Shajarayi turk



Download 27,71 Kb.
bet1/3
Sana18.05.2023
Hajmi27,71 Kb.
#940468
  1   2   3
Bog'liq
“Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar


Mavzu: “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar
Reja:
1. Abulg‘oziyning “shajarayi turk” asaridagi ba’zi etnonimlar
2. “Shajarayi turk” asari
3. "Shajarayi Turk", "Shajarai turk va moʻgʻul"
ABULG‘OZIYNING “SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI BA’ZI ETNONIMLAR
Har bir el, xalq nomining o‘ziga xos ma’nosi, nomlanish sababi bo‘ladi. Etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, axborot tashiydi. Ular qadimiy so‘zlar bo‘lgani uchun xalqlarning etnogenezini, turmushtarzi, tili va diniga oid ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlash mumkin, shuning uchun ham ularni o‘rganish muhim ilmiy ahamiyatga ega.
O‘zbek xalqi elat bo‘lib, ma’lum tarixiy davrda, ma’lum hududda, mahalliy etnoslar asosida, turli davrlarda kelib qo‘shilgan etnik komponentlarning aralashib borishi natijasida yanada shakllanib, rivojlanib borgan. O‘zbek xalqining ajdodlari ham elat bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm hamda ularga tutash hududlarda shakllanib borgan.
O‘zbek urug‘larining o‘ziga xos etimologiyasi mavjud. Ular har bir millat milliy tilining o‘ziga xos xususuiyatlarini ochib beradigan muhim manba hisoblanadi. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz (shuni aytish kerakki, etnonimlar etimologiyasi haqida keltirilgan fikrlar turli manbalarga tayanib yozilgan, har qanday etimologiya ham nisbiydir).
Arlot eli (hozirda Olot) – arlot so‘zi “otaning sevar o‘g‘li” ma’nosida talqin etilgan. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi ko‘p sevar edi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nasli turur [1; 40].
Avshar eli – qadimiy urug‘lardan biri bo‘lib, arab geograflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulg‘oziy Bahodirxon avshar so‘zini “ishini ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi.
Baday eli (hozirda Badoy) – Kilgit urug‘iga mansub shaxs naslidan tarqalgan urug‘ nomi.
Bayot eli – “davlatli” degan ma’noni anglatgan.
Do‘rman eli – (hozirda Do‘rmon) mo‘g‘ulchada “to‘rt” degan ma’noni anglatadi.
Kilgit eli – “tilida, nutqida kamchiligi bor kishi” ma’nosini anglatadi. Bu haqda Abulg‘oziy Bahodirxon shunday yozadi: “Kishining tilida kamligi bo‘lsa, turk xalqi bo‘ltak der. Mo‘g‘ul kilgi der. Bu kishining tilining kamligi bor erdi. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli u kishining nasli turur”[1; 40].
Nayman eli – Naymanlar mo‘g‘ul urug‘i deb hisoblanar edi; olimlar naim so‘zi mo‘g‘ulchada “sakkiz” ma’nosini anglatadi deb aytadilar.
“Bu qadim el turur, boshlari va mollari ko‘p bo‘lur erdi. Yurtlari mo‘g‘ul yurtinda bo‘lur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari bo‘lmas” [1; 36].
Toponimist olim S.Qorayev etnograf N.A.Aristovning nayman so‘zi Sibirdagi Nayma daryosi nomidan olingan degan fikrni bildirgani haqida ma’lumot beradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra naymanlar asli turkiy qabila bo‘lib, sakkizo‘g‘uzlarni mo‘g‘ullar o‘z tiliga moslab nayman deb ataganlar.

Download 27,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish