Bog'liq Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)
Jaz - musiqa turi
Mahalliy an’analarning shakllanishi va keyingi AQSh musiqasi rivojida habashlarning musiqa san’ati muhim ahamiyat kasb etgani ma’lum. XVII asrdan boshlab Afrikadan majburiy ko'chirilgan erksiz qullar o'zlari bilan qadimiy an’analarga boy madaniyatni «Yangi Olamwga olib keldilar va bu madaniyat yevropalik ko'chmanchilar madaniyati ta’siriga tushdi. Asosan, Amerikaning janubiy hududlarida qishloq xo'jaligi ishlarini amalga oshirgan qullar badihago'y shakldagi «xollers vashauts» kabi aytimlarni ijro etganlar. Kechalari esa ibodatga to'plangan habashlar qadimiy marosim aytimlarini, sanolarni (psalmlar), shuningdek. spirichuel- larni kuylaganlar. Bulardan so'nggisi ilk afro-amerika musiqiy ifodaviy shakllaridan biriga aylandi.
Alalxusus, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa va Afrika musiqiy madaniyatlarining qorishuvi natijasida AQShning janubiy shtatlarida professional musiqa san’atining yangi turi -jaz yuzaga keldi. Jaz - inglizcha ko'ngilochar musiqa turi, frantsuzchada - «valdirash» ma’nosini beradi. Boshqa ta’rifda esa 1915-yiIi Nyu- York ilk jaz ansablini tuzgan Jazbo Braun ismidan olingan deb ta’kidlanadi. Lining yaratuvchilari va tashuvchilari amerikalik habash qullarning avlodlari bo‘ldi. Bu musiqa turida quyidagi badiiy an’analarning o'rni salmoqlidir:
usul (ritm)ning muhim o‘rin tutishi;
metrika yoki «bitwning izchilligi;
to‘lqinsimon harakatni yuzaga keltiruvchi ohang qurilmalaridagi urg'ular (masalan, «sving»);
ostinato tarzida qaytarilib turuvchi kichik hajmdagi ohang («rifflar»);
tovushqatorning 3, 5. va 7-chi bosqichlaridan o'ziga xos quyi harakatdagi glissando («blyunotalar»);
keng ovoz tusi va tovushlarga taqlid qiluvchi unsurlarning qo'llanishi;
asarning aniq tuzilishi doirasida ritmik ohang qurilmalarini o'zgartirib turish (badiha qilish) va b.
Shu o'rinda habash xalqining vokal ijrochiligiga muxtasar to'xtalib o‘tishni o'rinli, deb bildik.
Aytish kerakki, Yevropa vokal ijrochiligiga nisbatan Afrika ijrochiligi ko'proq so'z (talaffuz ohanglari) bilan bog‘liqdir. Chunki habashlarning musiqiy va so‘z talaffuz ohanglari orasida deyarli aniq chcgarani his etish qiyin. Muqim pardadan sirg'anishlar (detonatsiya) va musiqiy kuylashdan tabiiy so'zlashuv ohanglari (intonatsiya)ga ravon o'tish kabi unsuriar habashlarning o'ziga xos ohang talaffuzining xususiyatlarini tashkil etdi. Shu bois ham ularning vokal ijrosidagi musiqiy pardalar sifati turlicha bo'lib, ayrimlarini zamonaviy nota yozuvi orqali muhrlash mushkuldir. Habash xalqining vokal ijrochiligi va o'ziga xos sadolanishi haqida gapirganimizda yana bir muhim jihatni alohida aytib o'tish zarur. Bu ovoz kuchidir. Yevropa vokal ijrochiligi nuqtai nazaridan bunday kuchli ovoz g'ayritabiiy ko'rinadi. Lekin ko'plab tadqiqotchilar bu masala xususida so'z yuritganida habashlarning qadimiy an’analaridan biri bo'lgan ikki qishloq orasidagi qo‘shiqchilarning aytishuvlarini misol tarzida keltirishadi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jaz musiqasida namoyon bo'lgan blyuz, spirichuels va gospel kabi janrlariga habash xalqining an’anaviy aytim ijro yo'llari kaita ta’sir ko'rsatgan. Qayd etilgan janrlarda ifodaviy ijro vositalarining an’anaviy Yevropa vokal texnikasiga nisbatan kengayganligi kuzatiladi. Xususan, habash aytim ijrochiligiga xos glissando, falset (sun’iy ovoz chiqarish uslubi), ovozni to'lqiniantirish. burunga kuyiash. pichirlash, tomoqqa kuch berib (kuchanib) ijro etish hamda turli cholg'ular sadolanishiga taqlid kabi xususiy ijro texnikalari bilan boyitildi.
Jaz musiqasining shakllanishi va rivojiga bu turdagi musiqaning aytim janrlari katta ta’sir ko'rsatgan. Bu holat jaz musiqasi shakllanishining ilk davrlarida faoliyat yuritgan jaz sozandalari ijrosidagi asarlarda habash aytim yo'llariga. vokal ijrochilari esa o‘z badihalarida cholg'u ijro uslublariga taqlid etganliklari kuzatiladi. Bu kabi taqlid aytim uslubi soha atamasida sket deb nom olgan. Odatda, bu uslub jaz asarining o‘rta qismida ijro etilib, sozanda ijrosiga xonanda taqlid qiladi. Unda xonanda ma’lum ma'noga ega bo‘lmagan jumla, so'z yoki bir bo'g'in asosida o'z musiqiy badihasini «quradi». Mazkur uslubni jaz vokal ijrochiligida ilk bor Luis Armstrong 1926-yilda qo'llagan. Shunday qilib, AQSh rnusiqa madaniyatining o'ziga xos ommabop cholg'u va aytim janrlari shakllandi, kuchli ommaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari faoliyati bilan o'zga makonlarga yoyildi.
Jahon rnusiqa olamida keng yoyilgan atamalar rok, bit, pop va shlyager kabi «engil» musiqalardan farqli o'laroq o'zbek musiqiy madaniyatimizda asosan «estrada» atamasi «engil» rnusiqa ma'nosida qo'llanilib kelmoqda.