Pardalar
Sharq musiqa olimlari «nag'ma»larning bir-biriga nisbatlarini shu «nag'ma»larning «maxraj»lari orasidagi nisbatlarga ko'ra bclgilaydilar. Ular «nag'ma» maxrajlarini qog'ozga chizib ko'rsata olmaganlari uchun masalani bo'g'ozdan «tor»ga ko'chirdilar. «Nag'ma» maxrajlarini «torwda riyoziy bir yo'lda. juda ingichka hisob ila belgilab. har birini harf bilan ko'rsatdilar. Shunday qilib, belgilangan «maxraj»larni musiqaning «parda»lari deb atadilar. Pardalarni belgilamak uchun eng to'g'ri, eng ochiq dastur Alisher Navoiyning bazmdoshi bo'lgan Abdurahmon Jomiyning «Risolayi musiqiy»sida bor. Buni aniqlab maydonga qo'ymoq bizning bu kungi musiqiy atamalarimizni tuzatishga yaraydi. Chunki. bu kun bizning tanburlar pardalarini belgilamoq uchun ulardan boshqa bir vosita yo'q.
Jomiyning «Risolayi musiqiy»sida ko'rsatilgan haligi asoslari amaliyotga qo'yilganda, cholg'u ustozlarimizga «parda» bog'lash uchun to'g'ri bir asos bo'lar edi.
Milodiy o‘n beshinchi asrda yetishgan usmonli musiqashunos Qontemir o’g’lining ko'rsatganiga ko'ra «nag'ma» maxrajlari bo'lgan pardalarning soni o'ttiz uchta. Bulardan o'n oltisini «tamom» pardalar, o‘n yettisini «notamom» pardalar deb ataydilar. «Notamom» pardalar «tamom» pardalarning orasida ko‘rsatiladi. Shunday qilib pardalar masalasiga ham aniqlik kiritdik.
Ozbek musiqasi ijrochiligi
O'zbek adabiyotida bo‘lgani kabi musiqamizda ham ikki oqim bor. Adabiyotimizda aruz vaznida she’r yozish bilan aruzsiz. barmoq vaznida she’r yozish yo'li bor. Aruz vazni eron - arab adabiyoti ta’siri ostida madrasa va saroy shoirlarimiz orasida ishlatilgan bo'lsa, barmoq vazni xalq shoirlari orasida ishlatiladi.
Musiqa ham xuddi shunga o'xshab yuradi. Musiqamizda usul vaznida bog'langan kuylar bo‘lgani kabi, usulsiz bog'langan kuylar ham bor. Usui vaznidagi kuylar musiqa nazariyoti olimi bo'lgan, madrasa va saroy tevaragida yetishgan cholg'uchilarimiz tomonidan bog'langan.
Usulsiz kuylar xalq tomonidan, xalq cholg'uchilari, xalq ashulachilari tomonidan yaratilgan. Xalq kuylari, xalq ashulalarini usulsiz degani ularning har turli usul ohangidan mahrum, yo'lsiz, bo'sh ekanini anglatmaydi. Ularning usulsizligi, barmoq vaznidagi she’rlaming «aruzsizligi»dir. Aslida, ularda o'tli, alangali ohanglar bor. Ulardagi ohang «tan-tanan» yoxud «bum-Ьак» usullaridan emas, xalq yuragidan, xalq tuyg'ularidan qaynab. toshib chiqqan ifodalardir.
Usulli, klassik musiqamiz «shashmaqom» olti qator kuylardan iborat:
- Buzruk 4 - Dugoh
- Rost 5 - Segoh
- Navo 6 - Iroq
Bu olti maqomdan har biri uch butoqqa bo'linadi. Birinchi butoq yolgizgina cholg'u bilan yuradi. Bu mushkilot, deyiladi.
Ikkinchi butoq cholg'u ham ~ qo'shiq bilan boradi. Bu nasr, deyiladi. Uchinchi butoq esa cholg'u, qo'shiq. o'yin - raqs yoxud cholg'u va raqs bilan yuradi. Bu «ufar», deyiladi. Har maqomning mana shu uch butog'idan har biri birgina kuy emas, bir «qator kuywdir. Masalan, «buzruk» maqomining «mushkilot» butog'ida yetti kuy bor. Buzrukning nasr butog'i to‘rt kuy, o‘n tarona, bir siporishdan iborat.
Xorazmda yozilgan «Xorazm musiqa tarixchasiwga ko'ra, undagi musiqashunoslar o‘z tomonlaridan bog'langan turli nag'malarni yarim maqom hisob qilib, shashmaqomga tushkanlar-da, hammasini olti yarim maqom sanaganlar. So'ngra ular Xorazm musiqashunoslaridan Muhammad Rasul mirzoboshining ijtihodi bilan mazkur yarim maqomga yana bir necha kuy qo'shib to'ldirganlar- da, hammasi yetti maqom bo'lgan. «Xorazm musiqa tarixchasiwga ko'ra, bu yettinchi maqom «panjgoh» maqomidir.
Bizda «shashmaqomwdan bittasi chalinmoqchi bo'lganda majlisning tubandagi yo'sinda borishi lozim ko'rilgandi: ikki tanbur, bir dutor yoxud ikki tanbur bilan bir qo'buz (qo'buz bo'lmaganda uchinchi tanbur kamoncha bilan chalinadi), ikki yo uch hofiz o'tiradi, cholg'ular ishga kirishadi. Bir kishi chirmanda bilan usul saqiaydi. Cholg'uchilar chirmandaning ko'rsatgan usulga ergashadilar-da, istalgan maqomning mushkilot butog'ini chala boshlaydi. Mushkilot bitgach, to'xtamasdan, nasr butog'iga o'tiladi.
Nasr butog'iga o'tgach, shunda hozir bo'lgan ikki yoxud uch hofiz chirmandalarini olib, baravar usul saqiaydi. Usui saqlaganda chirmanda tovushining cholg'u tovushidan past borishi, har holda cholg'u tovushini bosmasligi shart. Hofizlarning biri boshlab nasr butog'ining birinchi kuyini aytadi. Birinchi kuy bitgach, ikkinchi kuyga o'tish uchun orada «tarona» atalgan beshta kichkina-kichkina kuychalar bor. Bular nag'mani birinchi kuyning parda va usulidan ikkinchi kuyning parda va usuliga o'tkazishga xizmat qiladi. Hofiz birinchi kuyni bitirgach, taronalarni butun hofizlar qo'shilishib aytadi. Birinchi kuyning taronalari bitgach, ikkinchi kuyni boshlaydi. Yolg'iz o‘zi aytadi. Buning taronalariga kelgach, yana hofizlar qo'shilishib aytadilar. Mana shunday qilib, «nasr» butog'ini ham bitiradilar-da, so'ngra raqs kuylari boshlanadi. Raqsni yolg'iz cholg'u bilan,
cholg'u, qo'shiq bilan-da davom ettirish mumkin. Shunisi borki. ufarda qo‘shiq bo'lganda ham usulni ikki-uch chirmanda baravar saqlaydi. Bu asnoda o'zbek musiqasining o'ziga xos ijrochiligi paydo bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |