Chilonjiydani ilmiy o’rganish va madaniylashtirish tarixi chilonjiyda yoki Xitoy xurmosi (zizifus)-Zizyphus juiuba Mill. Xitoydagi qadimda madaniylashtirilgan asosiy mevali daraxtlardan biri hisoblanadi



Download 40,33 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi40,33 Kb.
#338661

ChILONJIYDANI ILMIY O’RGANISh VA MADANIYLAShTIRISh TARIXI Chilonjiyda yoki Xitoy xurmosi (zizifus)-Zizyphus juiuba Mill. Xitoydagi qadimda madaniylashtirilgan asosiy mevali daraxtlardan biri hisoblanadi. Mazkur mevali o’simlik Xitoyda 4000 yil avval madaniylashtirilgan bo’lib va ming yillar davomida xalq seleksiyasi tomonidan uning ko’plab yirik mevalari iste’molbop mahalliy navlari yaratilgan Xitoyda chilonning madaniy sharoitlarda o’stirishga oid ilk ilmiy ma’lumotlar F Mayer tomonidan chop etilgan. [5]. A.I. Kolesnikov [14] ma’lumotlariga qaraganda Xitoyda Chilonjiyda navlari va ularni madaniy sharoitlarda o’stirish usullari Xitoyga qilingan ilmiy ekspedisiya davomida Nikitsk botanika bog’i direktori A.S Koverga tomonidan o’rganilgan. O’tkazilgan tadqiqotlar ko’p asrlar davomida chilonning yirik mevali va shirn ta’mga ega ko’plab xalq seleksiyasi navlari yaratilgan va ommalashtirilgan. Uning ma’lumotlariga ko’ra chilonjiydaning yaxshi navlari Xitoyning tog’li xududlarida, ayniqsa shimoliy Xitoyda keng tarqalgan bo’lib, mahalliy aholi tomonidan o’stiriladi.. Xitoyda asosan bitta turning – oddiy Chilonjiydaning (Zizyphus juiuba) navlari va shakllari madaniylashtirilgan. Chilon nav va shakllari mevasining og’irligi 2grammdan 25 grammgacha bo’lishi qayd etilgan. [14]. V.P. Alekseyev [5] ma’lumotlariga ko’ra chilonjiyda ilk bor Janubiy Yevropada tarqalgan daraxti asosida 1768 yilda tadqiqotchi Miller (Miller) tomonidan ilmiy o’rganilgan va unga “Zizifus yuyuba” ilmiy nomi berilgan. Chilonjiyda navlari MDH davlatlarida 100 yildan buyon madaniy sharoitlarda yetishtirilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlariga uning eng yaxshi navlari Xitoy va Afg’onistondan keltirilgan. 9 Chilonjiydani sobiq Ittifoqda ilk bor 1930 yilda D.D. Arsыbashev tomonidan AQSh ning Kaliforniya shtatidan olingan chilonjiydaning Xitoy navlari (Li va Lang navlari) olingan va Abxaziyada ekib sinovdan o’tkazilgan. Bu ekilgan ko’chatlar 7 yoshida 5 metr balandlikka egabo’lgan, 26 yoshida Li navi – 9 metr, Lang navi – 7 metr balandlikka ega bo’lgan. [4]. 1931 yilda Butunittifoq o’simlikshunoslik instituti Ozarbayjonda chilonjiyda navlarini sinovdan o’tkazdi va chilonjiydaning Xitoy navlari, shakllari, mahalliy shakllar asosida kolleksiyasi yaratilgan. Ushbu chilonjiyda kolleksiyasida Xitoy №1, Xitoy №2, Xitoy №3, Ozarbayjon №2, Apsheron, Mardakyanskiy №1, Tadjikskiy №24, Shirvan kabi istiqbolli shakllar va navlar yig’ilgan[4,6]. Markaziy Osiyoda mahalliy chilonjiyda shakllari asosan O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonning janubida quruq subtropik mintaqasida uchraydi va aholi tomorqalarida xavaskor-bog’bonlar tomonidan o’stiriladi. O’zbekistonga ilk bor chilonjiyda navlarining ko’chatlari Samarqand meva seleksiyasi tajriba stansiyasiga 1934 yilda Kaliforniyadan payvandlangan chilonjiyda ko’chatlari keltirilgan va mahalliy sharoitlarda o’stirila boshlandi.Ko’p yillik kuzatishlar natijasida O’zbekistonda o’stirish uchun istiqbolli navlar tavsiya etildi [14, 17]. 1953 yilda Xitoyda yana 6 ta chilonjiydaning yirik mevali navlari va shakllari keltirilgan va ular asosida ona daraxtzor barpo etilgan. Ushbu shakllarning biri danaksiz meva bergan. 1953 yilda A.S. Koverga tomonidan Xitoydan chilonjiydaning eng sara navlari Qrimga keltirildi va mahalliy sharoitlarda o’stirila boshlandi. Kavkazda mahalliy chilon madaniy sharoitlarda kam uchraydi, ular 70-80 yoshida 30-40 sm diametrga ega bo’ladilar. [5]. L.I. Kolesnikov [14] ma’lumotlariga qaraganda Xitoyda chilon uzoq davomiy o’sib hosil beradi, 100 yoshdan oshgan chilon daraxtlari ko’p uchraydi. Lekin chilon daraxtlari 30-40 yoshigacha yaxshi hosil beradi, keyinchalik hosildorlik asta-sekin pasaya boradi. Chilon yorug’sevar o’simlik bo’lib, 10 Xitoyda. asosan bitta tur – Zizyphus juiuba asosida navlar va shakllar yaratilgan. Xitoyda tarqalgan chilonjiydaning bioxilma-xilligi o’rganilmagan. F. Mayer fikricha, bugungi kunda 100 yaqin chilonjiyda navlari mavjud va ular Xitoyning barcha provinsiyalarida (shimoldan tashqari) keng ommalashtirilgan va aholi tomorqalarida keng o’stiriladi.. Ushbu navlarning mevalari 5 grammdan 25 grammgacha og’irlikka egadir. 1953 yildan boshlab Sobiq Ittifoqga Xitoy mamlakatidan chilonjiydaning katta kolleksiyasi va qiziqarli navlari introduksiya qilindi. Bu kolleksiya asosan Nikitsk Botanika bog’ida tashkil etildi va sinovdan o’tkazildi [7] . V.I. Zapryagayeva [15] fikricha, yovvoyi chilonjiyda Markaziy OsiyodaPomir-Oloyda, Kopettog’da, Tyan-Shanda tabiiy tarqalgan. U asosan Hisor tog’ tizmasining Janubiy qismi tog’ tizmalarida Varzob, Xanaka,To’palang daryolari havzalarida, Qorategin tog’ tizmasining janubiy tog’ yonbag’irlarida Darvoz tog’ tizmasida 700-1600m (1800m) dengiz sathidan balandliklarda o’sadi. Chilonjiyda Afg’oniston tog’larida ham 2000m balandliklargacha ko’tariladi[16]. Xitoydan keltirilgan chilonjiyda navlari M.M. Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalalarida sinab ko’rilgan va yaxshi natijalarga erishilgan. Chilonjiydaning ona kolleksiyasi yaratilgan.[17,18]. Keyingi yillarda chilonjiydaning bargi va mevasining gipotenziv (qon bosimini pasaytiruvchi) va siydik haydovchi ta’siriga ega ekanligi aniqlangan va shu maqsadlarda ilmiy tibbiyotda foydalanilmoqda. Mevasidan tayyorlangan damlama ko’krak og’rig’ida, yo’talda, kamqonlik, astma, chechak, ichketar, o’pka, jigar va qovuq kasalliklarida davo sifatida foydalaniladi [9]. S.A. Aslanov [6] fikricha Ozarbayjonning tuproq-iqlim sharoitlari chilonjiyda o’stirish uchun juda qulaydir, u asosan quruq subtropiklarda keng tarqalgan. Ozarbayjonning Mugan dashtida boshqa mevali ekinlar 11 yomon o’sgan mintaqalarda chilonjiyda navlari yaxshi o’sib xar yili hosil beradi. Chilonjiydaning tabiiy sharoitlarda o’rganish va madaniy navlarini O’zbekistonda tarqalishida L.T. Toshmatovning[17,18] xizmatlari katta. Uning tadqiqotlari O’zbekistonda Xitoy navlari bemalol o’sib hosil berishini ilmiy asoslab berdi. Chilonjiydaning AQSh da tarqalishiga amerikalik botanik F.Meyer xizmatlari katta, u 1905-1908 yillarda Xitoyga uyushtirilgan ilmiy ekspedisiya davomida eng sara chilonjiyda navlarini Amerikaga keltirgan, xozirda AQShning Kaliforniya, Texas, Florida shtatlarida ushbu navlar keng sanoat miqyosida o’stiriladi Chilon ushbu sharoitlarda qurg’oqchilikka chidamli o’simlik sifatida mashhurdir.[7, 10]. Hozirgi paytda chilonjiydaning 42 ta turiga yegishli 400 dan ortiq madaniylashtirilgan navlari bo’lib, ular mevasi turli-tumanligi, rangi, qand miqdori, ta’mi, yirikligiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Daraxt navdalarida tikanlari mavjudligi uning kserofitlik xususiyatlarga ega ekanligini bildiradi [13]. A.U. Usmonov[20] ma’lumotlariga qaraganda chilonjiydaning yovvoyi turi Surxondaryo viloyatining To’palang daryosi xavzasida quruq subtropiklarda uchraydi. U chilonjiydaning madaniy navlari uchun yaxshi payvandtag bo’lib xizmat qiladi. O’.A, Axmedov, X. Xolmatov[3] ma’lumotlariga ko’ra, chilonjiyda turkumida 40 ga yaqin turlari mavjud. Chilonjiydaning ko’plab madaniy navlari yaratilgan bo’lib, uning ko’pchiligi xalq tabobatida keng qo’llaniladi. Chilon va uning mevasidan tayyorlangan dorivor preparatlar gipertoniya kasalligini davolashda samarali vosita hisoblanadi . A. Kayimov, E.T. Berdiyev [26] fikricha chilonjiyda daraxti qurg’oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydi. Chilonjiydani Respublikamizda keng maydonlarda ekish uchun uning ona plantasiyalarini barpo etish va uning seleksion ko’chatlarini yetishtirish va o’rmon 12 xo’jaligiga joriy etish zarurdir. Uni o’rmon meliorasiyasi ishlarida qo’llash uchun tavsiya etilgan. V.I Zapryagayeva [15] ma’lumotlariga qaraganda chilonjiydaning Xitoy navlari Tojikistondan xam Samarqanddan keltirilgan va Hisor tog’ tizmasining janubiy yon bag’irlariga sinov tariqasida ekilgan. Ular xosilga kirgan va mevalarida 63-69% qand moddasi borligi qayd etilgan. N. Ivan-Guriyskiy [33] chilonning Xitoy seleksiyasi navlarini sobiq Itttifoqning janubiy mintaqalaarida dorivor va mevali o’simlik sifatida o’stirishni tavsiya etgan. Uning fikricha bu tur qurg’oqchilikka chidamli va mevasi gipertoniyaga qarshi samarali dorivor vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Hindiston Xitoydan keyingi chilon mevasini ko’plab yetishtiruvchi mamlakat hisoblanadi. Xindistonda xind chilonjiydasi (Zizyphus mauritiana) tabiiy holda tarqalgan, uning yirik mevali shakllari xitoy navlari bilan birgalikda keng miqyosda madaniy sharoitlarida o’stiriladi. Afg’oniston va Eronda chilonjiyda madaniy bog’-mevali o’simligi sifatida bog’larda o’stiriladi va mevsi yangi terilgan holida istemol qilinadi. Afg’onistonda chilonning yovvoyti turlari uchraydi. Sharqiy Eronda xususan Xurosonda chilonning madaniy navlari odatdagi mevali tur xisoblanadi va aholi tomonidan keng yetishtiriladi. [9, 10]. Chilonning turli yirik mevali navlari O’rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda, Shimoliy Afrikada, Italiya, Fransiyada o’stiriladi. Chilon navlarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan O’zbekistonda o’stirishga xarakatlar 100 yildan oshdi. Hozirgi paytda chilonjiydaning dorivorlik xususiyatlari, ayniqsa qon bosimini pasaytirish xususiyatiga ega ekanligi uni xalq orasida ommalashib borishini tezlashtirmoqda. Shunday qilib, o’rganilgan ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlar chilonjiyda o’simligining dorivorlik va oziq-ovqat xususiyatlariga ko’ra, madaniy o’simliklar orasida alohida e’tiborga molik ekanligini ko’rsatmoqda. Ozarbayjon, Koreya va Xitoy mamlakatlarida bu o’simlikning 13 yetishtirish agrotexnikasi va sanoat plantasiyalarida o’stirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Markaziy Osiyoda Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarida chilonjiydaning yangi nav va istiqbolli shakllarini ilmiy o’rganish va sanoat plantasiyalarida o’stirish bo’yicha ishlar boshlangan. O’zbekistonda chilonjiydani o’stirish va sanoat plantasiyalarini yaratish yaratish masalalari xukumat VM qarorlarida o’z ifodasini topgan. Samarqand viloyatidagi akademik M.M.Mirzayev nomidagi O’zR “Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik” ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filiali ilmiy xodimlari chilonjiydanining yaxshi navlarini ommalashtirish ishlariga peshqadamlik qilmoqdalar. 14 2-BOB. ChILONJIYDANING BOTANIK TAVSIFI, GEOGRAFIK TARQALIShI, BIOLOGIK VA EKOLOGIK XUSUSIYaTLARI Chilonjiyda –Zizyphus jujiba Mill. Miller, Gard. Dict. 8-th ed.(1768)1: Grub. Vo Flore SSSR. XIV (1949) 637; Korotkova vo Flore Uzb. IV (1959)149; Protopop. Vo Flore Kirg. VII (1957) 550; Blink. Vo Flore Turkmen. V (1950) 85; Golosk. Vo Flore Kazaxs. VI (1963) 129; Grub. V Der. i kust. SSSR, . IV (1958) 530; Boiss. Fl. Orient II (1872) 13– Z. sativa Gaertn. Fruct. Et. Sem. Rlant. I (1788)202; O i B. Fedchenko Consp. Fl. turk. II. (1909) 160$ B. Fedchenko. Rast. Turkestan. (1915) 566. Tashmatov v sb. Subtrop. Kulturы (1959): v Tr. NII sadov., vinogr. i vinodel.XXIV (1960) v Selsk. Xozyay. Uzb. 11. (1960); Stepanenko v Izv. Otd. Biolog. Nauk AN Tadj SSR, 3(10) 1962; v Izv. Otd. Biol. Nauk AN TadjSSR, 4 (11)1962 Tabiatda chilonjiyda (Zizifus yuyuba – Zizyphus jujiba) 3-4 metrgacha balandlikdagi kichik daraxt, ujumrutdoshlar (Rhamnaceae) oilasiga mansub o’simlikdir. Zizifus (Zizyphus) turkumiga doim yashil va bargini to’kuvchi daraxt va butalar kiradi Madaniy sharoitlarda 8-10 metrgacha o’sishi mumkin. Yirik daraxtlarining asosida diametri 40-50 sm atrofida bo’lishi kuzatiladi. Shox-shabbasi to’rsimon. Ko’p yillik novdalari och tusli jigarrang, to’q jigarrang 1-1, 5 sm uzunlikdagi tikanlari mavjud. Chilon shoxlari har tomonga qarab tarvaqaylab o’suvchi daraxt. Yosh shoxlari tuklar bilan qoplangan. Barglari cho’ziq tuxumsimon yuqori tomoni bir oz cho’ziq plastinkasi assimetrik, yirik tomirli, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Barg plastinkasining uzunligi 3,5- 4 sm, eni 1,5-2 sm, chetlari to’mtoq, tishsimon, ustki tomoni tuksiz, yaltiroq, rangi yashil pastki tomoni och yashil, tomirlari tuk bilan qoplangan. Barg bandi ham tukli, mayda yashilsimon rangli gullari barg qo’ltig’idan o’sib 15 chiqqan yarim soyabon to’pgulga joylashgan. Chilon barglari juda kech, aprel oxirlari– mayning birinchi dekadasida o’sib chiqadi. 1-rasm. Chilonjiyda (Zizyphus jujiba) daraxti 16 2-rasm. Chilonjiydaning gullashi Chilon gullari yulduzchali, yashilsimon-sariq, hidli, mayda 0,3-0,4 sm diametrga ega, ikki jinsli, qisqa bandlarda va barg qo’ltiqlarida 5 tadan bo’lib joylashgan. Ular juda mayda, , kosachabarglari 5 ta, ba’zan 6 ta keng uchburchaksimon yoki oval, sariq-yashil rangda, mayda tukli. Gulbarglari mayda qayiqsimon shaklda yashil-sariq rangda. Chilon daraxti may o’rtalaridan, lekin ko’proq iyun boshlaridan boshlab gullashni boshlaydi. Gullash mavsumi iyul o’rtalapriga borib tugallanadi. Ba’zi salqin yozda gullash ham kechikadi – gullash avgust boshlarigacha davom etadi. Chilon mevasi ellipsimon, kam xollarda oval shakldagi, madaniy navlari noksimon shakldagi ko’rinishga ega bo’lib, 1,5-2,2 sm uzunlikda, 1-1,5 sm diametrig ega. Meva rangi qizg’ish-g’ishtsimon rangda, po’stlog’i yaltiroq, meva eti shirin unsimon-quruq. Mevasi sharsimon yoki cho’zinchoq, mayda (uzunligi taxminan 1,3 sm, eni 1,2 sm) shirasi kam, yumshoq qismi quruqroq, mazasi nordon-shirin. Meva danagi qizg’ish-qo’ng’irrangda, cho’zinchoq yirik, 17 o’tkir uchli va qattiq bo’ladi. U mevaning 25-30% ni tashkil etadi may-iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabr-oktyabrda pishib yetiladi. A.I. Kolesnikov [14] ma’lumotlariga qaraganda chilon mevalari S vitaminiga boy bo’lib, uning miqdori 1,39 mg/%, eng yaxshi Xitoy navlarida 6, 81 mg/% miqdorida bo’lishi biokimyoviy tadqiqotlarda aniqlangan. Oddiy chilonjiyda bargini to’kuvchi kichik daraxt bo’lib, shoxlari qing’ir qiyshiq, bukilgan joylarida tikonlari mavjud. Meva uzunligi 1-2 sm (madaniy navlarda 3 sm va undan ortiq) bo’lib, danakli. Meva danagi qizg’ish-qo’ng’irrangda, cho’zinchoq yirik, o’tkir uchli va qattiq bo’ladi. U mevaning 25-30% ni tashkil etadi may-iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabr-oktyabrda pishib yetiladi. Oddiy chilonjiyda bargini to’kuvchi kichik daraxt bo’lib, shoxlari qing’ir qiyshiq bukilgan joylarida tikonlari mavjud. Meva uzunligi 1-2 sm (madaniy navlarda 3 sm va undan ortiq) bo’lib, danakli. 3-rasm. Chilonjiyda mevalarining yetilish davridagi ko’rinishi 18 Chilon turkumida mevalarining shaklan turli-tumanligi qayd etilgan. Ilmiy adabiyotlarda chilonning qimmatli xo’jalik-biologik belgilariga ega quyidagi shakllari xaqida ma’lumotlar mavjud: 1. Chilonning tikonsiz shakli (Zizyphus jujuba f. inermis (Bge) Rehd). Chilonning bu shakli yovvoyi hamda madaniy chilonjiydazorlarda uchraydi. 2.Chilonning ajdarho changali (Zizyphus jujubaf. tertuosa hert) shakli manzarali daraxt sifatida imperator saroyini ko’kalamzorlashtirishda foydalanilgan. 3.Chilonning mevasi butilkasimon shaklli (Zizyphus jujuba f. lageni tormus) bo’lib, ularning mevasi shakli aynan shundaydir. Chilonning qayd etilgan shakllari uning bioxilmaxilligini boyligini ko’rsatmoqda. Chilonning keng areali uning turli-tuman tabiiy sharoitlarida chilon mevalarini nafaqat morfologik, balki fiziologik jihatdan turlicha bo’lishini ta’minlagan. 19 4-rasm. Chilonjiydaning(Zizyphus jujiba) yetilgan mevalari Oddiy chilon (zizifus) turkumidagi boshqa turlarga nisbatan xo’jalik nuqtai nazaridan qimmatli tur hisoblanadi. Aynan shu tur negizida Xitoyda xalq seleksiyasi minglab yillar mobaynida ko’plab qiziqarli navlarni yaratgan. Chilonning quyidagi boshqa turlari xam qaysidir darajada xo’jalik axamiyatiga ega.Chilonjiyda turkumida chilonning quyidagi boshqa turlari ham bo’lib, ular Yer sharining turli mintaqalarida tarqalgan hamda mevali tur sifatida xalq xo’jaligi ahamiyatiga egadir. 1.Lotus chiloni - Zizifus lotus (Zizyphus lotus) Balandligi 1,5-2 m ga teng tikanli buta yoki 9-12 metrli kichik daraxtcha, mevalari mayda, sharsimon, sariq, iste’molbop. Mevalari yoyiladi, lekin sifatiga ko’ra Zizyphus jujuba mevalariga teng kela olmaydi. Bu tur janubiy Yevropa, Shimoliy Afrikada tabiiy o’sadi, Misrda, Italiya va Ispaniyada madaniy holda ko’plab o’stiriladi. 20 2.Jiraldi chiloni - Zizifus Jiraldi (Zizyphus jiraldii) asosan Shimoliy Xitoyda tarqalgan va mevalari qora rangda istemolga yaroqli xisoblanadi. 3.Xind chiloni - Zizifus mauritiana (Zizyphus mauritiana) bo’lib, uning ikkinchi nomi Hind chiloni deb xam ataladi. U tikanli buta yoki kichik daraxt sifatida tarqalgan. Xindistonning markaziy mintaqalarida uning balandligi 24 metrgacha yetadigan yirik daraxtlari uchraydi. Bu turning qiziqarli xususiyati kuzda gullashidir. Mevalari qishda yoki bahorda pishib yetiladi. Sovuqqa chidamsiz tur xisoblanadi. Bu tur tabiiy holda sharqiy Hindistonda, Seylon va Avstraliya mintaqasida tarqalgan. Mevasida 10-13 % qand moddasi bor. Bargidan qimmatli texnik xomashyo – shellak olinadi.Xindistonda tarqalgan va madaniy xolda yirik mevali navlari o’stiriladi. 4. Ajinli chilon - Zizifus morщinistыy (Zizyphus rugosa) Birmada tarqalgan bo’lib tog’larda 1200 m balandliklargacha ko’tariladi. Mevalari mayda istemolga yaroqli. Sovuqqa chidamliligi bo’yicha seleksiya maqsadlari uchun qiziqarli biologik obyekt xisoblanadi. Mevsi maydaligi sababli madaniylashtirilmagan. 5.Dumaloqbargli chilon - Zizifus kruglolistnыy (Zizyphus rotundifolia)bu tur oddiy chilonjiydaga yaqin tur bo’lib tikanli butadir. Tikonlari ingichka 1,25 sm uzunlikda, mevalari mayda 1,2 sm uzunlikda qoramtir nordon-shirin ta’mga egadir. Uning shirin mevali navlari bor, u Hindiston sharqida tarqalgandir. Bu turning urug’ko’chatlari chilonning madaniy navlari uchun yaxshi payvandtag bo’lib xizmat qiladi. 6.Ioazenro chiloni - Zizifus Ioazenro (Zizyphus Ioareiro)manzarali daraxt bo’lib, Braziliyada tarqalgan va ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Uning mevalari shirin ta’mli,. Qurg’oqchilikka chidamli yirik mevali, serhosil, chorva uchun ozuqa hisoblanadi. Ildizida saponin moddasi bor. 21 7.O’tkir uchli chilon - Zizifus ostrokonechnыy (Zizyphus mucronata)–bu tur janubiy Afrika tropiklarida o’sadi. Sovuqqa chidamsiz tur hisoblanadi. 8. Mistel chiloni - Zizifus Mistelya (Zizyphus Mistal) – bu tur Argentinada tarqalgan bo’yi 10 m gacha bo’lib, mevasi tovuq tuxumi kattaligida suvli va shirindir. 9.Eloptiya chiloni - Zizifus Eloptiya (Zizyphus Oenoptis) – bu tur Avstraliya shimolida tabiiy tarqalgan, asosan oziq-ovqat va farmasevtika maqsadlarida foydalaniladi. 5-rasm. Chilonjiyda mevalarining shaklan turli-tumanligi Chilonning barcha turlari tashqi muhit sharoitlariga, ayniqsa tuproqqa talabchan emas. Urug’ ko’chatlari va ildiz bachkilari tez o’sishi bilan ajralib 22 turadi. Chilon uzoq yashaydi, Xitoyda uning 100 yoshli daraxtlari ko’p uchraydi. Chilon 30-40 yoshidan boshlab serhosil daraxtga aylanadi. Chilon har yili hosil beradi, hosilsiz davri kuzatilmaydi. Yorug’likni yaxshi ko’radi, doimo yorug’lik ko’p ochiq yerlarda alohida o’sadi. Chilonjiyda yer yuzida keng tarqalgan o’simliklar qatoriga kiradi, u tropik, subtropik va iliq iqlimli hududlarda o’sadi. Bu o’simlik O’rta yer dengiz davlatlarida, Bolqon yarim orolida, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Xitoy, Mo’g’uliston, Koreya, Yaponiya, Hindiston va Osiyo janubidagi boshqa mamlakatlarda hamda Afrika, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa yerlarda o’sadi. Chilonjiyda shuningdek bizning janubiy xududlardagi viloyatlarning tog’li rayonlarida yovvoyi holda uchraydi. U katta va kichik Kavkaz tog’ tizmalari hamda Qrim tog’lari qoyalarida ham o’sadi. 6-rasm. Chilonjiydaning madaniy navi (chapda) va yovvoyi turining (o’ngda) mevalari Markaziy Osiyo respublikalarining janubiy xududlarida, dengiz sathidan 1500 m gacha balandlikdagi tosh-shag’al tuproqli qiyalarda, tepaliklarda va boshqa yerlarda yovvoyi chilonjiydani uchratish mumkin. 23 Chilonjiyda yovvoyi holda Surxondaryo (To’palang daryosi voxasida) va Toshkent (Xo’jakent va Xumson qishloqlari tog’larida) viloyatlarida uchraydi. Bu o’simlik Turkmanistonda Kopetdog’ tog’ining g’arbiy tomonida, Qorakal’a rayonida Sumbar daryosining o’rta oqimi bo’ylab Aydar darasida, Tojikistonda esa Hisor tog’ tizmasining janubiy qiyaliklarida (Farzab va Kofirnigan daryolari voxasida), Boljuan atrofida va Panj daryosi yoqalarida o’sadi. Oddiy chilonjiyda ko’p miqdorda Kavkaz va Makaziy Osiyo respublikalarida, Qrimda, ayniqsa O’zbekiston va Ozarbayjonda madaniy sharoitlarida o’stiriladi. Chilonjiydani faqat dorivorlik xususiyati uchun emas, balki ko’proq mevali daraxt bo’lgani uchun ham iste’mol qilish maqsadida qiziqish katta. Shu sababli, ko’pgina davlatlarda jumladan Xitoyda yirik mevali serhosil navlari yaratilgan. Shulardan bir qanchasi O’zbekiston sharoitida R.R. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti (Toshkent viloyati) dalalarida ilmiy xodim L.T. Toshmatov tomonidan o’stirilib sinab ko’rilgan. O’tkazilgan sinovlar natijasida bu chilonjiydalar O’zbekiston respublikasi oziq-ovqat sanoatida turli qandolat mahsulotlari tayyorlash va konservalar (sharbat, murabbo va b.) qilish uchun talabga har tomonlama to’liq javob beradi deb topilgan, bular Xitoydan keltirilgan Tayan-szao va Dabay-szao navlaridir. Bu navlarni bog’dorchilik sohasiga joriy etish maqsadida O’zbekistonda 1960 yilda maxsus qaror qabul qilingan va 1962 yildan boshlab Respublikamiz xo’jaliklarining dalalarida ko’plab o’stirish boshlangan. Hozirgi vaqtda O’zbekistonning 23 ta xo’jalik dalalarida, jumladan Samarqand viloyatida Dagbed davlat ko’chatchilik xo’jaliklarida, Toshkent, Andijon, Namangan va Izbosgan-meva-ko’chatzori davlat xo’jaliklari Toshkent davlat agrar universitetining Chimboydagi tajriba dalalarida (Qoraqalpog’iston) M.M. Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va 24 vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning viloyatlardagi filial va tajriba stansiyalarida va boshqa xo’jaliklar dalalarida Ta-yan-szao va Dabay-szao kabi Xitoydan keltirilgan chilon navlari ko’plab o’stirilmoqda. 7-rasm. Chilonjiydaning “Ta-yan-szao” (Xitoy) navi Ta-yan-szao navi 5-8 m gacha balandlikdagi, shoxlari sharsimon tarqalgan shox-shabbali daraxt. Yon shoxlari tizzasimon egilgan, tikansiz va serbarg: Ba’zan yosh novdalaridagi tikonlar kiyinchalik tushib ketadi. Barglari yirikroq (uzunligi 6-8 sm, eni 2-4 sm), keng lansetsimon ba’zan plastinkasi asimmetrik, uchki tomoni toraygan mayda arrasimon qirralari, asosiy uchta tomiri to’q yashil, yaltiroq bo’lib, qisqa bandi bilan shoxlarda ketma ket o’rnashgan. Gullari xushbo’y, mayda yashil sariq rangli, yulduzsimon, yakka-yakka yoki to’p-to’p bo’lib barg qo’ltig’iga qisqa bandi bilan joylashgan mevasi yirik (uzunligi 6 sm eni 5 sm gacha), yaltiroq jigarrang 25 mazasi shirin, suvi kam, noksimon, danakli meva. Danagi mayda, u mevaning 50% ni tashkil etadi. Bu nav kechroq may oyining o’rtalarida gullaydi. Chilonjiydaning Tayan-szao navi Xitoy va AQSh ning janubiy viloyatlarida keng miqyosda o’stiriladi. Da-bay-szao navining shox-shabbali piramida shaklidagi (daraxt yoshligida), balandroq (bo’yi 6-8 m) daraxt. Bir yillik novdalarining qizg’ish jigarrang, kulrang binafsha rangi chang bilan qoplangan. Barglari maydaroq (uzunligi 5,5 sm gacha, eni 2-2,2 sm), keng lansedsimon uchi o’tkir, asosiy qismi dumaloqroq, qirrasi arrasimon bo’lib, qisqa bandi bilan shoxlarda ketma-ket o’rnashgan. Mayda, to’p-to’p xushbo’y gullari barg qo’ltig’iga joylashgan. Mevasisilindirsimon jigarrang, yaltiroq, yumshoq, shirasi kam, mazasi yoqimli, uzunligi 3 sm, eni 2,5 sm keladigan danakli meva. Danagi mevaning 6-7 % ni tashkil qiladi. Bu nav ham Xitoyda keng miqyosda o’stiriladi. P.N. Bogushevskiy G’arbiy Kopet tog’da chilon uchrashi haqida ma’lumotlar keltiradi, ular qurg’oqchilikka chidamli va och tusli kashtan tuproqlarda o’sadi. Chilon bu yerlarda anor bilan birgalikda butazorlarni yuzaga keltirgan[5]. AQShda chilon daraxtlari shimoliy Kaliforniyada sug’orilganda ham, Texasda sug’orilmaganda ham birday serhosil daraxtdir, ular yuqori haroratlarga chidamli.Markaziy Osiyodagi yovvoyi chilon ham, Xitoydagi yovvoyi va madaniy navlari ham issiqqa chidamli, +440S haroratga bemalol chidaydi va hosil beradi.Chilon Ozarbayjonda absalyut minimum -240 S bo’lgan hududlarda bemalol zararlanmasdan o’sadi. L.T. Toshmatov [17].chilonning kech gullashi uning har yili hosil berishini ta’minlovchi omil, bahorgi sovuqlardan butun zararlanmaydi deb hisoblaydi.15 m balandlikkacha o’sib, aholi tomonidan ko’p kesib o’tin qilinganligi sababli 3-4 metrdan oshmaydi. Chilon novdalari ikki-xil – vegetativ va generativ bo’ladi. 26 Chilon barglari kseromorf strukturaga ega bo’lib, etli, 3 bazal tomirlari bor. Chilon mevalari 3 oyda pishib yetiladi, oktyabrda to’liq yetiladi va iste’molbop bo’ladi. L.T. Щyerbakov [35]. chilonda dixogamiya hodisasini qayd etadi, u proterandrik daraxt bo’lib, ko’pgina chilon navlarida partenokarpiya kuzatiladi. Tabiiy sharoitlarda chilon urug’idan va vegetativ ko’payadi, ya’ni ildiz bachkilari orqali tez ko’payadi. Nihollar aprelda paydo bo’ladi birinchi yili 10-15 sm, ikkinchi yili 20-25 sm balandlikkacha o’sadi. Chilon 1 metr balandlikka 4 yilda, 2 metr balandlikka 10 yilda, 3 metr balandlikka 20 yilda yetishadi. Chilon urug’ko’chatlari ildiz tizimi o’qildiz bo’lib, birinchi 2-3 yillikda 80-100 sm chuqurlikkacha o’sadi. 8-10 yoshli ko’chatlarni ildiz tizimi yaxshi shakllantiradi, atrofga gorizontal ildizlari 10-12 metrgacha tarqaladi. Tuproq yuzasiga yaqin yonlama ildizlardan bachkilar paydo bo’lib, yosh o’simliklar rivojlanadi[7, 9]. Chilon tabiatda alohida o’simlik formasiyasi hosil qiladi, ular doim toza daraxtzorlar sifatida uchraydi. Chilonjiydazorda asosan ko’p yillik o’t o’simliklar qoplami yuzaga keladi. Bu o’simliklar asosan yorug’sevar efemeroidlar va efemerlardan iborat bo’ladi. 27 3-BOB. O’ZBEKISTONDA ChILONJIYDA O’STIRISh UChUN MOS IQLIM ShAROITLARI TAVSIFI. Chilonjiyda (Zizyphus juiuba)turining ham yovvoyi, ham madaniy navlarini o’sish sharoitlarini tahlil etadigan bo’lsak, ular asosan moslashuvchan o’simlik sifatida turli tuproq-iqlim sharoitlarida keng tarqalganligini shohidi bo’lamiz. Chilonjiydaning tabiiy areali Xitoyning markaziy provinsiyalari va Markaziy Osiyoning janubiy xududlarida joylashgan. Ushbu hududlar iqlimi issiq va quruq yozi va yumshoq, nisbatan quruq qishi (sovuqlar 1-3 0S) bilan ajralib turadi. Bu provinsiyalarda yanvarning o’rtacha harorati +3,20 dan toki 7,90S gacha o’zgaradi, eng issiq oy-iyul oyining o’rtacha harorati +27,00S dan 29,90S gacha o’zgaradi. Yillik yog’ingarchilik miqdori 1000-1500 mm ni tashkil etadi. Yog’in miqdori asosan yilning issiq davriga to’g’ri keladi. V.P. Alekseyev [5] o’zining “Rastitelnыye resursы Kitaya” ilmiy asarida chilonnin MDH mamlakatlarida nimagadir subtropik o’simlik sifatida tan olingan, vaholanki bu tur Xitoyning subtropik mintaqasida deyarli uchramasligini qayd etgan. U asosan Xitoyning u mo’tadil va quruq issiq yozli mintaqalarda keng tarqalgan. Shuning uchun tadqiqotchi fikricha, chilonni MDH mamlakatlarining, shu jumladan Rossiyaning janubiy xududlarida bemalol o’stirish mumkindir. S.A. Aslanov [6] ma’lumotlariga qaraganda Ozarbayjonga Xitoydan introduksiya qilingan Li va Lang navlari yaxshi o’sgan va mahalliy iqlim sharoitlariga yaxshi moslashib hosilga kirgan. Tadqiqotchi fikricha, chilon Ozarbayjonning quruq subtropiklarida bemalol o’stirish mumkin. Har qanday yangi bog’ o’simligini keng miqyosda o’stirish uchun uning xaroratga bog’liq xolda tahlil etish lozim. Chilonjiyda yuqori aroratga ham, past haroratga ham birday chidamli ekanligi ko’pgina introduksiya 28 obyektlarida qayd etilgan. Amerika Qo’shma shtatlarida o’tkazilgan tadqiqotlar chilon +44S ga bemalol chidashi mumkinligi qayd etilgan. Ozarbayjonda chilon –24S xaroratdan zararlanmasdan chiqqan. Xitoyda – 15S va –28S xaroratlarda chilon sovuqlardan zararlanmaydi. Lekin Ukrainada chilonni madaniylashtirish natijalari shuni ko’rsatdiki u –30S sovuqlarda zararlangan. L.T. Toshmatov [17] tadqiqotlari chilonning O’zbekistonda kengroq maydonlarda o’stirish imkoniyatlari yetarli ekanligini ko’rsatdi. Uning fikricha o’rik, shaftoli, bodom bog’lari bahorgi sovuqlardan zararlangan yillari chilon hosildorligiga zarar kelmagan, buing asosiy sababi chilonning kech bahorda gullashi, u bahorgi sovuqlardan xech qanday zarar ko’rmagan. Chilonjiydaning hozirgi madaniy areali turli-tuman iqlim sharoitlari bilan ajralib turadi va u tobora kengayib bormoqda.. Chilonjiyda yetishtiriladigan hududlarning shimoliy qismida bo’ladigan-– 200S’harorat chilonjiyda uchun kritik harorat hisoblanadi, undan yuqoriroq haroratdan zararlanadi. Chilonjiyda Xitoyda Pekin shahri atrofida ko’plab madaniy holda o’stiriladi. Ushbu hududning yanvar oyining o’rtacha harorati-4,30S, absolyut minimum -200S, iyulning o’rtacha harorati 26,40S, yillik yog’in miqdori 637 mm ni tashkil etadi. XX asrda chilonjiydani O’zbekistonga keng miqyosida introduksiya qilinishi, uning tabiiy sharoitlarini chilonjiyda o’sishi va rivojlanishi uchun qanchalik mos kelishini tahlil etish katta ahamiyatga ega. O’zbekiston tekislik hududlarida yog’in miqdori kam, shu sababli sun’iy sug’orish imkoniyati yo’q joylarda o’simlik dunyosi sahro-cho’llarnikiga o’xshab ketadi. Hududning dengiz sathidan balandligi oshgan sari, yog’ingarchilik miqdori orta boradi. Agar Respublikamizning shimoliy-g’arbiy hududlarida 45-75 mm yog’in miqdori qayd etilsa, ba’zi tog’li hududlarda 800-1000 mm yog’in miqdori yog’adi. 29 O’zbekiston hududida issiqlikni umumiy miqdori summar radiasiya ko’rinishida Toshkentda 139 kkal/sm2 , Termizda 160 kkal/sm2 . Yilning radiasion balansi 45 kkal/sm2 (shimoliy hududlar uchun) va 67 kkal/sm2 (janubiy hududlarda) ni tashkil etadi. Tekislik hududlarda qishgi mavsumda o’rtacha haroratlar salbiy ko’rsatkichlarga ega, lekin Respublikamiz Janubi shimoldan tog’lar orqali chegaralangan bo’lib qishgi mavsumda 00S dan kam haroratlar kam uchratiladi. Ayniqsa Surxondaryo viloyati hududlari qishda ham, yozda ham yuqori ko’rsatkichlarga ega. Surxondaryo viloyati shimolda ham, sharq va g’arbdan ham tog’lar bilan himoyalangan, shu sababli iqlimi o’ziga xosdir, qishi yumshoqdir. Janubiy hududlarda (Sherobod, Termiz, Denov) Respublikamizdagi eng issiq o’rtacha yillik haroratlar, iyulda va yanvarda, absalyut minimumlar ham shu oylarda quyidagicha ko’rsatkichlarga ega. Sherobodda +18.10S, +32.3, +3.30S, –200S; Termizda +17.00 , +30.70 , – +2.80 ,–230S; Denovda +15.70 , +28.2S+2.4S –23,0S: Bu ko’rsatkichlar Respublikamizning boshqa hududlarida quyidagicha: Qo’qonda +13.50, , +27.50+2.30S, –270S; Namangan +13.4, +27.4 +3.40 , –290 , Toshkentda +13.20 , +26.7, -+2.30 , –290 Nukusda +10.80 , +27.10 , +6.40 , –320 . Respublikaning eng sovuq hududlari shimoliy-g’arbiy maydonlarda (Nukus, Chimboy) joylashgan. Yerning muzlash qalinligi Janubiy rayonlarda 3 sm, (maksimal muzlashi 16- 19 sm) shimoliy rayonlarda (Chimboy) bo’lib tuproq 37 sm chuqurlikkacha muzlaydi (maksimal 70 sm). Joyning sovuqdan xavfliligi mevali daraxtlar uchun janubiy hududlarda –12–150S absalyut minimum, shimoliy hududlarda –200S absalyut minimum hisoblanadi. O’zbekistonda asosiy yog’in miqdori qishgi-bahorgi mavsumda tushadi, yozda yog’in juda kam qayd etiladi. Denovda 360 mm, Toshkentda 359 mm, Namanganda 186 mm, Sherobodda 164 mm, Termizda 133, Qo’qonda 98, Nukusda 87 mm yillik yog’in miqdori qayd etiladi. O’zbekiston bog’dorchiligida chilonjiyda yangi mevali daraxt turi bo’lib, uni yangi hududda o’sish 30 imkoniyatlari agroiqlim ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Eng muhim iqlim ko’rsatkichlardan biri – joyning issiqlik bilan ta’minlanganlik darajasidir. Sherobodda faol o’rtacha sutkalik (00 dan yuqori harorat) haroratlar summasi+66130 , samarali o’rtacha sutkalik harorat summasi (+100S dan yuqori) +59930S ga teng. Termizda +62180 va +56300 , Denovda +57370 va +50800 , Qo’qonda +50420 va +45900 , Namanganda +50400 va +45990 , Toshkentda +46740 va +43740 , Nukusda +43960 va +40350 ga teng. O’zbekiston hududida o’rtacha sovuqlarsiz davrning davomiyligi Sherobodda 272 kunni Termizda 246 kunni, Denovda 239 kunni shimolroqda Qo’qonda 218 kunni, Namanganda 230 kunni, Toshkentda 208 kunni, Nukusda 184 kunni tashkil etadi. Kuzatuvlar shuni ko’rsatmoqdaki, chilonjiyda mevalarini tugishi, shakllanishi va yetilishi uchun o’rtacha sutkalik 100 dan yuqori haroratlar summasi 4000-45000 dan kam bo’lmagan hollarda normal hisoblanadi. O’zbekiston hududida ko’pgina subtropik daraxt turlarini, shu jumladan chilonjiydani tabiiy tarqalishiga to’sqinlik qiluvchi asosiy tabiiy faktor qishgi minimum haroratlar mavjudligi, qishlash uchun sharoitlarni og’irligi hisoblanadi. O’zbekistonda iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda chilonjiydani sanoat plantasiyalarida yetishtirishning iqtisodiy maqbul hudud Surxandaryo-Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand , Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysining yumshoq iqlimli mintaqalari hisoblanadi. Respublikamizning boshqa viloyatlarida, xususan Toshkent viloyatida tomorqalarda chilonjiyda yetishtirish yaxshi yo’lga qo’yilmoqda. Respublikamizdagi asosiy tuproq tipi soz tuproqlardir. 600-1000 m dengiz sathidan balandliklargacha och tusli soz tuproqlar, 1500-1700 m, dengiz sathidan balandliklarda to’q tusli soz tutroqlar uchraydi. Bu tuproqlarda chilonjiyda yaxshi o’sib rivojlanadi va serhosil bo’ladi.
Download 40,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish