Qo'shnay
0‘zbeklar cholg' ularining eng ibtidoiysi «qo‘shnay»dir. Juda yoniq bir tovushi bor. Ikki qamishni yonma-yon qo'yib bog'laydilar. Har ikkisini ham bosh tomonlaridan kesib, «til» chiqaradilar-da, og'izga qo'yib puflaydilar.
Surnay
Surnay puflanib chalinadigan cholg'ulardandir. Butun cholg'ular tut yog'ochidan yasalgani holda, «surnay» o'rik yog'ochidan yasaladi. Bir yonida yetti teshigi bo'ladi, bir yonida esa bir teshik bor. Baqirdan - kumushdan yasalgan bir naychani og'ziga qo'yib, uning uchiga qamishdan bir «til» bog'lab chaladilar. Yuqoridagi cholg'ularga qo'shilmaydi. Uzoqdan eshitilishi yaxshi bo'lgani uchunmi, uni - surnay deydilar.
Balabon
Balabon ham o'rik yog'ochidan yasaladi. U surnayning kichkinasidir. Torii cholg'ularga, ayniqsa tanburga juda yaxshi qo'shiladi.
Karnay
Karnay ma’dandan yasalgan juda uzun cholg'udir. Pardalari yo'q. Qo'rqinch bir tovushi bor. Urushlarda, yig'in, to'y e’lonlarida ishlatiladi. Dono xalqiiniz uning qo'rqinch ovozini inobatga olib - karnay atadilar.
Doira
Doira bir yuzi kiyik yo echki terisi bilan qoplangan yog‘och chanbardan iboratdir. Usui saqlaganda barmoq bilan chertiladi. Bir chetiga chertkanda «Ьак» tovushini, o'rta tomoniga chertkanda «bum» tovushini beradi. U usul saqlash doirasidan chiqib, hatto o‘z nomiga bag'ishlangan raqsga ham asos bo'ldi. Masalan, doira raqsi bunga misol bo'la oladi.
Nog‘ora
Nog'ora loydan yasalib pishirilgan «sopol»dir. Yuzini qalin teri bilan qoplaydilar. Ikkitasini qo'sh qo'yib, ikkita nozik yog'och bilan chaladilar. Surnay chalganda usulni nog'ora bilan saqlaydilar. Zotan, nog'orada har kuyning usuligina chalinadi. Nog'oraning o'ziga maxsus usullari ham bor, bular yolg'izgina nog'orada chalinadi.
Yuqorida sanalgan milliy cholg'ularning har bittasini ayri-ayri chalmoq mumkin bo'lgani kabi, hammasini to'plab, qo‘shma shaklda chaldirmoq ham mumkin. Bir tanbur, bir dutor, bir g'ijjak, bir naydan bir «jo'r» tuzsa bo‘ladilar. Holbuki, bir g'ijjak bir tanburning mazasini albatta qochiradi. Eski musiqashunoslarimizning zavqlariga ko'ra. milliy cholg‘ularda «jo'r» ijrosini tuzmakning tubandagicha yo shunga yaqin tartiblari bor:
Bir tanbur. bir rubob, ikki nay, bir qo‘buz, bir dutor, bir g'ijjak, bir balabon, bir qo'shnay, bir dutor;
ikki tanbur, bir qo'buz, bir dutor, bir nay;
ikki tanbur (bittasi kamoncha bilan chalinadi), bir qo'buz.
Bu jo'rlarga nog'ora bilan surnay kirmaydi. O'zbeklarda bu tartibdan boshqa bir turli bazm bo'ladi. Unga «chavkiy» deyiladi. «Chavkiy» doira. nog'ora ham surnayning qo‘shilishi bilan yasaladi. Boshqa cholg'ular unga qo'shilmaydi. Milliy cholg‘ular va ular jo'rligi haqida qisqacha ma’lumotga ega bo'ldik. Bularning har biri alohida tadqiqotga asos bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |