Estrada teatrlari
1918-yili inqilobiy to'ntarilishdan so'ng barcha xususiy tomosha maskanlari davlat tasarrufiga o'tkazildi. Kabare va restoranlarda faoliyat ko'rsatadigan tungi klublar tomoshalarining bachkanaligi va xayosizligi haqida matbuotda tanqidiy maqolalar e’lon qilina boshladi. Ularga javoban 1919-yili inqilobiy satira teatri - «Театр революционный сатиры» (Terevsat) tashkil qilindi. Bu teatr kunduzlari frontga jo'nayotgan askarlarga tomosha ko'rsatsa, kechalari kabare va restoranlarda inqilobga xalaqit berayotgan unsurlar ustidan kuladigan tomoshalar ko'rsatdi. Shuning uchun uni inqilobning ilk mevasi - «estrada teatri» deb atash boshlandi. 1920-yili «Синая блуза» - «Ко‘к ko'ylak» nomli estrada teatri tashkil qilindi. Bu teatr - tirik gazeta, ya’ni har kungi o‘zgarishlarni yoritib boradigan «estrada teatri» deb atala boshladi. Uningrepertuaridan-parodiya, satira, kupletlar va hazil qo'shiqlar o'rin oldi. Ularning mazmuni esa inqilob dushmanlari ustidan kulish, ommaga fosh qilish edi. Bu shakldagi teatrga o‘z paytida mashhur bo'lgan barcha ijodkorlar jalb qilindi. 1926-yili Moskvada va Leningradda, 1927-yildan Rossiyaning yirik shaharlarida. hatto Bokuda estrada teatri «myuzikl-xollar» ochildi. Bu yo‘nalishga, barcha mashhur shoirlar, kompozitorlar, aktyorlar, konferenselar, rejissyorlar jalb qilindi. 1928-yili L.O.Utyosov rahbarligida teatrlashtirilgan jaz orkestri tashkil qilindi. Bu estrada teatri musiqa, qo‘shiq, raqs. ekssentrika nomerlarni yuqori saviyada birlashtiradigan va boshqaradigan konferanse Utyosov nomi bilan mashhur edi. 1939-yili Leningradda A.I.Raykin boshchiligida «Miniatyura teatri» tashkil qilindi. Shu yildan boshlab butunittifoq va Rossiya estrada kuylari va qo'shiqlari ijrochilari tanlovlari tashkil qilindi.
Ikkinchi jahon urushi yillari (1941-1945) estrada teatrlarining «Brigada» shakli paydo bo‘ldi. Ular ochiq maydonlarda va gospitallarda tomosha ko‘rsata oladigan ko‘p qirrali ijodkorlar guruhidan tashkil topdi. Estrada teatri «brigada» - qo'shiq, raqs, she’r, hazil-mutoyibaga qurilgan miniatyuralar. latifalar, konferanselik bo'yicha har biri o'ziga xos ijodkorlar guruhi edi. Urushdan keyin estrada teatrlari rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Hatto ittifoqqa qarashli respublikalarda «estrada teatri», «estrada orkestri», «estrada ansambllari», «vokal-cholg‘u guruhlari» paydo bo‘ldi.
Estrada san’atiga bag'ishlangan tanlovlar yangi-yangi guruhlar va estrada qo'shiqchilarining nomlarini kashf qila boshladi. Estrada teatrining yangi shakllari - «raqs guruhi», «she’riyat teatri», «so‘z ustalari teatri», «pantomima teatri» paydo bo‘ldi. Bu teatrlar rejissurasi va ularni boshqaradigan «Мосэст- рада», «Ленэстрада». «Росфилармония», «Госконцерт», «Союз- концерт» tashkilotlari barpo qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |