Tilshunoslik nazariyasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/71
Sana16.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#378610
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi (1)

Tovushlarning  almashuvi.  YUqoridagi  tovushlar  almashuvi  ikki  yoki  undan  ortiq  tiUarda 

uchraydi.  Bir tildagi so‘zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro‘y beradi.  Bunday 

tovushlar  almashuvi  alternatsiya  deb  ham  yuritiladi.  Almashinuvchi  tovushlarni  esa,  alternantlar 

deyiladi.  Tovushlar  almashinuvining  turli  morfe-malardagi  xususiyatlarini  morfonologiya 

o‘rganadi.  

Tovushlarning almashinuvi ikki xil bo‘ladi: fonetik (pozitsion) va ta-rixiy. Fonetik almashuv 

deb  tilning  hozirgi  talaffuz  normasiga  asosan  ro‘y  beravchi  alternatsiyaga  aytiladi.  Bunday 

almashuv tovushlarning o‘rniga bo

ғ

liq bo‘lib, ma`lum holatda uchraydi. 



1.CHet  tilidan  o‘tgan  so‘zlarning  bunday  berilishi  transliteratsiya  deyiladi.    Bu  haqda 

keyinroq to‘xtaladi. Masalan: sez - seskanmoq, uyqu - uy



ғ

onmoq, sariq - sar

ғ

aymoq, bilak - bilagi 

kabi.  Tovushlar  almashuvi  slavyan  tillarida,  ayniqsa  rus  tilida  juda  ko‘p  uchraydi.  Masalan,  rus 

tilidagi  ot  -  prefiksi  sakkiz  xil  talaffuz  qilinadi:  otpusk  (otpusk),  otzov  (odzuf),  otxod  (atxot). 

otgadat’  (adgadat),  ottesnit’  (attisnit),  otsepit’  (atsepit),  ottepel’  (olttepel),  otdelit’  (atdelit)

Ularning  har  biri  fonetik  holatiga  bo

ғ

liq:  yumshoq  undosh  (f),  (d)  undoshlaridan  oldin  keladi: 



affrikatlar  (s)  dan  oldin,  (o)  ur

ғ

uli  holatda,  (a)  ur



ғ

usiz  holatda  va  hokazo  [Bulanin  L.  L.  Fonetika 

sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 129]. 

Ingliz  tilida  ham  yuqoridagiga  o‘xshash  tovushlar  almashuvi  kuzatiladi.  Masalan,  otlardagi 

ko‘plik  qo‘shimchasi  -s  otning  birlik  shaklida  u  tamomlangan  undosh  yoki  unli  tovushning 

artikulyatsion-akustik  xususiyatiga  ko‘ra  har  xil  talaffuz  etiladi:  jarangsiz  undoshdan  keyin  /s/, 

sir

ғ

aluvchi undoshlardan keyin /-iz/ va jarangli tovushga tugagan so‘zlarda /z/ talaffuz etiladi maps 



/mepiz/  -  "xaritalar",  box  /bokiz/  -  "qutilar",  beds  /bedz/  "krovatlar"  kabi.  Bu  tovush 

almashinuvlarida assimila-tsiya muhim ahamiyatga ega. 

Ba`zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla-nishi mumkin. SHu sababli ularni 

tarixiy  tovush  almashinuvlari  deyiladi.  O‘zbek  tilidagi  ba`zi  affikslar  tarixiy  jihatdan  har  xil 




 

 

18



bo‘lgan: -gil, -

ғ

il, -qil, -kil, -gali, -

ғ

ali, -kali, -qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-

q tovushlari almashinuvi ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan alternatsiyaga kiradi. 

Rus  tilidagi  k-ch  tovush  almashinuvi  (masalan,  ruka-ruchka  so‘zlarida)  undoshlardan  keyin 

kelgan  til  oldi  unlisining  ta`siri-da  bo‘lgan.  Aslida  sifatlarning  suffiksi  -`n  bo‘lgan.  Ruch-  fonetik 

holatiga  bo

ғ

liq  bo‘lmay  qolgan  va  k-ch  almashinuvi  pozitsion  bo



ғ

liqlikdan  chiqib,  tarixiy  bo‘lib 

qolgan.  SHu  sababli  uni  hozirgi  rus  adabiy  tili  talaffuz  normasi  yordamida  tushuntirish  mumkin 

emas [Bulanin L. L. Fonetika sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 132-133].  

Ingliz  tilida  so‘zlarning  o‘zagida  kelgan  unlilarning  almashuvi  birqancha  feql  shakllarini 

yasashda qo‘llanadi va tarixiy assimilatsiyaga misol bo‘la oladi: /i: /e/ e/ - feed, fed, fed - "boqmoq" 

(/i:  /e/  e/  —  feed,  fed,  fed  —  "boqmoq"),  /i:  /l/  /l/  -  vin,  von,  von  (win,  won,  won)  -  "yutmoq 

(o‘yinni)" kabi. 

Tovushlar  almashuvi  natijasida  so‘z  turkumlari,  so‘zlarning  grammatik  shakllari  va 

boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy tilga xos bo‘lmay, balki shevalarda 

juda  ko‘p  uchraydi.  Xususan,  a/  e,  i  /e  tovushlar  almashuvi  turkiy  tillari  shevalarida  otlarning 

ko‘plik  affikslarida  uchraydi.  O‘zbek  tili  va  uning  shevalarida  bunday  tovush  almashuvi 

quyidagicha bo‘ladi: adabiy tilda: otlar - itlar; o‘zbek shevalarida: atlar - iytlar / iytlar, atlar - itlar 

/itler, etler; qozoq tilida: attar - iytter

Fonetik  va  tarixiy  almashuvlari  o‘rtasidagi  o‘xshashlik  ularning  har  ikkisi  ham  morfologik 

funksiyani  bajarishida  ko‘rinadi.  Biroq  fonetik  tovush  almashuvi  tilning  hozirgi  talaffuz  normasi 

bilan bogiiq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday xususiyatga ega emas. 

 

5-ma`ruza: FONOLOGIK NAZARIYALAR 



 

R e j a: 

1.Fonologiyaning o‘rganish ob`ekti, vazifalari.  

2.Fonologik nazariyalar va fonologik tasnif metodlari.  

3.Fonologik oppozitsiyalarning tasnifi.  

4.Fonologiyada distributiv metodning qo‘llanilishi.  

5.Fonotaktika.  

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish