Tilshunoslik nazariyasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/71
Sana16.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#378610
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi (1)

Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik 

hodisalardan  biri  bo‘lib,  talaffuz  iqtisodi  bilan  uzviy  bo

ғ

liqdir.  Akkomodatsiya  uch  turli  bo‘ladi. 



Keyingi  tovushning  ekskursiyasi  o‘zidan  oldin  kelgan  tovushning  rekursiyasiga  moslashsa, 

progressiv  akkomodatsiya  deyiladi.  Aksincha,  agar  oldingi  tovushning  rekursiyasi  keyingi 

tovushning  ekskursiyasiga  moslashsa,  regressiv  assimilatsiya  deb  ataladi.  Qo‘shni  kelgan 

tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning  artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya 

deyiladi.  Akkomodatsiya  unlilarning  undoshlarga  va  undoshlarning  unlilarga  moslashuvida  ro‘y 

berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, 



ғ

, q) keyin til oldi unlilari 

(i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa 

unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi 

bu  xususiyat  progressiv  akkomodasiyaga  misol  bo‘la  oladi.  Unli  tovushlar  burun  undoshlaridan 

oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la 

progressiv  va  regressiv  akkomodatsiya  kuzatiladi,  chunki  ikki  burun  undoshi  orasidagi  unli 



nazalizatsiya qilinadi.  

Rus,  mordva,  chuvash,  nemis  va  fransuz  tillarida  til  oldi  unlilaridan  oldin  undoshlar 

palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostn

ғ

e obosnovaniya v komparativistike. M., 



Nauka,  1974,  s.  142]1,  ya`ni  regressiv  akkomodatsiyaga  uchraydi.  Ba`zi  tillarda  esa,  til  orqa 

unlilaridan  keyin  undoshlar  velyarizatsiya  qilinadi,  ya`ni  tilning  orqa  qismi  orqaga  yoki  yumshoq 

tanglayga  tomon  yo‘naladi  va  undoshning  ton  va  shovqini  pasayib  qattiq  talaffuz  etiladi. 

Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan 

esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya 

hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, 



qarta,  mingta,  kamchil  so‘zlaridagi  undosh  birikmalarning  har  ikki  elementi  bir-biriga  ta`sir  qilib, 

jarangsiz  undoshlar  sonorlarni  qisman  jarangsizlashtiradi  va  o‘z  navbatida,  sonorlar  ham  jarangsiz 

undoshlarda  ovoz  tonini  kuchaytirib,  shovqinni  pasaytiradi.  Bu  hodisa  o‘zaro  akkomodatsiyaga 

misoldir. 

Akkomodatsiya  tovushlarning  hosil  bo‘lishi  o‘rni  va  usuli,  labning  holati  va  tovush 

paychalarining  tebranishi  va  yaxshi  tebranmasligiga  ko‘ra  moslashuv  orqali  amalga  oshiriladi. 

Nutqdagi  barcha  tovushlar  bir-biri  bilan  artikulatsiya  fazalari  orqali  bo

ғ

lanadi  va  bu  artikulatsiya 




 

 

16



strukturasini  tashkil  etadi.  Tovushlar  o‘rtasidagi  bo

ғ

lanishning  artikulatsiya  strukturasini  chuqur 



o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi. 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish