Arpabodiyon soyabonguldoshlar - Ariaseaye oilasiga, Anisum vulgare Sayegtn avlodiga va turiga mansub bo‘lgan bir yillik o‘simlik. Mevasida 1,5-3,5% efir moyi bo‘ladi, tarkibida 80%gacha anetol spirti bo‘ladi. Moyi tabobatda, likyor, spirt va qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Urug‘ida 16-20 % texnik moy xam bo‘ladi, u sovun qaynatishda qo‘llaniladi. Kunjarasi yuqori tuyimli ozuqa xisoblanadi. Arpabodiyon asal beruvchi o‘simlik.
Arpabodiyon keng tarqalgan o‘simlik, mingta mevasining vazni 3,5-4,0 g. bo‘ladi. O‘sish davri 120-130 kun. Hosildorligi 1 gektardan 0,5-1,5 t urug‘ olingan. O‘sish sharoitiga talabchan, tuproq toza va unumdor bo‘lishi kerak.
Erta bahorda yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab (45-60sm) eqiladi. Yoppasiga qatorlab ekilganda gektariga 5 mln. dona urug‘ eqiladi, keng qatorlab ekilganda 2,5-3,0 mln.dona eqiladi. Albatta o‘tok qilinadi, bunda kashnich aralashgan bo‘lsa u xam yo‘q qilinadi. Arpabodiyon bir tekisda yetilmaydi. Gulto‘plamining o‘rta kismidagi mevalari yetilganda hosil yig‘iladi. Saqlanadigan urug‘ namligi 12%dan yuqori bo‘lmasligi talab qilinadi.
Yalpiz (Menta piperita L.) labguldoshlar oilasiga mansub ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik. Yalpiz tarkibida 1,5-5,3 % efir moyi bo‘lgan barglari uchun ekiladi, bu moy asosan qimmatli xushbo‘y modda mentoldan iborat. Yalpiz moyi meditsinada, parfyumeriyada konditer sanoatida va likyor aroq ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yalpizning quruq barg hosili gektariga 8-10 s.ni tashkil etadi. Yalpizning ildizpoyasi tuproqqa 5-6 sm. chuqur kirib boradi. Poyasi tik o‘sadi, sershox, bo‘yi 80 sm gacha yetadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, mayda, cho‘ziq, oval-lentasimon, cheti o‘tkir arra tishli. Barg tomirlari bo‘ylab juda ko‘p bezchalar joylashgan bo‘lib, ularda efir moyi hosil bo‘ladi. Gulining ko‘pchiligi urg‘ochi gullardan iborat, mayda och pushti, to‘p-to‘p bo‘lib boshoqsimon siyrak tupgo‘lida joylashgan. Yalpiz yaxshi gullashiga qaramay urug‘ hosil qilmaydi. Shunga ko‘ra u poyasidan ko‘paytiriladi.
Yalpiz issiqqa kam talabchan o‘simlik. qor qoplami yupqa bo‘lganda usti yopilmasa ham qishdan yaxshi chiqadi. Ildiz poyasidagi kurtaklari 2-3%da una boshlaydi. Yosh novdalari 60 S sovuqqa bemalol chidaydi.
Yalpiz yorug‘likka talabchan. O‘simliklari soyalanib qolsa, hosili va tarkibidagi efirmoyi ham kamayib ketadi. Yalpiz namsevar o‘simlik. Tuproqning dala nam sig‘imi 80% bo‘lganda yer usti massasi juda avj olib rivojlanadi. Yalpiz pastliklardagi unumdor tuproqli yerlarda yaxshi yetiladi. Almashlab ekishda yalpiz kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtiriladi yoki maxsus maydonlarga ekiladi. Unga gektar boshiga 15-20 tonnadan go‘ng va azot 45-60 kg, fosfor, kaliy 45-60 kg dan gektariga solinadi. Yer 25-27 sm chuqurlikda kuzda shudgorlanadi, erta bahorda boronalanadi va kultivatsiyadan so‘ng yana boronalanadi. Yalpiz ildizpoyasi erta bahorda SKM-3 markali maxsus ko‘chat o‘tkazgich mashinada qatorlab, qator orasi 45 sm va ildizpoyalar orasi 10-12 sm kilib ekiladi. Ekish meyori gektariga 5-8 kg. Ildizpoyalarni ekish chuqurligi 7-8 sm. Yalpiz ekilgan maydonlarni parvarish kilish ishlari baxorgi boronalashdan qator oralari 4-5 marta ishlashdan va 1-2 kultivatsiyada mineral o‘g‘itlar (M,R,K) gektariga 30 kg dan beriladi. Yalpiz gullash fazasida kayta jihozlangan o‘rish mashinalarida o‘rib olinadi. Bu davrda undan eng ko‘p barg hosili olinadi, uning tarkibida efirmoyi xam juda mo‘l bo‘ladi. O‘rilgan yalpiz uyumda bir oz so‘litiladi va keyin yaxshilab quritish uchun bostirmaga tashib keltiriladi. U yerda o‘simlikning barglari poyasidan ajratiladi. Bu ish maxsus mashina yoki molotilkada bajariladi. Yalpizning namligi ko‘pi bilan 11% bo‘lgan quruq barglari qayta ishlash uchun topshiriladi.
Mavrak – Salvia sclarea L. labguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Mavrakdan olinadigan efirmoyi upa elik sanoatida va vinochilikda ko‘p ishlatiladi. Bu moy uning to‘pguli tarkibida 0,24-0,35% gacha bo‘ladi. To‘pgullarining hosili gektariga 3-4 s.ni tashkil etadi.
Mavrak poyasi sershox, to‘rt qirrali, bo‘yi 100-120 sm.gacha bo‘ladi barglari qarama-qarshi joylashgan. Guli och pushti binafsha rang yoki och-kuk gultojli bo‘lib, yarim doiraga yig‘ilgan. Ular o‘simlik shoxlari uchida to‘pgul-shingil hosil qiladi. Mevasi yuzasi silliq bo‘lgan to‘rttadan yong‘oqchadan iborat. Mavrak issiqqa va namga unchalik talabchan emas. Urug‘i 10-12 kunda una boshlaydi, maysalari 60 C sovuqqa chidaydi katta yoshdagi o‘simligi qurg‘oqchilikka chidamli bo‘ladi. Mavrak yorug‘sevar o‘simlik. Unumdor va strukturali tuproqli yerlar uning uchun eng yaxshi yer hisoblanadi. Mavrak uchun almashlab ekishga kirmaydigan maxsus maydon ajratiladi, bu yerga u 2-3 yil davomida ekiladi. Birinchi yili u to‘pbarg hosil qiladi, ikkinchi yili poya chiqaradi, to‘pgul va meva hosil qiladi.
Mavrak organik va mineral o‘g‘itlarga nisbatan talabchan. Uning har gektariga 20 tonnadan go‘ng va mineral o‘g‘itlar azot 30-40 kg,fosfor 40-60 kg, kaliy 40 kg gektariga solinadi. Mavrak ekiladigan maydonlar 25-30 sm. chuqurlikda haydaladi va kultivatsiya hamda borona qilinadi. Mavrak kech kuzda qator orasi 45-60 sm.dan qilib keng qatorlab ekiladi. Urug‘ ekish meyori gektariga 7 kg. Ekish chuqurligi 2-3 sm. 1000 dona urug‘ining vazni 3-4 gramm. Ekinni parvarish qilish ishlari, ya’ni maysa chiqarishi bilan boronalashdan va qator oralarini 3-4 marta yumshatishdan iborat. To‘pguli tarkibidagi efirmoyi miqdori 0,10-0,12% ga yetganda SK-4 markali kombaynda o‘riladi. Buning uchun gullash fazasi boshlangandan to‘pgullarni analiz qilib boriladi. Hosilni yig‘ib olishning eng maqbul muddati eng pastki to‘pgullar urug‘ining qo‘ng‘ir tusga kirishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |