Yusuf qiziqning aktyorlik mahorati
Shunday qilib. Yusuf qiziq o‘z zamonasining eng yirik professional aktyorlari Zokirjon va Sa’di mahsum maktabi tarbiyasini hamda ustozlar duosini oldi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshidan boshlab o'zbek Yusuf qiziq teatrning iste’dodli aktyori, yoshlaming ustozi va tadbirlar tashkilotchisi hamda o‘z zamonasining demokrat san’atkori, qator og'zaki dramaturgiyalarning muallifi sifatida san’at maydoniga kirib keldi. Yusuf qiziqning qator sahna asarlarida zamon illatlari va mehnatkash xalqning manfaati himoya topadi. Chunonchi, «Yana uylanaman» pyesasida mahalla imomining axloqiy buzuqliklari ochib tashlanadi. «Tomma-tom boywda buzuq boyning sarguzashti tasvirlansa, «Ashulachi mingboshiwda saylov oldidagi mingboshiningqilmishlaridan kulinadi. «Xitoy tabib», «Tagijon kasal» kabi pyesalarda soxta tabiblar, «bachchabozlik»da axloqsiz boylar fosh qilinadi. O'sha zamonning yaramas urf-odatlaridan kulish uning «Surat ko'rsatuvchi», «Yug'uvchi» kabi pyesalarida ham o'z aksini topgan. Chunonchi, «Surat ko'rsatuvchi» pyesasida til bilmagan xitoylik va tarjimon obrazlari orqali xalq o'rtasidagi eng yaramas va bid’at ishlar ochib beriladi. Sahnaga suratchi xitoy Usmon qiziq chiqadi. U xitoycha so'zlab, qiziq qiliqlar bilan xalqni kuldiradi. So'ngra tarjimon Yusuf qiziq chiqadi, u ham xitoycha noto'g'ri tarjima qilib, so‘z o'yinlari bilan o'yinni qizitadi. So'ngra surat ko'rsatish boshlanadi. Bir aktyor boshiga choyshab yopilib, ro'parasiga ramka qo‘yiladi. Tarjimon xalqqa murojaat qilib «Ha, aziz tomoshabinlar! Bu saroylardagi ajoyibotlarni tomosha qiling, ha, ro'baro'dagi buzilgan hammomlarni, buzuq ko'prigu xarobaliklarni ko'ring! Ho! Yana tomosha qiling! Ana. yelkasiga xurjun ilgan yolg'onchi qalandarlarni ko'ring! Mana bu poyakilik nashaxona, bangixona. Endi mana shu ko'knori va bangilarni tomosha qiling». Shu zaylda hayotdagi hamma nuqsonlar birma-bir sanab o'tiladi.
Yusuf qiziq ijod qilgan pyesalar ichida pastkash shaxslarni, xasis, nokas va aldamchilarni, savdogar xonasallotlarni tanqid qiladigan pyesalar ham ko'p. Chunonchi, uning «Pul qistang» pyesasi bunga misol bo'l oladi. Uch kishi qatnashadigan katta hajmli bu pyesaning asosiy qahramoni bo'lgan ota obrazi monologidan parcha keltiramiz:
«Ota: - (boshida eski do'ppi, kir salla, yelkasidan uvada oqib yotadi. Bir yengining yarmi yo‘q. bir oyog'ida bir poy kalish, biri yalang oyoq, belini eski arqon bilan bog'lab olgan). Mana yaxshilar! Mening kimligimni bilmaysizlar. Mamlakatda mandan ovriklik (obro'li) odam yo'q, odamlardan mani olshim bor-u, berishim yo'q. Basharti, mahallada to'у bo'p qolsa. bu yonimni aytadilar, u yonimni aytadilar, o'rtada mening hovlim qolaveradi. Nimaga aytmaydikan desam - aytmasa ham o'zim boraverishimni bilar ekanlar. Mani aytmadi deb qarab turmayman, boraman, borgach - keling bu yoqqa? - demasayam. mehmonxonasining to'riga chiqib o’tiraveraman. dasturxonchilar meni «pastga tushing» deb imlashadi, bilib turib bilmaslikka olaman. Mungayam qarab turishmay ko‘chaga chiqarib qo‘yadilar. Nimaga bunaqa ekan desam - men bor joyda kavush yo’qolar ekan. Shunaqa obro’ydorman. Obro‘yimning kattaligini aytsam sizlarga, xudoga shukur, mahallada nima yo’qolsa, mendan ko‘radigan bo'lib qolgan»... Bu satrlar shuni ko’rsatadiki, qahramonlarning xarakterini tasvirlashda Yusuf qiziq so’z vositalaridan hamda fe’lga mos kiyim-boshdan juda ustalik bilan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |