Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Yirik shakldagi milliy musiqali tomoshalar



Download 0,91 Mb.
bet110/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Yirik shakldagi milliy musiqali tomoshalar

Zamonaviy musiqali teatr, ya’ni musiqali drama, opera, musiqali komediya, operetta kabi yirik shakldagi musiqali tomoshalar qachon va qayerda bunyodga kelgan, degan savol doimo hammani qiziqtiradi. Ma’lumki, Italiyada XIV asrning oxirlarida Florensiya shahrida istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vernioni tashabbusi bilan uning saroyida, bir guruh shoirlar, sozanda va xonanda musiqachilar. aktyorlar, rassomlar doimiy ravishda yig'ilib, o‘z san’atlari bilan o'rtoqlashar edilar. Ular qadimgi yunon teatrini qaytadan tikiash niyatida Esxil, Sofokl va Yevripidlarning drama va tragediyalariga murojaat qildilar. lekin bu dramaturglarning asarlariga o‘z davrida kiritilgan musiqalar XVI asrga qadar yetib kelmagani sababli, yangi musiqa bastaladilar. Qizig'i shundaki, bu to‘da a’zolari o‘tkazgan ijodiy tajribalari. birinchilardan bo'lib, kelgusida yangi uslubli musiqali teatr va musiqali drama, opera, musiqali komediya janrlarining bunyodga kelishiga sabab bo'ladi, deb. xayollariga ham keltirmagan edilar. Shu to'da a’zosi. ulug' astronom Galeleo Galileyning o‘g‘li, kompozitor. matematik. sozanda Vinchenso Galiley qadimgi yunon madaniyati va san’atining puxta bilimdoni. bir yunon dramasiga musiqa bastalaydi, undan so'ng yunon afsonasi «Orfey va Evridika»ga kompozitorlar Peri va Kachchinilar musiqa bastalaydilar, lekin ular yaratgan musiqalar tragediyani atroflicha ifodalay olmadi. Bu kompozitorlardan ibrat olgan Mantuya gersogi saroyida xizmat qiluvchi kompozitor, xonanda va skripkachi-sozanda Klaudio Monteverdi «Orfey» nomli musiqali drama (opera) yaratadi. Zamonaviy musiqali teatr, musiqali drama va opera san’atining shakllanish va rivojlanish jarayoni va tarixi Monteverdining «Orfey» sahna asaridan boshlanadi. Chunki uning ijodida opera yoki mitsiqali drama janrlarini tashkil qiladigan asosiy jihatlar: adabiy mazmun (libretto), musiqa san’atining hamma turlari va janrlari, raqs san’ati, tasviriy san’at va sahna harakatlarining uzviy bog’lanishi (sintezi) mukammal ravishda shakllangan. Bundan tashqari Monteverdidan avval opera yoki musiqali drama yaratgan kompozitorlar sahna asarida ishtirok etuvchi qahramonlarning musiqiy obraziga jiddiy ahamiyat bermaganliklari va bergan holda ham ularning ruhiy his-tuyg’ulariga aloqador bo'lmagan musiqalar yaratganliklari sababli ular tarixda chuqur iz qoldira olmadilar. Bu vazifani birinchilardan bo’lib Monteverdi bajardi. U shunday degan edi: «Musiqa, spektakl tomashabinning vaqtini chog‘ qilaman deb, ermak uchun sayr-tomosha bo'lib qohnasligi kerak. Sahna asarida musiqaning asosiy vazifasi uning boy va mo ‘jizali till, tebranish harakatlari va turli vositalari bilan ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy his-tuyg ularini, xalti-harakatlarini va voqealar muhitidan kelib chiqib, har bir sahnani musiqa sadolari bilan boyitish lozim. Men o‘z ijodimda ana shu talabga amal qildim». Kelgusida musiqali sahna asar yaratuvchi ko’plab kompozitorlar ham bu talabga amal qiladilar va bu uslub an’ana bo’lib qoladi.
Shunday qilib, Italiyada XV-XVI asrlarda yangi usiubii musiqali sahna janri paydo bo’ldi. Uni avval musiqali drama, kelgusi asrdan boshlab «OPERA» (italyancha OPERA - so’z, harakat, ijod) deb atadilar. Bu ikki atamaningma’nosi birbo’lsa ham, lekin bir-biridan asosiy farqi quyidagicha: «Musiqali dramawda ishtirok etuvchi qahramonlar spektakl mazmunidagi dialoglarni oddiy so’z iboralari bilan, monologlar: ariya, ariozo, qo’shiq, romans va boshqa ovozli musiqa sadolari orqali ijro etadilar. Shunda ba’zi asarlarda ishtirok etuvchi erkaklar va xotin-qizlar ovozlarining farqlanish turlari oldindan partituraga kiritiladi, ba’zi asarlarda umuman bular ko’rsatilmaydi. Shuning uchun artistlar qanday tabiiy ovozga ega bo’lsalar, shu ovozda ijro etadilar.
«Opera»da ishtirok etuvchi qahramonlar, asosan, dialoglarni REChlTATIV (ifodali o’qish san’ati) orqali ijro qiladi. Rechitativ ikki xil bo’ladi: birinchisi - rechitativ zesso - quruq, tez, musiqa

jo'rligida so'zlarni burro-burro aytish. Ikkinchisi - rechitativ assot ~ ohangli, ya’ni musiqa jo'rligida so'zlarni ohang bilan (cho'zib) aytish. Bulardan tashqari musiqali drama bilan opera janrlari farqlarini ajratish qoida-uslublari, albatta, ko'p. Lekin, yana bir asosiy farqlardan biri shundaki, operada ishtirok etuvchi xotin- qizlar ovozi: koloroturali-soprano. soprano, metsso-soprano, alt; erkaklarniki: tenor, bariton, bas, va bas-profundo kabi ovozlarga bo‘lingan holda operaning partiturasiga yoziladi. Musiqiy asarning har bir ko‘rinishida yoki pardasida ariya, ariozo, qo‘shiq, xor, balet va rechitativlar to'xtovsiz ijro etiladi. Bularning hammasini operada musiqali dramaturgiya birlashtiradi.
Musiqali dramada esa ishtirok etuvchi qahramonlarning so'z- dialoglari musiqa bilan almashtirilgan holda ijro etiladi. Aytish mumkinki, «musiqali drama» va «opera»larni bir-biridan farq qiluvchi, ko'rsatilgan ayrim alomatlari bo‘lsa-da, lekin tuzilishi bir xildir. Shuning uchun bu uslubdagi musiqali teatr va janrlarning tuzilishi hamma davlatiarda bir xil, lekin ularning ichki hayoti, musiqiy til iboralari, ishtirok etuvchi personajlarning xarakterlari, tafakkuri, milliy ruh bilan sug'orilgan bo'ladi. Ovropa va Rossiyada bunyodga kelgan opera va balet teatrlari, asarlar va ularni yaratgan kompozitorlar hamda dramaturglar to'g'risida tarixiy manbalar mavjud. Ular orqali har bir musiqali teatrning yoki musiqali sahna asarining alohida-alohida bosib o'tgan yo'lini va musiqiy xususiyatlarini partitura yoki sahna, plastinkalar, kinofilmlar, audio va videokassetalar orqali tanishish, o'rganish mumkin.
Musiqali teatrlar Ovropa mamlakatlarida va Rossiyada avval podshohlar, gersoglar, dvoryanlar, knyazlar va yirik boylar saroylarida paydo bo'ldi va saroy ahliga xizmat qildi. XVH1 asrdan boshlab katta shaharlarda ham musiqali teatrlar qad ko'tara boshladi. Bu teatrlarda «Musiqali drama», «Орега-seriya», «Opera- buffa», «Орега-balet», «Musiqali komediya» kabi janrlardagi musiqali sahna asarlar paydo bo'ldi. XIX asrda esa Ovropa davlatlarida va Rossiyada opera, balet va operetta san’ati avj oldi. Klassik asarlar va ularni yaratuvchi kompozitorlar yetishib chiqdi. XX asrda bu an’ana davom etdi. Umuman, musiqali teatr san’ati - insoniyat madaniyatining eng ulkan yutuqlaridan biridir.
Turkistonda Ovropa usulidagi teatr harakati XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Tarixdan ma’lumki, Rossiya podsho hokimiyati XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni harbiy kuch orqali bosib oldi. Shu davrdan O'rta Osiyo asta-sekin Rossiya imperiyasining mustamlakasi sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mintaqasining tarkibiy qismiga aylandi. Ovropada bunyodga kelgan kapitalizm tuzumi, ihn-fan. texnika va madaniy taraqqiyotlar Rossiyaga ham ta’sir qildi va rus burjuaziyasi paydo bo’ldi. Rossiyada kapitalizm mafkurasining turli oqimlari va marksizm ta’limoti tarqala boshlaydi. jamiyati turli sinfiy guruhlarga bo‘linib ketadi va lining natijasida turli partiyalar paydo bo'ladi.
Bunday o'zgarishlar Turkistonda jadidlar harakatini paydo qildi. Ular g'oyasi millatni ma’rifatli qilish orqali rivojlangan xalqlar qatoriga olib chiqish edi. Bu g‘oya san’at turlarini rivojlantirishni ham taqozo etar edi. Jadidlar Turkiston o'lkasining yirik shaharlarida Yevropa shaklidagi Teatr - Ibratxona tashkil etish masalasini 1914-yili hal qildi. XX asrning boshlarida Rossiya bolsheviklari Oq podsho hokimiyatini yiqitish uchun bu partiyalar bilan hokimiyat o'rtasida kurashni boshladi. Natijada 1917-yil fevralida Rossiya imperiyasi yemiriladi va ikki hokimiyat bunyodga keladi. undan so‘ng o‘sha yili. oktyabr to'ntarishi orqali, proletariya - qashshoqlar hukumat tepasiga kelib sovet hokimiyati tuziladi. Mana shunday siyosiy va ijtimoiy kurash muhitida Turkiston jadidlari revolyutsion kurashni emas, evalyutsion rivojlanishning yo‘lini tanladi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish