Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet103/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Xorazm musiqasi va ijro san’ati

Xorazmning g'ayratli ziyolilaridan Bekjon hamda mashhur musiqashunoslaridan Muhammadyusuf Devonning Moskvada 1925- yilda bosilgan «Xorazm musiqa tarixchasi» degan kitobcha bizga qimmatli ma’lumotlar beradi.
«Xorazm musiqa tarixchasi»ning ko'rsatishiga ko‘ra, Xiva xoni Birinchi Muhammadrahimxon zamonida (1221) mashhur musiqashunos Niyozxonxoja Buxoroga borib, ma’lum va mashhur bo'lgan shashmaqom nag‘malarini tanbur bilan o‘rganib Xivaga qaytgan va o'ziga shogirdlar qabul qilib, shashmaqomni o'rgata boshlagan. Maxsumjon Qoziy, Usta Muhammadjon sandiqchi, Abdusattor Mahramlar kabi mashhurlar «Niyozxonxoja maktabiwda yetishgan musiqashunoslardir.
Xorazmda mana shu harakatlar davom etib borib, Ikkinchi Muhammadrahimxon zamonida gullagan, eng katta shoir ham musiqashunos bo'lgan Polvonniyoz mirzaboshi (Komil) musiqa o'rganishga kirishgan. U o'ylab-o'ylab, «Xorazm chizig’i» nomli notani ixtiro qiladi.
Polvonniyoz Komil «Xorazm chizig'iwni tubandagi asosda tartib etgan: tanburning necha pardasi bo'lsa, shuncha yotiq - ufqiy chiziqlar chizgan. Har pardada to'xtab, necha marta chertish lozim bo'lsa, shu pardani ko'rsatgan chiziq uzra shuncha nuqta qo'ygan. Bir pardadagi «nag‘ma»ni bitirib, qaysi pardaga ko‘chishni shu ikki pardani ko'rsatguvchi ikki chiziq orasida «tik» - amudiy chiziqlar chizib ko'rsatgan. Mana shu tartibda o'zining «Xorazm chizig‘i»ni yaratib, bir kuyni shu yo'sinda xonga taqdim etgan. Mazkur Polvonniyoz Komilning o'g'li shashmaqom kuylarini shu «Xorazm chizig'i» atalgan nota bilan yozib olgan. Bu notaning yordami bilan Xorazm o'lkasida musiqiy hayot yangidan, yanada jonlana boshlagan. Musiqa ustozlari ham yetishgan. «Tarixcha»ning ko'rsatishiga qaraganda, Xorazmda yetishgan musiqashunoslarning eng mashhurlari quyidagi insonlardir:

  1. Polvonniyoz mirzaboshi Koniil - «Xorazm chizigiwni tuzgan kishi, Xorazmning buyuk shoirlaridan sanaladi. Lining toshbosmada bosilgan she’rlar devoni o'zbeklarda mashhur. lining «Murabba’yi Komil» degan bir kuyi ham elga ma’lum;

  2. Muhammadrasul - mazkur Polvonniyoz Komilning o'g‘lidir. Bu shoir va olim otasi tomonidan tuzilgan nota bilan butun shashmaqom kuylarini yozgan. O‘zi ham kuylar bastalagan. Arab, fors tillaridan o'zbekchaga anchagina musiqiy narsalarni tarjima qilgan;

  3. Xiva xoni ikkinchi Muhanimadrahimxonning o'zi ham ulug1 musiqashunoslardan sanaladi. «Muxammasi feruz», «Saqiyli feruz» kabi kuylar bastalagan. She’rda taxallusi «Feruz»dir.

Xorazmda bulardan tashqari Qanbarbobo, Muhammad Yaqub fozachi, Xudoybergan Muhrkan, Do'nmas Qalandar. Rizo Baxshiy, Suyav Baxshiy, Abdurahmonbek g'ijjakchi, Abdullo Mejana g'ijjakchi. Muhammad Yaqub Xarrot g'ijjakchi, Yaqub bulomonchi (balabonchi) kabi buyuk ustozlar yetishgan. War Xorazmning so'ngi zamon musiqashunoslaridan edi. Bularning har biri to‘g‘risida «Xorazm musiqa tarixchasi»da keng ma’Iumot berilgan.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish