Тog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200—1500 m dan 2800—3000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda joylashgan.Тog‘larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o‘rtacha harorati 17—19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600—800 mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi).Тog‘ o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tiрga: tog‘-dasht va tog‘ o‘rmonlari (daraxt-buta) o‘simliklariga ajratish mumkin.Тog‘-dasht o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan, bug‘doyiq, har xil o‘tlar, qo‘ziquloq, astragal, bo‘tako‘z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada na’matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na’matak juda keng tarqalgan bo‘lib, na’matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na’matakzorlarni ko‘pincha G‘arbiy Тyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Тojikistondagi 1500—2300 metr balandliklarda ko‘p uchratish mumkin.Тog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va do‘lanalardir.Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Тyanshan va Тorbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor.O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Тyanshan, Hisor va Janubiy Тojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o‘sadi.Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Тyanshanning ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan. Respublikaning asosiy qismi tekisliklarda joylashgan, ammo tog'li hudud mamlakatning butun hududining 21 foizidan sal ko'proq qismini egallaydi. Tog'larning balandligi o'rtacha 2 dan 3 ming metrgacha. Pomir va Tyan-Shan tog 'tizimlari mamlakat bo'ylab sharqdan g'arbga cho'zilgan. O'zbekiston tog'larining umumiy maydoni 96000 km2.Balandligi 500 m dan oshmaydigan past tog'lar, masalan, Sulton-Uvais va to'rt minglik - Hisor tizmasida joylashgan abadiy qor bilan qoplangan cho'qqilar.
Respublikamizdagi tog`larning eng yuqori qismi doim muzliklarr bilan qoplangan, pastki qismi doimo jazirama issiq purkab turadigan bepoyon Qizilqum va Qoraqum bilan tutashadi. Bizdagi tog`larning eng pastkisi-Sulton Vays tog`i(dengiz sathidan 473 m)eng ulkani Hisor tog`idagi cho`qqi (dengiz sathidan 4688 m) da joylashgan.O`zbekiston geografik jihatdan ekvatorga yaqinligi,quyosh radiasiyasining tik tushishi respublikamiz iqlimiga katta tasir qiladi, shu sababli tog`lardagi havo ancha quruq.O’zbekiston hududidagi tog`lar Tyanshan va Pomir-Oloy tog`larining janubi-g`arbiy tarmoqlari bo`lgan Chatqol, Qurama, Piskon, Ugam, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Boysun, Bobotog` tizmalari va uning tarmoqlari bo`lgan Nurota, Oqtog`, Molg`uzar tog`lari kiradi. Bu tog`lar tabiiy sharoiti, o`simliklar dunyosi jihatdan ko`pincha adirlarni eslatadi.Tog’ intaqasining yillik yog`in miqdori 500-600 mm dan 1000-1200 mm.Tog`larda havo namligi yozda 40-50% qishda 90-100%.
Tog` mintaqasi ham odatda ikki mintaqaga: Pastki va Yuqori mintaqalarga bo`linadi. Pastki mintaqa. Bu yuqori adir bilan tutash bo`lib, uzoq vaqt ko`karib turadigan efemerlarning ko`pligi bilan xarakterlanadi. Efemerlar juda kam bo`lib, chala buta,buta daraxtlar tagida o`sadi, daraxtar juda siyrak. Bu joyning iqlimi yuqori adirdan biroz farq qiladi. Tuprog`i gumusga boy bo`lib, o`simlimliklarning o`sishi uchun juda qulaydir. Bu mintaqada katta xarsang toshlar bilan qoplangan pastki tog`larda bir yillik va ko`p yillik kisirofit o`tlardan bug`doyiq, esparset, shuvoq, toshkakra, bozulbong, chalov kabilar ancha ko`p o`sadi.
Respublikamizning hamma tog`larida ham bir xildagi o`simliklar o`smaydi. Cho`l mintaqasiga yaqin joylashgan tog`larda (Nurota, Oqtog`, Bukantog` kabilarda) bug`doyiqlar deyarli uchramaydi. Bu tog`larning o`simliklari to`liq kserofit bo`lib, mezofit o`simliklarni topish qiyin. Buning sababi bu tog`larda o`simlik turlari juda kam, ko`pincha chala buta va butalar, qisman juda siyrak holda o`suvchi bazi daraxtlarni uchratish mumkin. o`zbekistonning sharqidagi tog`lar bulardan tubdan farq qiladi.Bu yerda qor va muzliklar uzoq vaqt yotadi. Ham ancha ko`p. Shu sababli bu yerda efemerlar va ko`p yillik o`simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha ko`p o`sadi.
Yuqori tog’ mintaqasining xarakterli tomoni, bu yerda efemerlarning yo’qligidir. Yuqori tog’ mintaqasi o’simliklar qoplamining asosiy qismini buta daraxtlar tashkil qiladi. Bu o’simliklarning ko’pchiligi mezofit o’simliklardir. Relyefi notekis. Tuprog’I qo’ng’ir o’rmon tog’ tuproqlaridan iborat. Juda sernam joylarning tuprog’I gumus ko’pligidan qoramtir qo’ng’ir o’rmon tog’ tuprog’ini hosil qiladi. Uning tarkibida 12% ga Dengiz sathidan ko’tarilgan sari iqlim sharoiti ham o’zgarib boradi. Harorat pastlashib havoning absolyut namligi, yog’in miqdori oshib, bulutli kunlar ko’payib boradi. Nam havo oqimi hamma joyga bir xilda tarqalmaydi, chunki baland tog’lar sharqdan kelayotgan bulutlarni o’zida tutib qoladi. Natijada bu tog’larda yog’in juda ko’p bo’ladi. Yozda haroratning maksimum miqdori +30 C ga yetadi. Kuz erta boshlanib, qish ancha cho’ziladi. Qor va yomg’irlar uch faslda – kuzda, qish va bahorda yog’adi. Bu yerlarda yoz oylari ham yomg’ir yog’ib turadi. Mezofit o’simliklar ancha ko’p o’sadi. Buta va daraxtlar o’ziga xos landshaft kashf etib, juda katta massivda assotsiatsiya va formalar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |