So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. So‘zni tashkil
etuvchi tovushlar predmetning qiyofasi bo‘lmay, uning ishorasidir. Narsa ishorasi bo‘lmish
so‘zning tovushlar yi
ғ
indisi - shartli va ixtiyoriy emas. Unga odamlar tashqaridan o‘z hohish
irodalariga qarab ta`sir o‘tkaza olmaydilar.
B.A.Golovinning ushbu gapi diqqatga sazovordir: «Kishilarnig ongida ham so‘zning, ham
narsaning fizik va moddiy tuzilishi aks etadi. Demak, narsa bilan so‘zning qiyofasi bizning
ongimizda birlashib bir butunlikni tashkil etadi».
So‘zning fizik qiyofasi bilan u anglatgan narsaning fizik qiyofasi o‘rtasidagi bo
ғ
lanish
birligini ma`no deb ataymiz.
Demak, ma`no borliqdagi predmetni aks ettiradi, so‘zning moddiy tomoni esa predmetning
ishorasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon tilshunosligida so‘zning ma`nosini signifikat atamasi bilan so‘z
anglatayotgan hodisani esa denotat atamasi orqali ifodalanadi.
SHunday qilib, so‘zlar bir-biri bilan bo
ғ
langan uch jihat: shakl, narsa (hodisa) va
mazmundan tashkil topadi.
So‘z va u atagan narsa o‘rtasida bevosita bo
ғ
lanish yo‘q. Hozirgi zamon fanining xulosasi
shu. Qadimgi YUnonistondagi oqimlar - anologistlar bor degan, anomalistlar - yo‘q degan.
So‘z va tushuncha. So‘zning leksik -semantik xususiyatlari uning leksik, grammatik va
semantik jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
YUqorida ta`kidlanganidek, qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor deb
qarash ham mavjud edi.
So‘zning aytilishi bilan predmet yoki hodisa o‘rtasidagi bo
ғ
lanish uning ma`nosini yuzaga
chiqaradi.
So‘zlar aslida turli struktural ko‘rinishlarga egadir. SHu tufayli so‘zning predmet va
tushuncha bilan bo
ғ
lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. CHunki barcha so‘zlar ham predmet,
hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya`ni hamma so‘zlar nominativ funktsiyaga ega emas.
(So‘z turkumlari bo‘yicha qaraganda ma`lum bo‘ladi).
So‘z ma`lum nutq vaziyatida yoki matnda o‘zining konkret shakliga ega bo‘ladi.
So‘z biror tushuncha, predmet, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va
predmetning aynan o‘ziga hech to‘
ғ
ri kelmaydi.
Ayrim olingan so‘zga tegishli bo‘lib, boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi ma`no shu so‘zning
leksik ma`nosi deyiladi. O‘z leksik ma`nosidan tashqari predmetlik va harakat ma`nolarini ifoda
qilinishi grammatik ma`nosidir. Grammatik ma`no so‘zning leksik ma`nosiga orttirilgan
qo‘shimcha ma`nodir.
Barcha so‘zlar o‘z aytilishi, ya`ni tovushlar birikmasi yoki bir tovushdan iborat bo‘lgan
material tomoniga ega. So‘zning material tomoni u ifoda etgan predmetning belgisi deb qaraladi.
Til esa ana shunday belgilarning alohida tizimidir.
Tilning mazmun planida so‘zning asosiy ma`nosi semema termini bilan ataladi, ifoda
planida esa leksema deb yuritiladi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq
so‘zlari turli leksemalar bo‘lib, «harakat qilmoq»ni ko‘rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo
bu so‘zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so‘zning ma`nosini boshqa so‘zlardan
farqlash uchun xizmat qiladi. Semalar predmet va hodisalarga tegishli bo‘lgan ichki va tashqi
belgilar yordamida aniqlanadi va ular nutq jarayonida oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |