2. Ko'p ovozli musiqa va xor orkestimi boshqarish usullari. XVIII- xx asrda dirijorlik san’atining rivojlanishi



Download 28,6 Kb.
Sana02.03.2022
Hajmi28,6 Kb.
#477402
Bog'liq
Dirijyorlik san’atining paydo bo’Iishi va shakllanish tarixi


Dirijyorlik san’atining paydo bo’Iishi va shakllanish tarixi


Reja:


1.Qadimgi Gretsiyada jamoviy ijrochilik va uni boshqarishning
ilk shakillari.
2. Ko'p ovozli musiqa va xor orkestimi boshqarish usullari.
3.XVIII- XX asrda dirijorlik san’atining rivojlanishi.
4.O'zbekistonga dirijorlik san’atining kirib kelishi va
rivojlanishi.

O'quv maqsadi: Dirijorlik san’atining dastlab Yevropa


mamlakatlarida jamoviy ijroni boshqarish uslubi sifatida paydo
bo'lganligi, uning ko'p ovozli musiqa paydo bo'lishi, xor, orkestr
ijrosini boshqarish zarurati orqali san’atning bir turi sifatida shakillanishi
hamda O'zbekistonga xor dirijorlik san’atining kirib kelishi haqida
tushuncha berishdan iborat
Tayanch tushunchalar: Dirijorlik, dirijorliktayoqchasi, klavesen,
skribkachi, xor, orkestr, kompazitor, kapella, opera.
Mustaqil topshiriqlar:
1.Qadimgi Rim qo'shiq maktabida jamoviy ijroning boshqarilishi.
2.Xor va orkestr ijrochiligining paydo bo'lishi.
3.Ко'р ovozli musiqa va uni boshqarishga bo'lgan ehtiyoj.
4. Birinchi dirijor—kompazitorlar.
5.o'zbekistonda dastlabki ko'p ovozli musiqaning va rivojlanishi.
Dirijorlik san’ati uzoq va qadimiy tarixga ega. Odamlar birgalikda
kuylay boshlaganlaridan beri ularda umumiy ritm va sur’atga rioya
qilish zaruriyati paydo bo‘lgan. Ibtidoiy xalqlaming raqs va
qo‘shiqlarida ritmni qarsak chalib berib turganlar, shuningdek,
do‘pirlatib yoki do‘mbira chertib urib turganlar. Qadimgi Gretsiyada xor
rahbarlari bo‘lib, ular oyoqlarini do‘pirlatib, ritm belgilab berganlar.
Yana shu ham ma’lumki, Rim qo‘shiq maktabida xomi boshqarib turish
uchun ma’lum qo‘l harakatlaridan foydalanishgan. Dirijorlikning
mazkur ikki usuli orkestr boshqaruviga asos soldi, birgalikdagi aniq
ijroni yoMga qo‘yish uchun Dirijor taktni oyog‘i bilan urib, tayoqcha
bilan pult yoki polni taqillatib, yana shuningdek, kamay qilib o‘ralgan
nota daftari bilan pultni urib ko‘rsatib turardi.
Xullas, taktni oyoq bilan urib ko'rsatish uzoq vaqt davom etdi.
Shu bois bu narsani ko‘pchilik g‘ashi kelib eslaydi. Xususan, nemis
bastakori Matteson (1731 y) kinoya bilan shunday degan edi «Ba’zilar
taktni oyoq bilan urib ko‘rsatish haqida ijobiy fikr bildirishlari
taajjublanarli, balki ular o‘z oyoqlarini boshlaridan ko‘ra aqlliroq deb
liisoblasalar kerak. Shu bois oyoqga bo‘ysunadilar».
Dirijorlik tayoqchasi esa u paytda turli uzunlikda yasalar edi.
Hn'zan, uning uzunligi 18o smga yetardi va u «Qirollik jezli — hassasi»
deb yuritilardi, hamda uni yerga urib, takt belgilanardi.
Opera teatrida, konsert zalida, cherkovda polga urilgan zarb tovushi
naqadar katta shovqin chiqarishini tasavvur qilish qiyin emas. Orkestr
boshqarishning bunday usuli ayniqsa Fransiya, xususan Parij shahrida
к eng larqalgan edi. U Lyulli degan kompozitor tomonidan olib kirilgan
Vii larqalgan. Bir kuni, u musiqaga berilib ketib, Dirijorlik qilayotgan
paytda «xassa» tayog‘ining o‘tkir uchi bilan oyog‘i jarohatlangan. Bu
jurohat esa uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Biroq ushbu fojea ham
allaqachon nihoyatda chuqur ildiz otib ketgan bu an’anaga soya solmadi.
Bir so‘z bilan aytganda, XVII va XVIII asrlarda Dirijorlik vazifasini
asosan klavesin, organ kabilami chaluvchi kompozitorlar, ba’zida esa
bugun biz orkestr konsertmeysteri deb atab kelayotgan asosiy skripkachi
bajarardi. Ular asosan o‘zlarining, ba’zida esa o‘zgalaming asarlarini
oikcsli jo‘rligida ijro etishardi.
Ijrochi-kompazitorlar dirijorlik qilar ekanlar, ular o‘zlarining asosiy
mashg‘ulotlarini ham davom ettirganlar: birinchi skripkachi, birinchi
skripka partiyalarini chalgan, organchi-organ chalgan, chembalochi-
chembalo chalgan. Bu tarzda bir necha vazifani birgalikda olib borish
holati uzoq yashay olmasligi aniq edi. Bu holat musiqiy asarlar
fakturasini aytarli darajada sodda va barcha ijrochilarga yetarlicha
ma’lum va tushunarli bo‘lgan paytgacha yashadi, ulaming aksariyati
lushunarli bo‘lgani uchun ham saqlanib turgan edi. Musiqiy san’atning
rivojlangani sayin asarlar tarkibi va musiqiy til ham murakkablashib
bordi. Bir vaqtning o‘zida orkestrda ishlab, ham uni boshqarish
murakkab, keyinchalik esa mutlaqo bajarib bo‘lmaydigan ishga aylandi.
Musiqiy asar tarkibi, tili, fakturasi murakkablashib ketib, musiqaning
jamoaviy ijrosini boshqarish mumkin boMmay qolganda, ijroni
boshqarish vazifasini ayni vaqtda orkestrda band bo‘lmagan shaxs o‘z
zimmasiga oldi. Ana shu davrni Dirijorlikning vujudga kelishi, ya’ni
/.amonaviy tushunchamizdagi Dirijorlikning boshlanishi deyish mumkin.
Dirijor, orkestmi ichkaridan turib emas, balki tashqaridan qarab
boshqarish lozim ekanligi uchun undan ajralib chiqdi.
Bu vaziyat ijroni boshqarish imkoniyatlarini ancha ko‘paytirib,
dirijoming boshqa musiqachilarga ta’sir kuchini oshirdi. Endilikda
Dirijor musiqiy asami talqin etuvchi yagona shaxsga aylandi. Dirijorlik
texnikasining rivojlanishi va mukammallashuvi jarayoni boshlanib
ketdiki, busiz murakkablashgan, turli ijro vositalaridan kelib chiqib
musiqani talqin etuvchi ulkan ijrochilar jamoasini boshqarish mumkin
emasdi.
Birinchilardan bo‘lib bu kasbni ma’lum dirijorlik qobiliyatiga ega
bo‘lgan ijrochi-musiqachilar yoki kompozitorlar mahorat cho‘qqisiga
olib chiqdilar. Bu o‘rinda Lyulli, Glyuk,V.M. Motsart, F.Mendelson,
Shpor, K.M.Veber, Rixard Shtraus,R. Vagner, G.Berlioz, F. List, G.
Maler va boshqalar nomlarini sanab o‘tish mumkin. Nomlari keltirilgan
Dirijorlaming barchasi bu kasb bilan o‘zlarining boshqa
mutaxassisliklari-kompozitsiya, skripka chalish va hokazo bilan bir
vaqtda, parallel ravishda shug‘ullanganlar.
Bunday parallel faoliyat keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan.
Masalan, kompozitor Vagner, kompozitor va pianinochi Ferens List,
pianinochi Gans Fon Byulov, kompozitor Gustav Maler, kompozitor va
pianinochi Sergey Raxmaninov, pianinochilardan Ziloti va Safonov,G.
Rixter vaF. Motllar ko‘zga ko‘ringan dirijor bo‘lganlar. Ular
kompozitorlik ma’lumotini qo‘lga kiritganlar va ayni paytda pianinochi
ham bo‘lganlar. Nikish-altchi va kompozitor, Arturo Toskanini-
violonchelist, Bruno Valter va Otto Klemperer-pianinochi, Oskar Frid-
valtomachi bo‘lgan va hokazo.
Musiqiy san’atning keyingi rivojlanishi dirijorlik kasbi bilan
shug‘ullanuvchi musiqachilardan boshqa mashg‘ulotlardan voz kechib,
o‘zlarini aynan shu kasbga bag‘ishlashlarini taqozo etdi. XIX asrda
dirijorlik san’ati ayniqsa Germaniya va Avstro-Vengriyada alohida rivoj
topdi. Tarix taqozosi bilan, Germaniya ко‘plab mahalliy davlatlarga
bo‘linib ketgan edi. Bu «davlatchalar»ning har biri o‘z poytaxtiga ega
bo‘lib, ularda o‘z opera teatri va konsert faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
orkestrlari bor edi. Bunday ahvol dirijorlarga bo‘lgan ehtiyojni
kuchaytirdi, bu esa o‘z navbatida dirijorlik san’atining yuksalishuviga
turtki bo‘ldi. XIX asming ikkinchi yarmida o‘z musiqasiga dirijorlik
qilgan kompozitorlar o‘miga yangi tipdagi-boshqa mualliflar asarlariga
dirijorlik qiluvchi dirijorlar keldi. Bundaylardan birinchi sifatida Gans
Fon Byulovning nomini tilga olish joiz.
«Taniqli dirijor bo'lishi bilan birga buyuk kompozitor ham bo‘lgan,
mana shu insondan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Zero, u tufayli
dirijorlikka hunar emas, balki san’at sifatida munosabat shakllandi», deb
yozgan Gans Byulov haqida taniqli dirijor F. Veyngartner

Gans Fon Byulovning ustozi Rixard Vagner, so‘ngra Gans Rixter,


Fulilcs Motl, Gustav Maler, Feliks Veyngartner, Artur Nikish kabilar
dirijorlikni SAN’AT deya baliolashdi. Bu xuddi yakkaxon
musiqachining san’ati kabi buyuk san’at deb hisobladilar. Rixard
Vagner va Gans Fon Byulovdan keyin nemis dirijorlik maktabini Gans
Kixter, Anton Zeydl, Feliks Motl, Karl Muk, Artur Nikish, Feliks
Veyngartner, Gustav Maler, Rixard Shtraus va boshqalar davom
cttirdilar. Ulardan keyingi Dirijorlar avlodi esa-Bruno Valter, Arturo
Toskanini, Sergey Kusevitskiy, Albert Kouts, Villem Mengelberg, Otto
Klemperer, Oskar Frid, Gerberd Fon Karayan, Shari Myunsh va
boshqalar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiyada M. A. Balakirev, aka-
uka Anton va Nikolay Rubinshteynlar, E. F. Napravnik, S. Raxmaninov,
V. I. Safonov va boshqalar dirijor sifatida faoliyat ko'rsatdilar.
(У / faoliyatlarini davlat to‘ntarilishidan so‘ng (1917 yil) boshlagan
kcksa avlod ustalari butun mas’uliyatni o'z zimmalariga oldilar. Ular
orusidu-A. Cila/.unov, M. Ippolitov-Ivanov, S. Vasilenko, I. Pribik,
Xessiu, U. Avranek, V. Suk, N. Malko, A. Pazovskiy, N. Golovanov, A.
( iauk, S. Samosud va boshqalar bor edi.
1938 yilda Moskvada boЈlib o'tgan Butunittifoq dirijorlar tanlovi
laureat va diplomantlami kashf qildi: YE. Mravinskiy, A. Melik—
Pashayev, N. Raxlin, K. Ivanov, M. Paverman, K. Eliasberg va
boshqalar shular jumlasidandir.
II Jahon urushidan keyingi (1941-45) 1o yillik dirijorlik san’atining
gullab yashnagan davri bo'ldi. Bu davrda B. Xaykin, YE. Svetlanov, K.
Simconov, N. Niyazi, G. Rojdestvenskiy, O. Dmitriadi, N. Anosov, L.
Ginzburg, I. Musin, M. Kanershteyn, N. Rabinovich, K. Kondrashin va
boshqa nomlar paydo bo'ldi. Hozirgi paytda esa Y. Temirkanov, D.
Kitayenko, Y. Simonov, A. Fedoseyev, A. Juraytis va boshqalar shu
sohada nom qozonganlar.
XX-asming 3o yillaridan boshlab O‘zbekiston hududida ko'p ovozli
jamoalaming paydo bo'lishi, ya’ni musiqali drama, 1939- yilda opera va
balet teatri, xalq cholg'ulari orkestri va operetta teatrlarining paydo
bo'lishi natijasida dirijorlik kasbiga bo'lgan ehtiyoj va intilishlar sababli
bir qator ko'zga ko'ringan mashhur va taniqli dirijorlar yetishib chiqdi.
Bular: M. Ashrafiy, A. Kozlovskiy va ulaming juda ko'p shogirdlari,
Bahrom Inoyatov, Fazliddin Shamsiddinov, Naum Goldman, Georgiy
Doniyax, Abdug'ani Abduqayumov, Dilbar Abdurahmonova, Nabi
Xalilov, G'ani To'laganov, Fattoh Nazarov, Said Aliyev, Mardon
Nasimov, Ergash Toshmatov, Zohid Haqnazarov, Quvonch Usmonov,
Hamid Shamsuddinov, Foruq Sodiqov, Narimon Olimov, Botir Rasulov,
Fazliddin Yoqubjonov, Eldor Azimov, Valentin Rudenko va
boshqalardir.
XV asrda esa Dirijor battut yordamida pultga urib, musiqiy o‘lchov
hissalarini ko'rsatish usulidan foydalangan. Nota yozuvining o'ylab
topilishi, yangi janrlar - opera, oratoriyalaming paydo bo'lishi,
Dirijorlik tarixida muhim rol o'ynadi. XVI-XVII asrlarda ijroga
rahbarlik qilish va boshqarish musiqachi - klavesinchiga yuklatilib, u
asosan qo‘l harakati bilan ijroni boshlash, o'z cholg'usida chalib,
musiqa usuli va ritm (o'lchovini) bir maromda ushlashga
ko'maklashgan. Shunday dirijorlik qilishning mohir mutaxassisi, italiya
kompozitori, kapellening rahbari Klaudio Monteverdi (1566-1643)
bo'lgan.
Birmuneha keyinroq, asosan Germaniyada, ijroni boshqarish
organchiga topshirilgan, shular qatoriga I.S.Bax, G.F.Gendel va
boshqalami aytib o'tish mumkin.
XVII asr oxiri XVIII asr boshlariga kelib opera amaliyotiga ikki
sistema (tizimli) dirijorlik-klavesinchi va skripkachi-konsertmeyster,
so'ngra esa uch tizimli dirijorlik-uchinchi rahbar, ijrochilar qarshisida
turib, ijroni qo'l harakatlari va qog'oz tutamini yoki temir (jezl) cho'p
ushlagan holda boshqarishga o'tildi.
XVIII asrga kelib jamoa ijrosini boshqarish bir kishiga topshirilishi
bilan yakka mustaqil Dirijorlik san’atining vujudga kelishiga asos
solindi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida konsert sahnalarida, so'ngra
opera teatrlarida birinchi dirijorlar faoliyat yurita boshladilar.
XIX asming o'rtalarida dirijorlik san’atini buyuk kompozitorlar
F.Mendelson, G. Berlioz, F.List, R.Vagnerlar boshqardilar. Birinchi
dirijor-kompozitorlar - G.Spontini, K.M.Veber va L.Shpor nomlari
dirijorlik tayoqchasini amaliyotga kiritishlari bilan bog'liq. Rus dirijorlik
san’atining ilk qadamlari XVI-XVII asr xor ijrochiligi bilan
boshlangan. Xor jamoasiga rahbarlikni va boshlashni ovoz bilan
ko'rsatish “golovshik” (boshchi) lar amalga oshirgan. XVIII asrda shoh
saroyida birinchi opera truppalari (jamoalari) tashkil etilib, unda chet
el kompozitorlari bilan bir qatorda rus kompozitorlari ham faoliyat
yuritdilar. Ular qatorida YE.Fomin, V.Pashkevich, S.Degtyarov va
boshqalar bor. Dirijorlik san’ati tarixida asosiy o'rin Peterburgdagi
imperator teatri kapelmeysteri K.A.Kafosu (1775-184o)ga mansubdir.
Birinchi rus klassik operasi, M.I.Glinkaning “Ivan Susanin” operasining
iiiilmngu qo‘yilishi uning nomi bilan bog‘liq.
X I X asr oxiri-XX asr boshlarida buyuk rus kompozitorlari guruhi:
M liulukirev, P.I.Chaykovskiy, N.A.Rimskiy-Korsakov, A.Glazunov,
N.Toncyev, A.Lyadov, A. Arenskiy, S.Raxmaninov, M.Ippolitov-
Ivunovlar dunyoga keldi.
Rus dirijorlik san’atining shakllanishiga buyuk dirijor va
kompozitor E.F.Napravnik (1839-1916) katta hissa qo'shdi,
Pderburgdagi Marininsk teatri rahbari sifatida hamda dirijorlar guruhini
luibiyalashda uning xizmati salmoqli bo‘ldi. Moskva Katta teatri
dii ijorlik san’atining rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar, mohir va tajribali
•.im’atkor I.K.Altani (1846-1919) va xormeyster U.I.Avraneka (1853-
1937)).
3o-4o yillar musiqali hayot keng quloch yoydi, simfonik orkestrlar
qutoricla ko‘plab professional xor jamoalari tashkil topdi. Bunda
iste’dodli musiqachi-xormeysterlar, dirijorlik san’ati arboblari
M.K.Klimov, G.A.Dmitriyevskiy boshqardilar, Peterburg xor
(pcvchcskiy) kapellasi bilan N.M.Danilin, V.G.Sokolov, K.B.Ptitsa va
bosliqalarning rahbarlik faoliyatlari taxsinga loyiq.
Zamonamiz dirijorlari-xormeysterlar, faoliyatlari jo'shqin va
scrmaxsul, ular qatoriga — A.Chemushenko, V. Minin, B.Tevlina,
V.Popov va boshqalami kiritish mumkin.
o ‘zbek xor san’atiga rus kompozitorlari va rus dirijorlik san’ati
maktabi katta ta’sir ko‘rsatdi. Kompozitorlar R.M.Glier, S.Vasilenko,
V.Uspenskiy va boshqalaming ijodiy faoliyatlari aynan XX asming 3o-
4o yillariga to‘g‘ri keladi va ular o‘z yo‘nalishlarida muhim iz
qoldirdilar.
o ‘zbekistonning birinchi dirijorlari qatoriga aw alo T.Sodiqov,
M.Ashrafiy, F.Shamsutdinov, B. Inoyatov, N.Kayumov, D.
Abdurahmonova va boshqalami kiritish mumkin. Simfonik dirijorlar
bilan bir qatorda iste’dodli o‘zbek mohir-xormeysterlar: S.A.Valenkov,
A. Sultonov, R.YE. Xublarov, V.A.Kaltman, B.Umidjonov, A.Hamidov,
B.Lutfullayev, J.Shukurov, S.Shodmonov, D.Qurbonova, L.Shamshina,
F.Fayzi, Q.Mirzayev, SH.Yormatovlar professional xor jamoalarini
tashkil etish bilan shug‘ullanib keldilar. Ayni vaqtda ulaming ishlarini
yosh mutaxassis-xormeysterlar davom ettirmoqdalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. Maтaлaeв Л.М., Oсновы дирижёрской техники. - M.: советский композитор, 1986.


2. Безбородова Л.А., Дирижирование. - M.: Просвешение, 1990.


3. Aндреева Л., Meтодика преподования хорового дирижирования. M.: издательство музыка. 1969.


Левандо П., Хоровая миниатюра. – Ленинград: издательство музыка. 1983.


5. Qoziyev Н., Xor dirijyorligi xrestomatiyasi. 1-qism.- Toshkent: O’qituvchi 1976.


6. Qoziyev Н., Xor dirijyorligi xrestomatiyasi. 2-qism.- Toshkent: O’qituvchi 1976.

7. Qoziyev Н., Xor dirijyorligi xrestomatiyasi. 3-qism.- Toshkent: O’qituvchi 1977.


8. Qoziyev Н., Xor dirijyorligi xrestomatiyasi. 1-qism.- Toshkent: O’qituvchi 1986.

9. Otayev Б., Dirijyorlik. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi Аdabiyot va san’at nashriyoti, Matbaa ijodiy uyi. - 2003.


10. Mardon Nasimov., Dilbarim. - Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi Аdabiyot va san’at nashriyoti, 1971.


11. Qo’ldosh Mamirov., Quyosh uyrtim. – Toshkent: Nizomiy nomli TDPU, 1999.




12. Amonov A., Istiqlolimni kuylayman. – Samarqand viloyat bosmaxonasi. 2001.
Download 28,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish