Jadidlar teatri - katta shakldagi tomosha
Musulmonlar dunyosidagi bu ijtimoiy-ma’naviy siljishda qrim-tatar ma’rifatparvarlari, jadidchilik harakatining asoschisi Ismoil Gaspirinskiy (G'aspirali 185]-1914)ning xizmati benihoyadir. U «Tarjimon» gazetasi bilan turkiy tildagi matbuotni boshlab berdi. Bu inson o‘zbek jadidchilari harakatiga ta’sir qildi va o‘rnak ko‘rsatdi. G‘aspirali doimiy ravishda o‘zbek jadidchilik harakatining ilg'or namoyandalari - Mahmudxo'ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo. Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Hamza, Abdulla Shakuriy, Abdulla Badriy va boshqalar bilan uchrashib, o'zbek, tatar. tojik bolalari uchun yangi uslubli maktablarni tashkil qilishda, matbuotchilikni rivojlantirishda va o‘z oldilariga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishda ko'maklashar edilar. Ular eski turmushni, urf-odatlarni. maktablarda ta’lim-tarbiya usulini isloh qilish, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy yuksaklikka olib chiqishga qaratilgan dasturning asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdilar.
Jadidlar harakati paydo bo'lishi bilan chor Rossiya ma’muriyati va mahalliy mutaassiblarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Shunga qaramay jadidlar g'oyasi yildan-yilga mahalliy xalqlar orasida ommalasha bordi.
Natijada, jadidlik g‘oyasi va harakati yo'lida o'zbek, tojik, turkman. qirg'iz, qozoq xalqlari orasidan o'zining butun mol-dunyosi- yu, umrini ma’rifatga, taraqqiyotga, teatr san’atiga baxsh etgan juda ko‘p insonlar chiqdilar. Ular ijtimoiy-siyosiy hayot jarayonidan voqif bo'lib, yangicha dunyoqarashga ega bo'lgan ziyolilar adabiy va madaniy hayotda izchil faoliyat ko‘rsata boshladilar. Ayniqsa, Ovropa uslubidagi milliy teatr va dramaturgiyani yaratishda, M.Behbudiy va lining fikrdoshlari, safdoshlari, o‘z ijodiy faoliyatlarida izlandilar. turli mavzularda sahna asarlari yozdilar, ijrochi artistlarni ham tarbiyaladilar va teatrda yangi-yangi asarlarni tomoshabinlarga namoyish qila boshladilar. Masalan, 1913-yildan 1917-yilning fevral inqilobiga qadar sahna yuzini ko'rgan asarlar haqida M.Rahmonov «Hamza va o‘zbek teatri» kitobida quyidagi misolni keltiradi: «Teatr dramaturgiyasini yaratishda tanilgan jadid dramaturglari Behbudiy, Nusratulla Qudratulla, Abdulla Badriy, Hoji Muin Shukrulla (Mehri), A.Samadov, Abdulla Avloniy va boshqalar edi. Bular qisqa davr Ichida «Padarkush» (Behbudiy), «Mahramlar» (A.Samadov), «Mazluma xotin», Juvonbozlik qurboni», «Ko'knori», «Qozi ila mulla» (Hoji Muin Shukrulla), «То'у» (Nusratulla Qudratulla), «Juvonmarg», «O‘gay ota», «Boyvachcha», «Saodat bitdi», «Ahmoq», «Xush kelding, xush ketding» (Abdulla Badriy), «Advokatlik osonmi?» (Abdulla Avloniy), «Baxtsiz kuyov» (Abdulla Qodiriy) kabilar yangi g'oyalarni oldinga suruvchi bir necha katta- kichik original pyesalar yozib, yangi tashkil topayotgan jadid teatrlariga taqdim etgan edilar».
Mahmud Behbudiy 1911-yilda yaratgan «Padarkush» nomli pyesasini 1913-yilda Samarqandda, ozarbayjonlik rejissyor Aliasqar Asqarov sahnalashtirdi. «Padarkush»ning sahnada ko'rsatilishi katta voqeaga aylanib ketdi. 1914-yildan boshlab Samarqand teatri bir necha bor gastrol davrida Toshkent, Kattaqo'rg'on, Qo'qon, Namangan, Buxoro, Andijon shaharlarida namoyish qilgan. Uning va rus, tatar, ozarbayjon teatrlarining ta’siri orqali o'sha yillarda Turkiston shaharlarida milliy teatr jamoalari paydo bo'ldi. Toshkenlda 1914-yilda «Turon» nomli teatr truppasi tashkil topadi. lining birinchi tashkilotchilari Abdulla Avloniy, Muhammadjon Qori Nizomxo'jayev, Shokirjon Rahimiy, Qudratulla Mahsum, GTilom Zafariy, Nizomiddin Xo'jayev kabi jadidchi muallim va havaskor artistlar o'sha yili «Padarkush» spektakli bilan ish boshlashadi. Samarqanddan chaqirilgan Aliasqar Asqarov «Padarkushwni tayyorlab. 1914-yil 26-fevralda «Kolizey» binosida qo'yadi. Shu kechada «Padarkush» bilan birga ozarbayjonchadan tarjima qilingan «Xor. xor» komediyasi ham qo'yiladi. Bu o'zbeklarda ham Yevropacha katta shakldagi tomosha maskani paydo bo'lganidan darak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |