Ustoz - shogirdlik maktabi
Yusuf qiziq o'z faoliyatida milliy teatrga aktyor tayyorlashga alohida e’tibor berdi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Farg'ona muzofotida ijod qilgan Sulaymon qori Mahmudov, Mamajon mahsum Umurzoqov, Orifjon Toshmatov, Usmon qori Rayimbekov. toshkentlik Rafiq qiziq G'oipov. qo'qonlik Po'latjon Normatov, Komil qori Qulijonov, Aka Buxor Zokirov, Ibrohim Tojiboyev, G‘afurjon Yusupov, marg'ilonlik Oxunjon qiziq Huzurjonov kabi mashhur aktyorlar Yusuf qiziq maktabi tarbiyasini topganlar. Shunday qilib, Turkiston mustamlakalik davrida Marg'ilon, O‘rta Osiyodagi tamomiy qiziqlarning markaziga, Yusuf qiziq esa o‘zbek teatrining otaxoniga aylandi. U o'zining noyob, qiyossiz serqirra qobiliyati bilan xalq san’atkorlari o‘rtasida juda katta obro'ga ega edi. O‘lkaning turli shaharlarida ijod qilgan aktyorlar, hofiz va sozandalar, raqqos va askiyabozlar. dorboz va muallaqchilar turli vaqtlarda Marg'ilonga kelib Yusuf qiziq maktabining ta’limotini olar, mustaqil ijod uchun imtihondan o'tar va o'z faoliyatlariga «fotiha» olar edilar. Ustozdan fotiha olganlar o'z ijodiy truppalarini tuzish huquqiga ega bo'lar edi. O'lkaning Andijon, Toshkent, Namangan. Samarqand kabi turli shaharlarda ham aktyorlarning ayrim truppalari yoki ayrim to'dalari bor edi. Farg'ona muzofoti shaharlaridagi truppalarning hammasi deyarli Yusuf qiziq truppasi bilan uzviy bog'langan holda ish ko'rgan. Yangi tashkil topgan ijodiy guruhlar o'z qatorlarini Yusuf qiziq maktabini o'taganlar bilan to'ldirib borar edi.
Sirk - yangi tomosha turi
Mustamlaka Turkistonida qadimiy o'zbek teatri faoliyatining xarakterli tomonlaridan biri shu bo'ldiki, bu davrda o'zbek aktyorlarining bir qismi rus sirklariga jalb qilindi va ular rus sirki aktyorlari bilan hamkorlikda ijod qildilar. Turkiston bilan Rossiya o'rtasida temir yo'l qurilishi 1893-yildan boshlab rus sirkining Turkistonga bo'lgan oqimini kuchaytirib yubordi. O'lkaga birinchi bo'lib 1893-yilda Rossiya orqali Marketti rahbarligida italyan sirki keldi. U birinchi ntarta Toshkentning yangi va eski shahar chegarasida sirk chodirini yoygan edi. Bu dor tagida sirk va o'yinlar ko‘rgan o'zbeklar uchun yopiq chodir ichidagi yangi xil tomosha edi. O‘zbek o'rgatilgan otlarni va boshqa hayvonlarning o'yinlarini, italyan masxarabozlari chiqishlarini birinchi marta tomosha qildi. Sirkning o'ynalish usuli ba’zi jihatdan o'zbek teatriga yaqin edi. Shuning uchun Turkistonga Marketti sirkidan keyin kelgan rus sirklariga mahalliy aholining qiziqishi juda tez o'sib bordi.
O'tgan asrning to'qsoninchi yillaridan boshlab to'ntarilish davrigacha Turkistonning turli shaharlarida Dobrinskiy. Pankratov, Pereshivkin, Bogoyevskiy, Jiganov, Maks. Baranskiy, Kashkarov, Yupatov. Romanov. Pospelov. Fedorov. Borgi, Sokolovskiy sirklarining tomoshalari muttasil o'tib turdi. Yigirmanchi asr boshidan esa sirk tomoshlari Turkiston shaharlarining mahalliy aholi yashaydigan qismlariga ham ko'cha boshladi. Masalan, Qo'qonda sirk chodirlari avval o'rda yonida. so'ngra eski shahar chorsusiga yaqin yerda, taroqchilik guzarida o'rnatiladigan bo'lgan. Samarqandda sirk chodirlari ruslar yashaydigan tumanlardan Registonga ko'chirildi. Toshkentda esa sirk ikki yerda - ruslar yashaydigan yangi shaharda va eski shaharda Xadra maydonida ko'rsatiladigan bo'ldi. Sirk tomoshalariga o'zbek tomoshabinini ko'proq tortish masalasi, tomoshalarni yerli xalqqa tushunarli tilda ko'rsatishni. buning uchun esa o'zbek aktyorlarini rus sirkiga tortishni ham taqozo qilardi.
Shu maqsadda sirk xo'jayinlari 1899-yildan boshlab dor ostida ko'rsatiladigan ayrim o'zbek aktyorlarini, ba’zi musiqaehi va raqqoslarni, muallaqchi va nayrangbozlarni rus sirkiga jalb qila boshladilar. Shu yo'sinda rus sirki artistlari bilan qadimiy o'zbek teatri aktyorlarining ijodiy aloqalari vujudga keldi. Shuning orqasida XIX asr oxiridan boshlab qadimiy o'zbek teatri ikki guruhga bo'linib ish ko‘rdi. Bulardan eng malakalilari rus sirkida ishlay boshladilar. Ikkinchi qismi esa xalq ichida sayil va bayramlarda, yig'in va to'ylarda o'z faoliyatlarini davom ettirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |