Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


XVI BOB. XX ASR JAHON MUSIQIY ESTRADASI VA MILLIY QO‘SHIQCHILIK



Download 0,91 Mb.
bet114/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

XVI BOB. XX ASR JAHON MUSIQIY ESTRADASI VA
MILLIY QO‘SHIQCHILIK


    1. AQSH estrada musiqasi

Hozirgi kunda «estrada» nomi bilan yuritilayotgan musiqa namunalari tobora ko'plab tinglovchilar e’tiborini o'ziga jalb etmoqda. Bugungi kunda radio-televideniye va turli bayram tantanalari dasturlaridan keng o’rin olgan bu turdagi musiqa nafaqat yoshlarni, balki jamiyatimizning turli yoshdagi millionlab vakillari ongi va ma’naviyatiga sezilarli ta’sir o‘tkaza boshladi. AQSh musiqasi avvallari bu sohaga qariyb «muxolifat» darajasida bo'lgan kompozitorlik ijodiyotiga ham uning ozmi-ko'pmi ta’sirini o'tkazmoqda.
Amerika musiqa madaniyatida estrada qo‘shiqchiligining yuzaga kelishi, uning ma'lum unsurlari va shakllarining jahon xalqlari musiqa madaniyatiga eksport qilinganligini asoslab berish mumkin. Chunki, Amerik Qo'shma Shtatlarining ijtimoiy-madaniy hayotini o‘rganadigan, estrada qo’shiqchiligining yuzaga kelishiga daxldor ayrim janr turlarini tadqiq etadigan olimlar paydo bo'lmoqda. Shuningdek, XX asr boshlarida o'zbek an’anaviy qo'shiqchiligi asosida milliy yangi estrada qo'shiqchiligi sbakllana boshlaganini o'rganadigan tadqiqotchilar ham shakllanmoqda.
Yaqin o'tmishimiz bo'lgan sho‘ro tuzumi davrida estrada musiqasi davlatning siyosiy aralashuvlari ta’sirida rivojlangan edi. Mazkur soha maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida musiqashunos olimlar tomonidan ko'p yillar davomida o‘rganilmay kelindi. Jumladan. musiqiy estradaning tarixi atroflicha yoritilmadi, uning turli xil oqimlari, yo'nalishlari tasnif etilmadi, maxsus atamalar tizimi ilmiy sharhlanmadi. Milliy musiqiy estradaning yuzaga kelish jarayoni va unga o'zga makonlardan kirib kelgan musiqalar ta’sirini, bu ta’sir natijasida yuzaga kelgan yangi ko'rinishlarini zamonaviy musiqashunoslar ilmiy ravishda tizimli tahlil etishni boshladilar.
Ma’lumki, Amerika Qo'shma Shtatiari musiqa madaniyati XVII asr oxirida o'ziga xos mustamlaka mamlakatning musiqasi tipida shakllana boshlagan edi. O‘sha davrdagi Amerika musiqasi Yevropa, Afrika, keyinchalik Osiyo qit’alaridan «ko'chirilgan» musiqa an'analarining o'zaro ta’siri va transformatsiyasini boshidan kechirib. yangi shart-sharoitlarga moslashtirilgan edi. Shu bilan bir paylda «yosh millatwning hayot tarzi hamda ruhiy ehtiyojlariga mos va xos bo'lgan Amerika musiqa an’analari shakllana bordi. Bulardan xor ijrochiligi, bendlar ijrosi. menestrel- shou, spirichuels kabi o'ziga xos musiqiy an’analarni alohida e’tirof etish mumkin.
Shu bilan birga, XIX asrning 20-40-yillarida AQSh musiqa madaniyati rivojini belgilovchi muhim ikki tamoyil yuzaga keldi:
-birinchisi, Amerika zaminida Yevropa tarzidagi musiqiy hayot va o'zga musiqa madaniyatlarning tur hamda shakllarining yoyilishi yoki joriy etilishi natijasida;
- ikkinchisi, turli diniy, etnik, ijtimoiy va jo'g'rofiy guruh aho- lisiga xos musiqaning. asosan, muayyan, tartibsiz paydo bo'lgan hayotiy-maishiy shakllarga moslashishidir. Qayd etilgan tamoyil- larning o'zaro ta’siri esa AQSh musiqa san’atining rango- rangligiga xizmat qilgan asosiy omillardan biri deyish mumkin.
XX asr boshlariga kelib to'liq shakllangan Amerika musiqa madaniyati musiqiy hayotning turli shakllarini, uni moliyalash- tirishni, tijorat va notijorat professional musiqa bilan bog'liq tashkilotlarning o'ziga xos faoliyati, universitetlar faoliyatini, musiqa san’atiga o'qitadigan ijro san'ati markazlarini qamrab oldi. Bunday raqobatli vaziyat badiiy asar ijodkorlarini «bozor» ehtiyoji- ga qaram bo'lishiga, keyinchalik esa san’atkorlarni «sensatsion», ya’ni qisqa muddatli qiymatga ega bo'lgan namunalar yaratishga undadi. Demak, XX asr Amerika Qo'shma Shtatlari jahonda birinchi bo‘lib musiqa san’atining ayrim turlarini tijorat yo‘li bilan rivojlantirishga shart-sharoit yaratdi. Natijada tijorat holatlari bilan bog'liq jadal rivojlangan AQSh musiqa san’atining jaz, kantri- myuzik va ayniqsa, pop-musiqa turlari «industrializatsiyalash- tirildi». Professional musiqa ijodkorligi va ijrochiligi xususiy va davlat fondlariga bog'liq holda faoliyat yurita boshladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, XX asrda ham o'zga mamlakatlar musiqiy an’analarini bozor ehtiyojlariga moslab o'zlashtirishni davom ettirgan Amerika Qo'shma Shtatlari musiqa madaniyati, XXI asrga kelib ham boshqa qit’a xalqlari san’atiga o'zining kuchli ta’sirini o'tkaza boshladi. Bu kabi musiqiy ekspansiya, avvalambor, AQShning umummafkuraviy siyosati, davlat tomonidan mazkur ishlarga maxsus, katta moliya ajratib berilishi va keng tarmoqli ommaviy axborot kora- munikatsiyalarining faoliyati bilan bog'liq holda olib borildi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish