Ton r maxsu kent d ogik



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/88
Sana21.05.2021
Hajmi0,68 Mb.
#65063
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi

3. Alisher Navoiy.  
O‘zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi 
Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Yosh Alisher favqulodda iste’dod egasi bo‘lib, 
iste’dodining dastlabki ko‘rinishlari u uch-to‘rt yoshga to‘lgan vaqtlardayoq namoyon bo‘la boshlagan. 
Shu vaqtda u Fariddin Attorning “Mantiq-ut-tayr” asarini yod oladi.  
Alisherdagi ilm o‘rganishga bo‘lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni o‘z vaqtida anglagan ota-
onasi uni 1445 yilda maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog‘larida o‘tmish mutafakkirlari va 
o‘z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud 
asarlar mazmunini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil ravishda she’rlar 
yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan yaratilgan she’riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy 
g‘oyalarni aks ettirar edi.  
Qomusiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan Alisher Navoiy xalq orasida hurmat-e’tibor qozonadi. 
Bolalikda birga ulg‘aygan do‘sti sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda 
hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o‘ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat 
olib borgan Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik
tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji yo‘lida amaliy harakatlarni olib borish bilan birga yoshlarga 
ta’lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Ulug‘ mutafakkir o‘zining 
“Xamsa”, “Mahbub-ul-qulub”, “Munojot”, “Vaqfiya”, “Majolis-un-nafois”, “Muhokamat-ul-lug‘atayin”, 
shuningdek, Abdurahmon Jomiyning “Arba’in” nomli asarining tarjimasi sifatida yaratilgan “Chihil hadis” 
(“g‘irq hadis”) kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi. 
Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi 
ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘lagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa 
komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o‘ziga xos jihatlari, yo‘llari, shakl 
va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi. 
Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari, shu jumladan, komil insonni shakllantirish 
konsepsiyasining mazmunini o‘rganish muayyan davrlarda dolzarblik kasb etgan. Shu bois bu yo‘lda bir 
qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, navoiyshunos olimlar O.Sharafiddinov, I.Sultonov, 
A.Hayitmetov, N.Mallaev, T.Jalolov, V.Zohidov va S.G‘aniyev va boshqalar tomonidan samarali ravishda 
olib borilgan tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi. 
Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglanadiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning 
markazida inson va uning kamolotini ta’minlash g‘oyasi turadi. Mazkur o‘rinda navoiyshunos olim V. 
Zohidov quyidagi fikrni ifoda etadi: “Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy 
masalasi, yo‘nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, 
bu uchun zarur jamiyat masalalaridir”. 
Alloma tomonidan yaratilgan asarlarda komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishning uslub, vosita 
va usullari yuzasidan ham so‘z yuritiladi. Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda 
shug‘ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish maqsadga 
muvofiq ekanligiga alohida urg‘u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi hamda ota-onalar tomonidan 
olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar bilan munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan 
xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo‘l 
qo‘yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o‘rinda ma’lum me’yorga amal 
qilish zarurligini aytadi. Alisher Navoiy o‘qituvchining, ayniqsa, talabchan bo‘lishi bolalarning puxta bilim 
olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishiga muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma 
ma’lum fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o‘rganishga layoqatli, iste’dodli bolalarni 
tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga 
urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o‘rinda quyidagilarni bayon etadi: “g‘obiliyatlini tarbiya 
qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, bunga 
tarbiyatingni nobud qilma”. 


Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari qatorida muhim o‘rin tutuvchi omil 
o‘z-o‘zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko‘ra, 
bolaning o‘zi yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini o‘zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun 
imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e’tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to‘g‘ri 
foydalansa, o‘z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi, kimki yo‘l qo‘yilgan xatoni 
anglash va uni to‘g‘rilashga harakat qilish o‘rniga turli bahonalarni ro‘kach qilaversa, xatolari sonining 
yana bittaga oshishi uchun shaxsan o‘zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko‘p bo‘lsa, uning 
yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko‘rinadi, kamchilikning mavjud ekanligini ko‘rsatgan kishi bilan 
tortishish qancha kuchli bo‘lsa, el oldida uning obro‘si shunchalik pasayadi.  

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish