`indim”, “Yana oldim sozimni”, Uch jildlik asarlar (1993) da, “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida turaman shaklida yozilganiga guvoh bo`lamiz.
4-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik qayd etilgan.
6-band:
1-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik qayd etilgan.
2-misra: “Tong sirlari”, “Go`zal Turkiston” va Uch jildlik asarlar (1993) da kaldirab tarzida, “Bahorni sog`indim”, “Yana oldim sozimni”, Tanlangan asarlar (2016) da, “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida qaldirab tarzida ifodalanadi.
3-misra: “Tong sirlari”, Tanlangan asarlar (2016) da yo`qliqqa tarzida, “Go`zal Turkiston” va Uch jildlik asarlar (1993), “Bahorni sog`indim”, “Yana oldim sozimni”, “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida esa yo`qlikka tarzida ifodalangan.
4-misra: “Tong sirlari”da demanki, Tanlangan asarlar demakim, “Go`zal Turkiston” va Uch jildlik asarlar (1993) da, “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida deymanki, “Bahorni sog`indim”, “Yana oldim sozimni” to`plamlarida demakki tarzida berilgan.
7-band
1-2-misra: Barcha to`plamlarda misralardagi so`zlar shakliy o`xshashlikka uchragan.”O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida esa men kishilik olmoshi (I shaxs birlik) man tarzida qo`llangan. 2-misrada esa edi to`liqsiz fe`liga –m shaxs-son qo`shimchasi qo`shilgan.
3-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik qayd etilgan.
4-misra: Barcha to`plamlarda shakliy o`xshashlik qayd etilgan. “O`zbek tili va adabiyoti” (1967) jurnalida men kishilik olmoshi (I shaxs birlik) man tarzida qo`llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |