Tili va adabiyoti universiteti


Haydar  amakimning  qizini.  Qo‘lingizdan  kelsa!



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

Haydar  amakimning  qizini.  Qo‘lingizdan  kelsa!  tarzidagi  uchta  jumla  bir 
parsellyativ  konstruksiyani  tashkil  etgan.  Odatda,  parsellyatni  asosiy  gap 
tarkibiga  (gap  strukturasidan  “uzib”  olingani  bois)  osongina  qayta  kiritish, 
ya’ni 
deparsellyasiyalash 
mumkin 
bo‘ladi. 
Mazkur 
parsellyativ 
konstruksiyaning 
deparsellyativ 
shakli 
Qo‘lingizdan  kelsa,  Haydar 
amakimning qizi Munirani olib bering tarzidagi bitta qo‘shma gapdir. Ammo 
bu qo‘shma gapda fikr oqimidagi muayyan qismlarning alohida ta’kidlanishi, 
ekspressiv-emfatik urg‘u olishi mavjud emas. Ayni paytda jonli so‘zlashuvga 
xos  “erkin”  sintaktik-kommunikativ  struktura  ham  ko‘zga  tashlanmaydi. 
Parsellyasiya  natijasida  ayni  shu  bir  qo‘shma  gap  uchta  alohida-alohida 
kommunikativ  birlik  –  jumla  maqomini  olgan.  Asosiy  gapdan  tashqariga, 
ya’ni  emfatik  pozitsiyaga  chiqarilishi  oqibatida  Haydar  amakimning  qizini 
shaklidagi to‘ldiruvchi va Qo‘lingizdan kelsa shaklidagi gap kuchli mantiqiy-
ekspressiv ta’kid olgan, poetik aktuallik kasb etgan.  Tabiiyki, og‘zaki nutqda 
qat’iy,  “bir  chiziqli”,  standart  konstruksiyalarga  nisbatan  kam  murojaat 
qilinadi.  Og‘zaki  nutq  kutilmaganlik,  nostandartlik  xususiyatlariga  egaligi 
bilan  diqqatga  molikdir.  Mazkur  parsellyativ  konstruksiya  keltirilgan 
parchada ana shunday og‘zaki nutq tasavvurining yuzaga kelishiga ham to‘la 
imkoniyat yaratgan. Aytish joizki, badiiy matnda yozuvchi ayni og‘zaki nutq 
tasavvurini  tug‘dirish  uchun  ancha  mehnat  qiladi,  ya’ni  og‘zaki  nutqdagi 
 
          
129
  Лаптева О.А. Русский разговорный синтаксис. –М.: Наука, 1976. -С. 264. 


 
71 
tayyorgarliksiz,  spontan  jumlani  yaratish  uchun  yozuvchi  jiddiy  tayyorgarlik 
qiladi,  o‘ylanadi,  og‘zaki  nutqdagi  eng  maqbul  modelni  tanlaydi  va  unga 
ishlov beradi.
130
  
Bu  o‘rinda  shuni  ham  alohida  ta’kidlab  o‘tmoq  joizki,  shu  birgina 
misol  tahlilidan  ham  ko‘rinib  turganiday,  parsellyasiya  stilistik,  umuman, 
poetik  polifunksionallik  xarakteriga  ham  ega.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
parsellyasiya, bir tomondan, emfatik ta’kid, nisbiy kommunikativ mustaqillik, 
shu  asosda  xilma-xil  emotsional  holatlarning,  quyuq  va  rang-barang 
ekspressiyalarning  ifodalanishiga  xizmat  qilsa,  ikkinchi  tomondan,  badiiy 
matn  tiliga,  xususan,  personajlar  nutqiga  jonli  so‘zlashuv  ottenkalarini,  tirik 
nutq bo‘yog‘ini berishga ham ko‘maklashadi.    
Umuman,  har  qanday  “so‘z  yoki  boshqa  birlikning  badiiy  matndagi 
poetik,  estetik  qimmatini  baholash  uchun  matndan  uzib  olingan  kichik  bir 
parcha  etarli  emasligi  yanada  oydin  bo‘ladi.”
131
  Shuning  uchun  parsellyativ 
konstruksiyalar mohiyatini ochishda ham badiiy matnni yaxlit estetik butunlik 
sifatida idrok etish maqsadga muvofiqdir. Ma’lum bir asardan olingan misol 
tahlili  jarayonida  ham  ayni  fragmentning  asar  butuniga  aloqadorligi  nazarda 
tutilmog‘i lozim. Chunki nega aynan shu tarzdagi konstruksiya tanlangani bir 
gap  doirasida  aniq  anglashilmaydi.  Buning  uchun  misolni,  albatta,  kattaroq 
kontekst bilan aloqalantirilgan holda idrok etish lozim bo‘ladi.  
Badiiy  matnning  lisoniy  to‘qimasi  ko‘zdan  kechirilsa,  parsellyativ 
konstruksiyalarning alohida estetik maqsadlar ifodasi uchun qo‘llanishi o‘ziga 
xos  qonuniyat  darajasiga  ko‘tarilganligiga  guvoh  bo‘lish  mumkin. 
Parsellyasiyada adabiy me’yor talablariga muvofiq shakllangan gap muayyan 
estetik  maqsadlar  asosida  qayta  tartiblanadi.  Bu  tarzdagi  “qayta  tartiblash” 
faqatgina badiiy asar matni uchun xos hodisadir. CHunki badiiy asardagi har 
qanday nutq ko‘rinishi bevosita muallifning badiiy-estetik g‘oyasiga muvofiq 
shakllantiriladi.    Masalan:  Ochil  buvaga  u  doim  tirikday,  qadrdon 
suhbatdoshday  tuyuladi. Dono  suhbatdosh.  Yoshi allaqachon  mingdan  oshib 
ketgan.  (A.  Muxtor,  “Chinor”)  Parchadagi  birinchi  gap,  aslida,  keyingi 
gaplarni  o‘z  ichiga  olgan  holda  kengayishi  mumkin.  Ya’ni:  Ochil  buvaga  u 
doim  tirikday,  yoshi  allaqachon  mingdan  oshib  ketgan,  dono,  qadrdon 
suhbatdoshday tuyuladi. Yozuvchi bu tarzdagi ifodaning ta’sir kuchi zaifligini 
yaxshi  bilganligi  bois  mazkur  monologik  nutqni  “parchalashni”  ma’qul 
ko‘radi.  “Parchalangan”  va  “qayta  tartiblangan”  nutq  ko‘rinishida  Ochil 
buvaning  ming  yillik  chinor  daraxti  qarshisidagi  ruhiy  holati  mohirona 
tasvirlangan.  Ikkinchi  va  uchinchi  gap  shaklida  kelgan  parsellyat  chinorning 
shunchaki  bir  daraxt  emas  (doim  tirik,  yoshi  allaqachon  mingdan  oshib 
ketgan,  dono  va  qadrdon  suhbatdosh)ligiga,  qahramon  uchun  nihoyatda 
 
        
130
 Винокур Т.Г. К вопросу о норме в художественной речи // Синтаксис и норма.   –М.: Наука, 
1974. –С. 278. 
        
131
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. –Тошкент: Фан, 2008.–Б.101-102. 


 
72 
ardoqli ekanligiga kitobxonni ishontiradi. Ko‘rinib turganidek, parsellyat gap 
birinchi  gap  tarkibidagi  qaysidir  bo‘lak  mazmunini  kengaytirish  maqsadida 
qo‘llanilmoqda. 
Quyidagi  misolda  ham  shunga  o‘xshash  holatni  kuzatish  mumkin: 
Botayotgan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday charaqladi. Bu haykal 
edi. Bronzadan byust. (A. Muxtor, “Chinor”) Asosiy gap tarkibida ishlatilgan 
bir  nima”ning  “nima,  qanday  narsa  ekanligi”  parsellyat  gap  shaklida 
ta’kidlanmoqda.   
Nemis va o‘zbek tillaridagi parsellyasiyalangan ergash gaplarni qiyosiy 
o‘rgangan  B.Tursunov  ergash  gaplar  parsellyasiyasining  yuzaga  kelishidagi 
mazmuniy-grammatik  omillarni  to‘rt  guruhga  bo‘lib  tadqiq  etgan:  1.Sabab-
izoh mazmunli parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar chunki, negaki, shuning 
uchun, shu tufayli, shu sababli kabi vositalar yordamida shakllanadi. 2.Shart 
mazmunli  parsellyatlar.  Bunday  konstruksiyalar    agar,  bordi-yu  vositalari 
bilan  shakllanadi.  3.O‘xshatish  mazmunini  ifodalovchi  parsellyatlar.  Bunday 
konstruksiyalar  go‘yo,  go‘yoki,  xuddi  o‘xshatish  vositalari  bilan  shakllanadi. 
4.Maqsad  mazmunini  ifodalovchi  parsellyatlar.  Bunday  konstruksiyalar  toki 
vositasi  bilan  shakllanadi.
132
  Shuningdek,  ishda  turli  yordamchi  so‘zlarsiz 
ham  shakllanishi  mumkin  bo‘lgan  parsellyativ  qurilmalar  haqida  nazariy 
ma’lumot  berilgan.  Badiiy  matnda  parsellyasiyaning,  aynan,  mana  shunday 
turi  alohida  lingvopoetik  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Ammo  mazkur  ishda 
bunday qurilmalarning badiiy nutqdagi realizatsiyasi haqida fikr yuritilmagan. 
Tabiiyki,  mazkur  tadqiqotning  asosiy  maqsadi  bu  emas,  balki  parsellyativ 
qurilmalarning  sintaktik  va  semantik  mohiyatini  ikki  noqarindosh  tilda 
qiyosiy  o‘rganishdan iborat bo‘lgan. 
Parsellyasiyani  sof  struktur  sintaksis  nuqtai  nazaridan  o‘rganib 
bo‘lmaydi,  bunday  qilinganda,  maqsad  mavhum  bo‘lib  qoladi.  CHunki 
aksariyat  tilshunoslar  haqli  ravishda  ta’kidlaganlariday,  parsellyasiyaning 
mohiyati  muayyan  sintaktik  strukturani  muayyan  maqsad  bilan  nutqda 
kommunikativ  qayta  bo‘laklash,  sintaktik  strukturadagi  muayyan  qismni 
gapning  oxiriga  alohida  jumla  maqomida  chiqarishdan  iborat.  Bu  borada 
V.A.Beloshapkovaning  gapni  til  birligi,  jumlani  nutq  birligi  sifatida  talqin 
qilgan holda bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Gap va jumlaning 
chegaralari  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmasligi  mumkin.  Bitta  grammatik  struktura 
bir necha alohida xabarlarga bo‘laklanishi mumkin. Bu hodisa “parsellyasiya” 
deb nomlanadi. U badiiy adabiyotda juda keng kuzatiladi.”
133
  
Shuning  uchun  ham  parsellyasiya  hodisasining  kommunikativ  va 
ekspressiv  sintaksisga  daxldorligi  ayni  muammoni  o‘rgangan  deyarli  barcha 
 
         
132
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish