Oddiy dastarbosh — Tanacetum vulgare L. murakkabguldoshlar oilasiga kiradi. Ko’p yillik, bo’yi 50—150 sm ga yetadigan, o’ziga xos hidli o’t o’simlik. poyasi tik o’suvchi, sershox, tuksiz yoki bir oz tukli. Bargi oddiy, patsimon ajralgan, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomoni kulrang-yashil. poyaning pastki qismidagi barglari bandli, o’rta va yuqori qismidagilari esa bandsiz bo’lib, poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari sariq, savatchaga to’planib, qalqonsimon to’pgulni tashkil etadi. Mevasi — chopziq pista. O’simlik yoz bo’yi gullaydi. Geografik tarqalishi. Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Uzoq SHimol hamda Ural, quyi Volga bo’yi cho’l tumanlaridan tashqari, hamma yerda uchraydi. Asosan yo’l yoqalarida, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joylarda, o’tloqlarda, o’rmon chetlarida va suv bo’ylarida o’sadi.
Kimyoviy tarkibi. Gulto’plamlar tarkibida 1,5—2% efir moyi, flavonoidlar (kversetin, lyuteolin, a’igenin, xrizoeriol, diosmetin, izoramnetin, aksillarin va boshqalar), alkaloidlar, oshlovchi moddalar, ko’p to’yinmagan bog’lanishga ega bo’lgan lakton (poliinli lakton) va tanatsetin achchiq moddasi bo’ladi.
Efir moyi tarkibida a va b (47% gacha) — tuyonlar, kamfora, tuyol, borneol, pinen va boshqa birikmalar bor. Ishlatilishi. Oddiy dastarbosh guli gijja haylash uchun hamda jigar va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Dorivor preparati. Damlama. Tanatsexol preparati (gulto’plamidan olingan flavonoidlar va fenolkarbon kislotalar yig’indisi kukun-poroshok yoki tabletka holida chiqariladi). preparat tibbiyotda o’t haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Mahsulot jigar kasalliklarida (xoletsistit, gepatit va boshqalar) ishlatiladigan choyyig’malar va Zdrenko yig’masi tarkibiga kiradi.
Oddiy bo’ymodaron - Achillea Millefolium L. astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi. Ko’p yillik bo’yi 20—50 (bahzan 80) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo’lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan 96 ildizoldi barglar va poyalar o’sib chiqadi. poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo’lib, ular qalqonsimon gul to’plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari savatchaga to’plangan. Savatchalar o’z navbatida qalqonsimon to’p gulni tashkil etadi. Mevasi — yassi, tuxumsimon, kulrang pista. Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi avgustdan boshlab yetiladi.
Geografik tarqalishi. O’simlik keng tarqalgan bo’lib, o’rmon, o’rmon-cho’l va cho’l hududlarida hamda tog’li tumanlarda (tog’ etaklaridagi tekisliklarda, tog’ yonbag’irlarda) ochiq yalangliklarda va quruq o’tloqlar, qirlar, yo’l yoqalari, o’rmon chetlari va boshqa yerlarda o’sadi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin, K va C vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin, as’aragin, smola, oshlovchi, achchiq (‘roxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida 1—4% gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida ‘roxamazulendan hosil bo’ladi), tuyon, kamfora, borneol, kariofillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor. Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari mehda-ichak (mehda yarasi va gastrit hamda shilliq qavatning yallig’lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to’xtatish uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi kukuni ( poroshogi). Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini to’xtatish uchun va mehda-ichak kasalliklarida ishlatiladigan yig’malar — choylar tarkibiga kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |