9-band
1-2-misra: “Tong sirlari” da tushub, bo`lub tarzida berilgan. Qolgan misralarda tushib, bo`lib shaklida yozilgan. Yuqorida bular haqida alohida to`xtaldik.
1.2. She`rning qiyosiy-tanqidiy matn. “Tong sirlari” (1926) to`plamidagi she’r matni:
Men shoirmi? (*)
(Tarjimai holimga)
Xayolim bir uchub ketib qoladir,
Men ham tizginini qo`yub beramen.
Zotan, qandoq qilib tutub turamen? –
Eng nozik qilimg`a tegib qoladir.
Uchadir .. uchadir ming qabat ko`kni,
Bir boshdan siypalab o`ta beradir.
________________
Bu she`r, Toshkentdagi O`lka o`zbek bilim yurtining yuqori sinf o`quvchilarig`a atab yozilib ular tomonidan darsda tekshirilgan bir she`rdir.
Zerikmay, erinmay keta beradir,
Ba`zan hovliqtirib jinni yurakni…
Ko`lanka kabidir: o`tkan yeridan,
So`ngra qarasangiz bir nishon qolmas.
Yurgan yerlaridan oziq ham olmas.
Shunda zerikamen uning sayridan…
Bir zamon bir shirin joyg`a yetkanda,
Nariga o`tmasdan to`qtab qoladir:
Oshiqdak yastanib, yotib oladir…
Shu choqda qiynalish boshlanar menda.
Chunki, xayolimning ko`zlari bilan,
Bir go`zal holatni ko`rub turamen;
Lazzatga g`arq bo`lub, o`lub turamen.
U holni borliqning so`zlari bilan –
Anglatish, qo`limdan kelmay qoladir.
Shu choqda tillarim kaldirab ketib,
Borlig`im – yo`qliqqa g`ildirab ketib
Demanki: “Boshqalar bilmay qoladir –
Shunday go`zallikni! Attang, agar men
Rassom bo`lsam edi, chizib berardim,
O`xshash nusxa bilan, yozib berardim.
Shu ojiz holimda, shoirmanmi men?..”
Shoirlik, menda bir soyami deman,
Har bir tushunchamni yoza olmag`ach!
Rassamdak xayolni chiza olmag`ach!
Haqir borlig`img`a ko`b afsus yeman…
Xayolim yuksakdan tushub ketadir,
Shoirlik chang bo`lub, uchub ketadir…
Qo`qon, 1923, 1. dekabr
Hozirgi o’zbek tilining orfografiya qoidalariga moslashtirilgan holda qilingan va biz ham maqbul deb topgan she’rning qiyosiy-tanqidiy matni.
Men shoirmi?*
“Tarjimayi holim”ga
Xayolim bir uchib ketib qoladir,
Men ham tizginini qo`yib beraman.
Zotan, qandoq qilib tutub turaman?
Eng nozik qilimga tegib qoladir.
Uchadir … uchadir… ming qavat ko`kni
Bir boshdan siypalab o`ta beradir.
Zerikmay, erinmay keta beradir
Ba`zan hovliqtirib jinni yurakni…
Ko`lanka kabidir: o`tgan yeridan,
So`ngra qarasangiz, bir nishon qolmas,
Yurgan yerlaridan oziq ham olmas,
Shunda zerikaman uning sayridan…
Bir zamon bir shirin joyga yetganda,
________________
Bu she`r Toshkentdagi “O`lka o`zbek bilim yurti” ning yuqori sinf o`quvchilarig`a atab yozilib, ular tomonidan darsda tekshirilgan bir she`rdir.
Nariga o`tmasdan to`xtab qoladir;
Oshiqdek yastanib yotib oladir…
Shu choqda qiynalish boshlanar menda.
Chunki xayolimning ko`zlari bilan
Bir go`zal holatni ko`rib turaman,
Lazzatga g`arq bo`lib o`lib turaman.
U holni borliqning so`zlari bilan
Anglatish qo`limdan kelmay qoladir.
Shu choqda tillarim kaldirab ketib,
Borlig`im yo`qliqqa g`ildirab ketib,
Deymanki: “Boshqalar bilmay qoladir
Shunday go`zallikni! Attang, agar men
Rassom bo`lsam edi, chizib berardim,
O`xshash nusxa bilan yozib berardim.
Shu ojiz holimda shoirmanmi men?..”
Shoirlik menda bir soyami deyman,
Har bir tushunchamni yoza olmagach!
Rassamdek xayolni chiza olmagach!
Haqir borlig`imga ko`p afsus yeyman…
Xayolim yuksakdan tushib ketadir,
Shoirlik chang bo`lib uchib ketadir…
Qo`qon, 1923, 1-dekabr
Do'stlaringiz bilan baham: |