Bu nom bilan mashhur bo’lgan cholg'u ansambllari XX asr rus estradasida alohida o'rin egallaydi. Bunday guruhlar o'z muxlislarini yoqimli kuylar bilan raqsga tushadigan sho'x musiqalar chalib, el orasida mashhur bo'lib ketgan qo'shiqni ayta oladiganlarga jo'r bo ‘lib chalib berib, yangi paydo bo'lgan mashhur kuylarning aranjirovka qilingan variantini chalib, hayratga solib. xursand qila olgan. Avvallari ochiq maydonlarda, sayillarda cholg'u chalish uchun to'plangan musiqachilar guruhi asta-sekin konsert zallarida ham paydo bo'la boshladi.
AQSh va Yevropadagi estrada orkestrlari yaratgan jaz kuylari Rossiyadagi ijodkorlar tasavvurini boyitdi va yangi guruhlar paydo bo'lishiga turtki bo‘ldi.
1935-yillardan boshlab Rossiyada estrada orkestrlari uchun maxsus kuylar yozadigan kompozitorlar paydo bo'ldi. Bunga mashhur aktyor, qo'shiqchi, hazillar bobida tengi yo‘q, konferanse L.O.Utyosov rahbarligidagi estrada orkestri zamonasining mashhur kompozitori I.O.Dunevskiy bilan ijodiy hamkorligi sabab bo'ldi.
Bu davrda ittifoqdosh respublikalarda paydo bo'lgan estrada orkstrlariga mahalliy kompozitorlar bastalagan kuylar estrada orkestri yo'nalishining tez rivojlanishiga asos bo'ldi. Estrada orkestrlari radio komitetlari qoshida, filarmoniya va konsert tashkilotlari tashabbusi bilan ko'payib bordi. Estrada san’ati konkurslari va festivallarining eng faol ishtirokchilariga aylangan estrada orkestrlari ko'plab qo'shiqchilarning mashhur bo'lishiga va musiqa madaniyatining rivojiga o'z hissasini qo'shdi.
Bir aktyor teatri
XX asrning 80-yillaridan boshlab so'z ustalari satirik monologlar ijrosi bilan - «разговорный» janrda elga tanila boshladilar. A.Raykin, Ye.Petrosyanlar qatoriga yosh ijodkor Ye.Xazanov kirib keldi. Moskva estrada teatrida uning faqat satirik monologlardan iborat «Klunariya texnikumi studenti» nomli yakka konserti - «Bir aktyor teatri» paydo bo'ldi. Xazanov satirik monologlar yozadiganlar bilan hamkorlikda bu tasodif emasligini isbotladi. Estrada tea tri da ketma-ket satirik monoioglardan iborat mavzuli spektakllar muxlislarga taqdim etildi. A.N.Yaxontov tomonidan tashkil qilingan she’riyat va she’riy kompozitsiyalardan iborat «Bir aktyor teatri» tushunchasi satirik monoioglardan iborat konsert atamasi bilan kengaydi. Bu yo'nalish estrada sahanasida yakka tarzda satirik monologlar ijro etadigan ko'plab yoshlarni estrada san’atiga oshno qildi. XX asr oxirlariga kelib bu yo'nalish kulgisevar muxlislarning eng sevimli tomoshasiga aylandi.