Tili va adabiyoti universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

Шведова Н.Ю. Активные процессы в современном русском языке. –М.: Посвещение, 1966. 
–С. 144. 


 
68 
bo‘laklashning eng keng tarqalgan usullaridan biriga aylangan.” Bu ta’sirchan 
usul esa, albatta, parsellyasiyaning o‘zidir. Yanada aniqroq aytiladigan bo‘lsa, 
parsellyasiya  sintaktik  hodisaning  o‘zini  ifodalaydi,  “sintagmalar 
aktualizatsiyasi”  esa  ayni  hodisa  natijasida  voqelanadigan  poetik-stilistik 
oqibatni ta’kidlaydi. Shuning uchun ham mazkur sintaktik hodisani ifodalash 
uchun  N.Y.Shvedova  tomonidan  qo‘llangan  “sintagmalar  aktualizatsiyasi” 
terminini har jihatdan muvaffaqiyatli deyish qiyin. 
Parsellyasiya  yagona  sintaktik  strukturaning  –  muayyan  gapning  bir 
necha kommunikativ mustaqil birliklar, ya’ni jumlalar tarzida nutqiy tasavvur 
qilish  usuli  sifatida  nutq  universaliyalaridan  biri  ekanligi  –  deyarli  barcha 
tillarga xosligi tilshunoslar tomonidan, yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘p bor 
ta’kidlangan.
126
 Shubhasizki, bu hodisa qanchalik universaliya xarakteriga ega 
bo‘lmasin,  uning  nutqda  voqelanish  mexanizmlari  xilma-xil  bo‘lib,  har  bir 
tilda o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. 
   I.Toshaliyev  zikr  qilingan  o‘quv  qo‘llanmasining  uchinchi  qismida 
parsellyativ  tuzilmalarning  ikki  turi  haqida  atroflicha  ma’lumot  bergan: 
“Parsellyatlarning  sintaktik-sintagmatik  va  asosiy  gapga  bog‘langanlik 
darajasiga qarab ikki turini farqlash mumkin. Birinchisi asosiy gapga mazmun 
va shakl jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan parsellyatlardan iborat bo‘lib, ularni 
asosiy  gapning  tarkibiy  qismi  sifatida  osonlik  bilan  qayta  tiklash  mumkin. 
Ikkinchi  turga  esa  bunday  xususiyatga  ega  bo‘lmagan  nisbatan  mustaqil 
parsellyatlar kiradi. Birinchi turga mansub parsellyatlar, odatda, yo‘l-yo‘lakay 
qo‘shimcha sintagma sifatida yordamchi izoh, tafsilot sifatida yuzaga keladi. 
Ikkinchi  turdagi  parsellyatlar  predikativ  asosni  kengaytirish,  fikrni 
rivojlantirish,  ikkinchi  yo‘nalishdagi  axborotni  (ba’zan  tagmatnni)  bayon 
qilish  vazifasini  o‘taydi.”  Bu  izohlardan  ko‘rinadiki,  olim  ilovalarni  ham 
parsellyasiyaning o‘ziga xos bir ko‘rinishi sifatida talqin qilgan. 
Badiiy  matnning  tuzilish  e’tibori  bilan  nihoyatda  murakkab  hodisa 
ekanligi mutaxassislar tomonidan ko‘p ta’kidlangan: “Badiiy matn badiiy asar 
mazmunini  ifodalagan,  funksional  jihatdan  tugallangan,  tilning  tasvir 
imkoniyatlari  asosida  shakllangan,  o‘zida  turli  uslub  ko‘rinishlarini 
muallifning  badiiy  niyatiga  ko‘ra  erkin  jamlay  oladigan,  tinglovchi  yoki 
o‘quvchiga  estetik  zavq  berish,  ta’sir  etish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  g‘oyat 
murakkab butunlik hisoblanadi.”
127
  
Muallifning  voqelikka  nisbatan  sub’ektiv  munosabatini  ifodalashda, 
qahramon  qiyofasi, ruhiyati va harakat tarzini batafsil tasvirlashda, muayyan 
bir  xabarning  tegishli  jihatlarini  mantiqiy  va  poetik  ta’kidli  ifodalashda, 
qahramonlarning  faoliyat  o‘rni  va  tabiat  manzarasini  atroflicha  tasvirlashda, 
 
          
126
  Алексеенко  И.В.  Парцелляция  как  грамматическая  структура  речи  (на  материале 
произведений  английского  языка):Автореф.  дисс....канд.  филол.  наук.  –М.,  2006.  –С.10;  Ступкина 
М.О.  Парцелляция  в  современном  болгарском  языке  (на  материале  художественной  прозы).  Дис. 
...канд. филол. наук. –Санкт-Петербург, 2008. –С. 10-11. 
         
127
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. –Б.88. 


 
69 
jonli  og‘zaki  nutqqa  xos  xususiyatlarni  tugal  ifodalashda  bunday 
konstruksiyalardan  keng  foydalaniladi.  Shu  ma’noda  parsellyasiyani  badiiy 
matn  doirasida  o‘rganish  har  tomonlama  maqsadga  muvofiq.  “Chunki 
parsellyat  mohiyati  jihatidan  gapning  emas,  balki  bog‘li  nutqning  (katta 
kontekstning) alohida halqasi sifatida namoyon bo‘ladi  – maxsus tuzilmaviy 
mazmunning  qismi  hisoblanadi.  Demak,  pratsellyasiya  gapning,  matnning 
muayyan  nutq  jarayonidagi  funksional  bo‘linishi, kommunikativ  ahamiyatini 
aks  ettiradi.  Matnning  semantik-sintaktik  va  ritmo-melodik  qurilishini 
belgilashda, o‘zgartirishda ishtirok etadi.”  
Mahoratli yozuvchilar o‘z asarlarida parsellyativ tuzilmalardan alohida, 
aniq  maqsadlar  bilan  foydalanadilar.  Badiiy  asardagi  muallif  nutqida 
parsellyasiyaga asoslangan gaplar ifodaning tez, oson va huzurli anglanishiga 
ko‘maklashadi.  Shukur  Holmirzayevning “Tabassum”  hikoyasi  Jalil  akaning 
og‘ir  dardga  yo‘liqishi  tasviri  bilan  boshlanadi:  Jalil  aka  deraza  tagida 
yotardi.  To‘shakda.  Bolishi  baland.  Unga  suyanib‚  boshini  ko‘tarsa‚  bog‘ni 
ko‘radi. O‘zi obod qilgan bog‘ u.   
Mazkur  parcha  beshta  gapdan  tashkil  topgandek  ko‘ringani  bilan, 
aslida,  ikkita  gapning  qayta  tarkiblangan  shaklidir.  Ya’ni:  Jalil  aka  deraza 
tagida, baland bolishli to‘shakda yotibdi. Bolishga suyanib‚ boshini ko‘tarsa, 
o‘zi  obod  qilgan  bog‘ni  ko‘radi.  Yaxlit  gapning  nima  sababdan 
“bo‘laklangan”ligi  haqida  mulohaza  yuritish  orqali  muallif  maqsadining 
mohiyatiga  etish  mumkin.  Hikoyaning  birinchi  jumlasini  o‘qigandayoq, 
bexosdan  etni  junjiktirguvchi  qandaydir  noxush  kayfiyat  uyg‘onadi.  Nega 
aynan  “deraza  tagida  yotibdi”  degan  savolga  javob  izlashga  shoshilamiz. 
Birinchi gap tarkibidan uzib olingan To‘shakda parsellyati o‘sha tushkunlikni 
yanada  quyuqlashtiradi.  To‘shak  so‘zining  mazmunida  kasallikka  ishora 
ma’nosi  ham  yo‘q  emas.  Bu  ma’noni  reallashishida  “to‘shakka  mixlanib 
qolmoq”,  “ko‘rpa-to‘shak  qilib  yotib  olmoq”  kabi  iboralarning  mavjudligi 
sabab  bo‘lgan,  desak  yanglishmaymiz.  Demak,  Jalil  aka  betob!  Dastlabki 
xulosamizni  uchinchi  parsellyat  ham  asoslaydi.  Bolishi  baland!  Nega 
bolishning  balandligi  alohida  gap  shaklida  berilgan?  Aslida,  bu  gap  ham 
avvalgi  gaplar  mohiyatini  teranlashtirishga,  ifoda  ta’sirchanligini 
ta’minlashga  xizmat  qilgan.  Zero  baland  bolish  birikmasi  qaysidir  ma’noda 
bir  joyda  yotaverib,  ko‘p  aziyat  chekkan  bemor  holatini  ham  ifodalaydi. 
To‘rtinchi  gap  tarkibidagi  unga  olmoshi  va  suyanib  so‘z  shakli  o‘zidan 
oldingi va keyingi gaplarni mazmunan zich bog‘lanishini ta’minlaydi. YA’ni 
bolishga  suyanib  boshini  ko‘tarsa,  bog‘ni  ko‘radi.  U  shunchaki  bog‘  emas, 
balki o‘zi obod qilgan bog‘. Oxirgi gapning parsellyat sifatida ajratilishi ham 
ana shu ma’noni ta’kidlaydi.
128
 
 
        
128
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish