Musiqa va raqs - ijro uyg^unligi
«Go’zal san’atlar» tarixini o’rganuvchi olimlarning ko'plari musiqani diniy tuyg'ularning ta’siri bilan maydonga chiqqan, deb o'ylaydilar.
Go’zal san’atlarning eng qadimiysi o’yin - raqsning eng boshlang’ich, eng sodda shakli bo’lgan sakrab o’ynamoqdir. Insonlarda go’zallikni sevish tuyg'usi o’sgan sari raqslar ham go’zallashib. takomillashib borishi tabiiydir. Raqsning go'zal- lashishi, undagi harakatlarning tartib va intizom bilan ohangga bo’ysindirilishiga bog’liq holda o’zgardi.
Insonlarning go’zallikni sevish tuyg’ulari takomillashib cholg’u, qo’shiq va raqsni birga ijrosiga erishdi. Musiqaning din boshliqlari tomonidan, din yig’inlarida. diniy ma’rakalarda ishlatilganligi bu jarayonni tezlatdi. Turk musiqasining tarixiga qaraganda, shunday ekanligini ko’ramiz. Namunaviy darajaga ko’tarilgan «Shashma- qomwda raqs - «ufar», deb nomlandi. U cholg’u va raqs yoki chol- g’u, qo’shiq va raqs birga ijro qilinganida oliy darajadagi uyg’unlika ko’tarilib san’atga aylandi. Bu go’zal san’atni butun dunyo musiqa- shunoslari hayrat bilan o’rganmoqda.
Baxshi - bir aktyor teatri
Xalqning sevimli shoiri, cholg'uvchisi va qo’shiqchisi - baxshi deb e’zozlangan. Turk musiqasining bizda qolgan eng qadimgi izlari: baxshi, o’zon, qo’buz so’zlaridir. «Baxshi» so’zining bu kungi ma'nosi xalqda «shoir-cholg‘uchi»dir. Xalqorasida «qo’buz» yo «do’nbra» chalib, dostonlar aytib yurgan maxsus kishilar - «shoir-cholg‘uchilar», deyiladi. Holbuki, hijriy to’qqizinchi muchalda, Navoiy zamonida bu so’z «uyg’urcha yozgan kitob» ma’nosida ishlatilgan. Professor Ko’priliyzodaning Halokuxon zamonida yozilgan «Zichi Elxonsho»da «Baxshilar har oyda uch kun parhez tutib. ibodat qiladilar va belgili ovqatlar yer emish». Demak, baxshilar bir turli «folchi avliyolar» ma’nosida ishlatilgan. Turkshunos olim Ko'priliyzoda bu so’zni mana shunday ma’nolarda ishlatilganiga tayanib, burungi zamonlarda ular «qohin-shoir-musiqashunos»lar boshlig’i bo’lgan. degan xulosa chiqaradi.
«Uzon» 0‘g‘uzturkehada baxshi degani. «Qo'buz» esa cholg'udir. Burungi turklarda, yuqoridagi ma’no bilan. baxshilarning cholg'ulari qo‘buz atalgan.
XX asr boshlarida turklarning shulon, motam, to‘y kabi umumiy yig'inlarida, ibodatlarida baxshilar qokbuzlarini chalib, sharoitga yarasha dostonlar - qahramonhk hikoyalari, maqtash - faxriyalar, ashulalar, marsiyalar aytgan.
Eron-arab ta’siri ostida klassik musiqamiz yaratilgandan keyin ham, baxshilar ijrosi yo‘qolmadi. Baxshilar hamon xalq orasida o‘z borlig‘ini saqlamoqda. O‘z joyini klassik musiqamizga bermoqchi emas. Natijada baxshilar musiqasi biJan klassik musiqamiz ta’sirlari ostida yangi-yangi xalqchii kuylar yaratilishiga asos bo'lmoqda.
Ertalab yig'inga kelgan baxshining to kechgacha doston aytishi bir aktyor teatri edi. Sharoitga moslab she’r to'qigan, kuy chalgan va ijro qilgan baxshi milliy tomoshaning «bir aktyor teatri» shaklidagi e’tirofi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |