4. Kushit tillari tarmog‘i:
(Shimoliy-Sharqiy va Sharqiy Afrika tillari)
1) badaviy tili – Sudanning shimoli-sharqi va Efiopiyaning shimoli va shimoli-sharqidagi til;
2) agav tili – Efiopiyaning shimoli va shimoli-g‘arbidagi til;
3) sidamo tili – Efiopiyaning janubi-g‘arbidagi til;
4) afar-saxo tillari – Efiopiyaning shimoli-sharqidagi til;
5) somali tili – Somalidagi, Efiopiya sharqi va Keniyaning shimoli-g‘arbidagi til;
6) oromo tili – Efiopiyadagi oromo xalqi tili;
7) irakv tili.
5. Chad tillari tarmog‘i:
(Markaziy Afrika va G‘arbiy-Markaziy Afrika tillari)
xausa tili - G‘arbiy Chad tillariga kiradi;
gvandara, ngizim, boleva, karekare, angas, sura kabi tillar - G‘arbiy Chad tillariga kiruvchi boshqa tillar sifatida qaraladi;
tera, margi, mandara, kotoko kabi tillar – Markaziy Chad tilariga kiradi;
4) mubi, sokoro tillari – Sharqiy Chad tillariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |