67
sintaktik aloqalarning uzilishi, buzilishidan iboratligini aytadi.
121
Hamonki,
“separatizatsiya”ning mohiyati gapga xos bo‘lgan sintaktik aloqalarning
buzilishidan iborat ekan, uni ilova konstruksiyalar bilan tenglashtirib
bo‘lmaydi. Chunki “ilova”da keyin qo‘shilganlik ta’kidi hamisha mavjud,
ya’ni oldin tayyor gap bor, keyin unga qo‘shimcha qilib, boshqa tuzilma
tirkaladi. Separatizatsiyada esa mohiyatan muayyan sintaktik tuzilmaning
mavjudligi, ayni shu tuzilmaning o‘zini qismlarga ajratish nazarda tutiladi.
Boshqacha qilib aytganda, separatizatsiya butunni qismlarga ajratish, ilova
esa muayyan butunga boshqa qismni qo‘shishdan iborat hodisalardir. Ana shu
ma’noda separatizatsiya parsellyasiyani o‘z ichiga oladi.
Gapning nutqiy bo‘laklanishi nemis tilining E.I.Shendels, E.Rizel kabi
yana boshqa tadqiqotchilari tomonidan “izolyasiya” termini ostida ham
o‘rganilgan. Bunda, albatta, muayyan gapdan ma’lum bir qismni ajratib
alohidalashga
urg‘u
berilgan.
Shubhasizki,
bunday
alohidalash
parsellyasiyaning mohiyatiga ham xosdir.
Gapni nutqda muayyan qismlarga – segmentlarga ajratish hodisasi
tilshunoslikda “segmentatsiya” nomi bilan ham yuritiladi. Sh.Ballidan
boshlangan segmentatsiya nazariyasi
122
turli tilshunoslar tomonidan
rivojlantirildi, bu hodisaning matnni ekspressiv bo‘laklash, ekspressiv
konstruksiyalarni shakllantirish va shu asosda tegishli birliklarning mantiqiy
va poetik aktuallashtirish uchun juda katta imkoniyatlar manbai ekanligi turli
tillar materiallarida tahlil etildi.
123
Tabiiyki, segmentatsiya deyiladigan bu
nutqiy hodisa turli-tuman kommunikatsiya jarayonlarida so‘zlovchining u
yoki bu estetik maqsadiga uyg‘un holatda xilma-xil ko‘rinishlarga ega
bo‘ladi,
124
albatta, parsellyasiyani ham segmentatsiyaning ana shunday
ko‘rinishlaridan biri deb qarash mumkin.
Rus tilshunosi N.Y.Shvedova gapning yuqoridagi kabi nutqiy
bo‘laklanishi hodisasini “sintagmalar aktualizatsiyasi” deb nomlaydi.
Uningcha, sintagmalarni ta’kidli pozitsiyaga chiqarish, ya’ni muayyan
sintagmalarni gapning yo boshiga, yoki oxiriga chiqarish yo‘li bilan
sintagmalar aktualizatsiyasi voqe bo‘ladi.
125
U shunday yozadi: “Eng
ta’sirchan usul sintagmani alohida gaplarni ajratishga xizmat qiladigan pauza
bilan ajratib, gap oxiriga chiqarishdir. Bunday ajratib olish ayni sintagmaga
nisbiy mustaqil ma’no beradi. Bu hodisa ... nutqni ekspressiv maqsadda
121
Адмони В.Г. Синтаксис современного немецкого языка. –Л.: Наука, 1973. –С.354-355.
122
Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. –М., 1955. –С. 75.
123
Акимова Г.Н. Новое в синтаксисе современного русского языка. –М.: Высшая школа, 1990. –
С. 87-92.
124
Рогожникова Р.П. О соотносительных конструкциях простого и сложного предложения,
построенных по принципу сегментации // Мысли о современном русском языке. –М.: Просвещение,
1969.-С.118 – 125;
Долинина К.А. Стилистика французского языка. –Л.: Просвещение, 1978. –С. 191-
195.
125
Do'stlaringiz bilan baham: