Biroq Abdurahmon Jomiyda o‘zi egallagan bilimlari darajasidan qoniqmaslik hissi ustun edi. Shu
bois bilimlarini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahriga yo‘l oladi. Mazkur davrda Samarqand
shahri ulug‘ mutafakkir Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning boshqaruvi ostida bo‘lib,
u madaniyat va
ma’rifat o‘chog‘iga aylangan edi. Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida matematika, fizika va astronomiya
kabi fanlarning rivoji yo‘lida samarali tadqiqotlar olib borilayotgan edi. Samarqand shahrida bo‘lgan
vaqtda Abdurahmon Jomiy o‘z zamonasining yetuk olimi g‘ozizoda Rumiy tomonidan o‘qilgan
ma’ruzalarni tinglashga muvaffaq bo‘ldi. Hirot shahriga qaytgach, mashhur olim, Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bekning sevimli shogirdlaridan biri Ali Qushchi tomonidan sinovdan o‘tkazildi.
Abdurahmon Jomiy tinimsiz izlanish, o‘qib-o‘rganish evaziga matematika, arab tili va adabiyoti,
sintaksis,
badiyot ilmi, musiqa, falakiyot, falsafa, fiqh, notiqlik ilmi, Qur’onni qiroat bilan o‘qish va
sharhlash kabi fanlardan chuqur bilimga ega bo‘ldi. Chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega bo‘lganligi
bois Abdurahmon Jomiy xalq orasida shoir va olim sifatida shuhrat qozondi, hurmat-e’tiborga sazovor
bo‘ldi. Allomaning o‘ta darajada kamtarligi ham uning xalq orasidagi obro‘siga obro‘ qo‘shdi.
Alloma va she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘rtasida mustahkam do‘stona aloqa mavjud
bo‘lib, ushbu aloqa ham badiiy ijod, ham maishiy turmush, ham ijtimoiy munosabatlar
sohasida yaqqol
ko‘zga tashlanar edi. 1469 yilda Hirot shahrida asos solingan mazkur do‘stlik alloma hayotining so‘nggi
daqiqalarigacha davom etdi.
Abdurahmon Jomiy 1472 yilda haj safari bilan Makka shahriga otlanadi, ushbu safar jarayonida
turli shaharlarda bo‘lib, mashhur shoir, olim va mutafakkirlar bilan muloqotda bo‘ladi, adabiy jarayon,
uning o‘ziga xos yo‘nalishlari va mazmuni bilan yaqindan tanishadi. Ikki yillik safardan so‘ng Hirot
shahriga qaytadi va o‘zi orttirgan boy tajribaga tayangan holda ijod qiladi.
Abdurahmon Jomiy ham o‘z asarlarida yuksak insoniy xislatlarni ta’rif etadi. Tadqiqotchi
Sh.Shomuhamedov Abdurahmon Jomiyning shaxsi xususida so‘z yuritar ekan, quyidagilarni
qayd etib
o‘tadi: “Uning shaxsan o‘zi bunga namuna bo‘ldi, poklik shamlaridan biri bo‘lib porladi”.
Alloma uchta lirik devoni, ta’lim-tarbiya masalalariga oid “Bahoriston”, shuningdek, yettita
dostonni o‘z ichiga olgan “Haft avrang” (“Etti taxt”) nomli asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida
munosib o‘ringa ega bo‘ldi.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari “Bahoriston” asari hamda “Haft avrang” (“Etti
taxt”) asarining tarkibidan o‘rin olgan “Tuhfatul ahror” va “Silsilatuz zahab” (“Oltin tizmalar”)
dostonlarida aks etadi. Allomaning “Bahoriston” asari Muslihiddin Sa’diy tomonidan yaratilgan “Guliston”
asari yaratilgan uslubda yozilgan bo‘lib, unda Abdurahmon Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson va
uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi borasida to‘xtalib o‘tadi.
Abdurahmon Jomiy ham boshqa allomalar kabi inson kamolotining birinchi mezoni uning bilimlilik
darajasi deya ta’kidlaydi.
Abdurahmon Jomiy asarlarida yaxshilik barkamol insonga xos bo‘lgan muhim axloqiy xislat
mohiyatini ifoda etuvchi xatti-harakat sifatida ulug‘lanilishi bejiz emas. Zero,
Yer yuzida yaxshilik va
yomonlikning mangu barqaror bo‘lishi, ular o‘rtasida boradigan abadiy kurash, shuningdek, yaxshilik va
ezgulikning yomonlik va yovuzlik ustidan g‘olib kelishiga bo‘lgan yuksak ishonch tuyg‘usi eng qadimgi
ma’rifiy yodgorliklardan tortib, barcha pandnoma janrida yaratilgan ma’rifiy asarlarning asosini tashkil
etadi.
Xulosa qilib aytganda, Abdurahmon Jomiynnig yetti dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”)
asarining “Tuhfat-ul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhat-ul-abror” (“Yaxshilar tasbihi”), “Silsilatuz zahab”
(“Oltin tizmalar”) kabi falsafiy-axloqiy asarlari hamda “Xiradnomai Iskandar”
nomli dostonida allomaning
barkamol inson tarbiyasiga oid umuminsoniy g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.
Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Absol” dostonida esa tuban his-tuyg‘ulardan tozalanib,
ma’naviy kamolotga erishish yo‘li badiiy tarzda ifoda etiladi.
Alloma o‘z asarlarida yuksak insoniy sifatlarni tarannum etar ekan, ularning eng muhimlari sifatida
quyidagi xislatlarni qayd etadi ham mazkur xislatlarning har bir inson qiyofasida aks etishi hayotiy
zaruriyat deya hisoblaydi: insoniylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, saxovat va karam,
mehr-muruvvat, chin
inchoniy muhabbat, rostgo‘ylik, kamtarlik, jasorat, mardlik va boshqalar. Ayni vaqtda insonning
takabburlik, molu dunyoga qirs qo‘yish, yolg‘onchilik,johillik, ta’magirlik kabi salbiy xislatlardan xalos
bo‘lishini maqsadga muvofiq deb topadi. Abdurahmon Jomiy insonga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy