Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
 
 
 
 
 
 
Dialektologik atlas shevalar korpusida bazaviy ma’lumotlar ombori sifatida 
Dialectological atlas of the dialects corpus as a basic datebase 
 
Xolova Muyassar Abdulhakimovna
*
*
 
 
Annotation:
This article focuses on the research conducted in the field of linguistic 
geography, focusing on the role of the Kipchak dialect in the Uzbek language, the population of 
the ethnic dialect living in Boysun district, "j" and “y” on the sound dialects Tajik-speaking 
population, bilingual population. 
Key words:
body of dialects, linguistic atlas, Kipchak languages, representatives of 
dialects of Boysun district, structure of phonemes in dialect, interactive maps, phonetic, lexical, 
syntactic and morphological distribution of dialects, phonetic meta-metrics. 
 
 
Shevashunoslikda soʻzlashuv jarayonlarini transkripsion shaklda yozib olish, shevaga oid 
materiallarni izohlash orqali dialektning oʻziga xos xususiyatlarni tadqiq etish, shevalar 
tadqiqotiga bagʻishlangan monografiyalar, lugʻatlar yaratiladi hamda dialektal atlaslar tuziladi. 
Ayni shu jarayon dialektologiyaning lingvistik geografiya bilan kesishgan davridir [A. 
Shermatov. 1981, 7]. 
Dialektologik atlas
– bu biror til yoki dialektga xos xarakterli lingvistik 
xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettirgan albom, kitob shaklida nashr etilgan, sheva 
yoki til hodisalarini kompleks joylashtirgan va ranglar vositasida jilo berilgan, maxsus dastur 
(programma)-sorovnoma asosida tayyorlangan, malum til yoki shevalarga xos xarakterli 
xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettiruvchi lingvistik kartalarning izchil toʻplamidir 
[https://uz.wikipedia.org/wiki/Lingvistik_atlaslar].
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida XX dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari 
yaratildi. Ayni osha davrlardan Germaniya hududida yashovchi mahalliy xalq shevalari yigʻilib, 
lugatlari tuzilgan. “Nemis tili atlasi” (1826-1926 yillar), “Nemis leksikologik atlasi” (Marburg 
*
Termiz davlat universiteti doktoranti,
 
xolovam@tersu.uz
 


466 
Nemis dialektologik instituti); Edmon va Jilyeron tomonidan yaratilgan “Fransuz tili atlasi” (12 
jild, 1902-1912 yillar oraligi); Yud va Yaberg tomonidan nashr etilgan .
Ayni kunga kelib rus tilshunosligida shevaga xos xaritalarni ma’lum bir korpusga 
solinganligining guvohi boʻlishimiz mumkin, ya’ni rus tili dialektologik atlas (sobiq SSSR 
hududi Markaziy Yevropa qismi) korpusi, Rus tili milliy korpusi [https://ruscorpora.ru/new/]ning 
ichki dialektologik korpusi, “Rus qishloq tili” dialektologik atlasi [
http://www.gramota.ru
], 
regional etnolingvistika [
http://www.ethnolex.ru
] kabi korpuslarni tuzish jarayonida barcha 
shevalarning tarkibiy qismlari oʻrganib chiqildi va tuzish ishlari amalga oshirildi. mavjud 
korpuslardan (turkiy tillarga xos bolgan dialektologik korpuslarning yetarli emasligini hisobga 
olgan holda) shevalar boyicha dialektologik atlas tuzishda namuna sifatida foydalanish 
mumkinligini ta’kidlash joiz (bunda, albatta, Oʻzbek tilining agglyutinativ xususiyatlari hisobga 
olinadi). 
Shevaga oid xaritalar:
a) til tizimidagi shevaga xos bolgan hodisalarning mohiyatini ochish uchun xizmat qilishi;
b) lingvistik tadqiqotlarning aniq soha doirasida olib borilishi bilan izohlanishi;
c) aksariyat nutqiy jarayonda kuzatiluvchi malum bir shevaga xos xususiyatlarning hududiy aks 
ettirilishi; 
d)an’anaviy va kundalik-maishiy hayotni ifoda etuvchi leksik birliklarning farqlarini koʻrsarib 
otishi bilan boshqa dialektologik korpuslardan farqlanadi.
Lingvistik geografiya yoʻnalishida Oʻzbek shevalari ustida tadqiq ishlari 1944 yillarda 
boshlandi, yani professor Borovkov tomonidan oʻzbek tilidagi sheva va lahjalarini oʻrganish 
maqsadida belgilangan leksemalar, fonetik, morgologik-sintaktik birliklarga oid savol-javoblar 
aks etgan anketalar tuzildi. Dialektologik xaritalarning hozirgi kunga kelib кorpusga tushirilishi 
qipchoq dialektining tarkibiy bir qismi sifatidagi Boysun shevasi xaritasining asosiy xususiyati:
fonetik, leksik, sintaktik va morfologik sathlarda tarqalish hududini aniq belgilab beradi. 
Yaratilgan qulay va tushunarli interfeys foydalanuvchi tomonidan tadqiqot uchun vaqt sarfining 
tejalishiga olib keladi.
Bir qarashda ushbi dialektologik xarita tuzish uchun ekspeditsiya uyushtirish va 
ma’lumotlar yigish oson, hech qanday tayyorgarlikni, shevashunoslikka doir chuqur 
ma’lumotlarni bilish talab etilmaydigan mashgʻulotga oʻxshaydi. Ammo sheva boyicha 
ma’lumot toʻplayotgan talaba koʻpda ham etnik aholidan tayyorlangan ma’lumotlar bazasining 
shevashumoslikka oid qiymatini bilmasligi mumkin. Bundan tashqari shevaga oid yigʻilayotgan 
materiallarning tarkibiy qismidagi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik jihatlarni toʻlaqonli 
tahlil qila olish koʻnikmasi talab qilinishini koʻzda tutmoq kerak. Sheva yigishni iloji boricha, 
ushbu sohaning malakali vakili olib borgani maqsadga muvofiq, sababi u sheva vakili bilan 
muloqotga kirishishi osonroq amalga oshadi. Tadqiqotchi aholi vakillaridan: “Bu soʻz sizlarda 
nima deyiladi?”, “Bu nima?”, “Qanday pishiriladi?”, “Qanday tayyorlangan?” va hokazo 
savollar orqali shevaga doir tilshunoslikning barcha sathlariga tegishli ma’lumotlar bazasini 
yaratadi.
Interaktiv kartalar bugungi kunda nafaqat dialektologiya, balki tilshunoslikning til tarixi, 
etnografiya kabi sohalarining oldida turgan masalalarga javob topishda yordam beradi. 
Dialektologik atlas oʻz ichiga fonetik, morfologik, leksik, uslubiy va sintaktik tahlil jarayonini 
tezlashtiradi, 
avtomatik 
xulosalash 
tizimi 
vositasida 
tadqiqotchi 
vaqtdan 
yutadi. 
Foydalanuvchiga qulaylik tugʻdirish maqsadida uch bosqich menyuli interfeys ishlab chiqish 
darkor:
1. Tilning sathlararo tanlovi asosida 
-fonetik 
-leksik 
-morfologik 
-sintaktik 


467 
2. Til sathining ichki tanlovi (tilning mos keladigani ichki turini tanlash menyusi) asosida. 
Masalan: morfologik ( ot, sifat, son). 
3. Aniq bir tilga xos bolgan sheva muqobilligi, oxshashligi, nooxshashligi . 
Lingvistik hodisalarning tayanch sozlar va qurilmalarda turli xil vaziyatdagi lingvistik 
hodisalarning oziga xos uygʻunligi shaklida. 
Bunda ortacha 250-300 talar atrofida aniq lingvistik tayanch sozlar, izoglossalar (Yani 
soʻzlar ichida keluvchi belgilangan hodisalarga tayanuvchi) beriladi. Bu fonetik muvofiqlik 
asosida bolishi mumkin. Oʻzbek shevalari fonemalarning tarkibi murakkabdir. Oʻzbek dialektiga 
qarluq-chigil-uygʻur, qipchoq, ogʻuz lahjalari kiradi. Oʻzbek tilshunosligida shevalarning 
fonetik, leksik, grammatik, xususiyatlariga oid T.Yoʻldoshev [Tojikistondagi oʻzbek shevalari 
morfologiyasi (fe’l). 1986], S.Ibragimov [Fargʻona shevalari kasb-hunar leksikasi. 1959], 
Q.Muhammadjonov (Janubiy Qozogʻiston oʻzbek shevalari morfologiyasi. 1983), N.Rajabov 
[Oʻzbek shevalarida fe’lning morfologik tuzilishi. 1990]., Olim X. Doniyorov
[Oʻzbek xalqining 
shajara va shevalari. 1968]
oʻzbek xalqinining shakllanishida qipchoqlar asosiy oʻrinni egallagan 
deb hisoblaydi va Vahobovning fikriga qoʻshilgan holda oʻzbeklar va ularning shevalarining 
yuzaga chiqishining uch guruh ga boʻlib koʻrsatadi [Sanaqulov U., Karimov S. ILM. AXBOR. 
2017. 2-son. ISSN 2091-5446]: 
1.
turk-oʻzbeklar; 
2.
qipchoq-oʻzbeklar; 
3.
oʻgʻuz-oʻzbeklar. 
Qipchoq shevasi qadimgi qipchoq tili tasirida yuzaga kelgan bolib, qipchoq tili - qipchoq 
qabilalari tili hisoblanadi va turkiy tillar guruhiga kiradi. Umumiy dashti qipchoq nomi bilan 
mashhur boʻlgan Yevroosiyo mintaqalarida tarqalgan bu til XIII asrdan boshlab Oltin Oʻrdaning 
oʻzaro muloqoti uchun moljallangan til boʻlgan, vaqt otishi bilan qorachoy-bolqor, tatar, qozoq, 
boshqird, qoraqalpoq kabi tillarning ham asosiga kirib oʻzlasha borgan. Qipchoq tillari oz 
navbatida garbiy va sharqiy tillariga bolinadi. Gʻarbiy va sharqiy qipchoq tillarining oʻziga xos 
farqi 
au
diftongi rivojlanishi hisoblanadi: gʻarbiy qipchoqlarda u saqlangan (tau — 'togʻ', 
masalan, qozoq tilida), sharqiylarda qadimgi darajada "ou"ga oʻzgargan, keyingi tortiluv bilan 
birga (qirgʻizcha too, janubiy oltoycha tuu, shevalarda tou) [https://enc.for.uz/wiki/Qipchoq_tili]. 
Boysun shevasi “j”lovchi vakillarining shevalarida esa aynan garbiy qipchoq tillarida mavjud 
tav-tog shaklida talaffuz etilishini kuzatish mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, xalq shevalarining unlilar tizimida qarluq-chigil-uygur lahjasi 9-
10 mustaqil unli fonema, oguz lahjasi 18 ta [Reshetov V.V., Soabdurahmonov Sh. 1978:21], 
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyat j-lovchi Oʻzbek shevalarida 9-10 fonema mavjudligini aytib 
oʻtadi [Rahimov S. 1985]. S. Ashirboyev esa qarluq-chigil-uygur lahjasidagi dialekt va 
shevalarda 13 ta unli mavjudligini, singarmonizmsiz shevalarda 6-7 ta, singarmonizmli shevalar 
11 ta mustaqil unli fonemaning mavjudligini ta’kidlab oʻtadi [S.Ashirboyev.2016: 15].
Bizning tadqiqot obyektimiz Boysun tumani j-lovchi sheva vakillarining shevalari 
korpusi boʻlganligi tufayli, sheva korpusining fonetik metarazmetkasi uchun quyidagi unlilar 
tizimini oz ichiga olgan fonemalar jadvali tavsiya etiladi [Kholova M.A.,
 
Journal of Critical 
Reviews., Vol 7, Issue 5, 2020., ISSN- 2394-5125]:
1-jadval 
Tilning ishtirokiga 
koʻra 
Til oldi 
Til orqa 
Lablarning 
ishtirokiga koʻra 
lablanmagan 
lablangan 
lablanmagan 
lablangan 
Kirill 
yozuvi 
Lotin 
yozuvi 
Kirill 
yozuvi 
Lotin 
yozuvi 
Kirill 
yozuvi 
Lotin 
yozuvi 
Kirill 
yozuvi 
Lotin 
yozuvi 
Ogʻiz-
ning 
Yuqori 
tor 
И и 
Ъ ъ 
I: i: 
I i 
Ü ü 
Ы ы 
Ь ь 
Ȉ ȉ
Ȉ: ȉ: 
У у 
Ü ü 


468 
ochilish 
darajasiga 
koʻra 
Oʻrta 
keng, 
oʻrta 
tor 
Е е 
Э э
ϵ ϵ 
E e 
ɵ ɵ 
Ö ö 
O o 
O o 
Quyi 
keng 
Ǝ ǝ 
Ä ä 
A a 
A a 
ͻ ͻ 
ā ā 
Shu oʻrinda aytish joizki, nafaqat oliy ta’lim, balki oʻrta maktab oʻquvchilari uchun ham
oʻzbek shevalarning tarqalish oʻrnini koʻrsatadigan, shu bilan birga sheva xususiyatlarini bilan 
koʻproq tanishish imkoniyati beruvchi test hamda shevalar lugʻati ilovasiga ega boʻlgan dialektal 
qiyoslanmaydigan kartalar [A. Shermatov. 1981: 19] ni tuzish yosh avlodni oʻz shevasiga 
boʻlgan qiziqihni kuchaytiradi hamda ona tili sohasiga e’tiborini qaratgan ma’lum bir 
oʻquvchilar qatlamidan aynan tilshunoslikda shevashunos tadqiqotchilarning yetishib chiqishiga 
zamin yaratadi[http://gramota.ru/book/village/].
«Язык русской деревни» (rus qishloq tili) dialektologik xarita maktab oquvchilari uchun 
moʻljallangan bolib, ular uchun noodatiy xaritalaridan biri hisoblanib, unda geografik yoki 
tarixiy xaritalardagi holat kuzatilmaydi, yani bunda tilga oid shevaga mansub birliklar 
tilshunoslikning 3 sathda jami 25 ta xaritani oz ichiga oladi:
1. 
Leksikologiya (1-11 xarita) 11 ta. 
2. 
Fonetika (12-17 xarita) 6 ta. 
3. 
Grammatika (18-25 xarita) (morfologiya+sintaksis) 8ta. 
Shu orinda aytib otish kerakki, “Rus qishloq tili” dialektologik xarita barcha yuqorida 
keltirilib otilgan xaritalarning tuzilishi qishloq hayoti va u bilan bogliq tushunchalarni oz ichiga 
oladi va (masalan: leksik xarita - “yer haydamoq” feli, qishloq yoshlarining kechki bazmlarining 
nomlanishi, qulupnaylarning nomlanishi; fonetik xarita – “i”lovchi va “ya”lovchi hududlar, “g” 
tovushi va “v”tovushi ornida qoʻllanuvchi tovushlar, “ts” tovushi ornida “ch” tovushi ishlatilishi; 
grammatik xarita- kelishiklar bilan bogʻliq xaritalar (dialektnaya forma datelnogo I predlojnogo 
padejey yedinstvennogo chisla sushestvitelnix III skloneniya (v peche, k peche), forma 
tvoritelnogo padeja mnojestvennogo chisla sushestvitelnix I i II skloneniya (za domami, za 
domam)), felning shaxs-son shaklida oʻzgarishi (forma 3-go litsa mnojestvennogo chisla 
glagolov 
II 
spryajeniya 

udareniyam 
na 
osnove 
(lubyat, 
lubyut)))
[http://gramota.ru/book/village/].
Shevashunos tadqiqotchilarning ishlarini bir qadar yengillatish uchun shevadagi til 
hodisalarni bir-biriga solishtirish, qiyoslash-chogʻishtirish imkonini beruvchi dialectal 
birliklarning variativligini koʻrsatuvchi bir qancha interaktiv kartalarni tuzish mumkin. Masalan, 
kuzatishlarimiz shuni koʻrsatadiki, qipchoq shevasiga “j”lovchi shevaga oid shevaga xos 40 ga 
yaqin fonetik xarita, 32 ga yaqin morfologik xarita, kamida 95 ga yaqin leksika [A. Shermatov. 
1981 y.] orqali leksik xarita tuzish mumkin va bu xaritalarni bir korpusga joylab, statistikasini 
keltiradigan boʻlsak, respublikaning har bir hududiga tegishli boʻlgan shevalarga oid til 
birliklaridagi oʻzgarishlarni solishtirish imkoni tezlashadi va bu tadqiqotlarning amalga oshishi 
ham u qadar uzoq vaqtni egallamaydi, shu bilan birgalikda yosh tadqiqotchilarning hech qanday 
kuch va vaqt sarflamay ma’lumot bazalariga kirish uchun yagona baza tuzilar edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Boysun “j”lovchi sheva qipchoq shevasining tarkibiy 
qismi ekanligini hisobga olib birinchi oʻrinda tumanning shevaga xos dialectal atlasi, tuman 
aholisining tilga oid sheva darajasini egallashini 5 qatlam asosida koʻrsatib berish lozim boʻladi:
Mahalla fuqarolar yigʻini
Sheva 
“y”lovchi 
aholi 
“j”lovchi
” aholi 
“y”lovch
i va 
“j”lovchi 
aholi 
Tojik 
tilida 
soʻzlashu
vchi aholi 
Bilingviz
m ta’siri 
(tojik+oʻ
zbek) 


469 
1.
Gaza: a) Gaza; 
b) Diydorkam 
(Otabezori)

2.
Pulhokim 

3.
Dashtigʻoz 

4.
Inkobod 

5.
Duoba (Doʻgʻoba): 
tarkibida Gumatak va 
Qayroq qishloqlari 
“j”lovchilar



6.
Xoʻjayidod 
(Qoʻrgʻoncha) 

7.
Dehibolo 

8.
Oʻrmonchi (Avlod) 

9.
Mehriobod 
10.
Hunarmandlar 

11.
Koʻchkak 
12.
Bogʻiboli 

13.
Koʻlqamish (Kofrun) 

14.
Pasurxi: 
a) 
Pasurxi; 
b)Qoraboʻyin.

15.
Shirinobod 

16.
Bibishirin 

17.
Boshrabot 

18.
Toʻda 

19.
Sayrob 

20.
Munchoq 
Koʻp-roq 
“j”lov-
chi, qis-
man 
“y”lov-
chi 
21.
Chilonzor 

22.
Xoʻjabulgʻon 

23.
Temirdarvoza 

24.
Darband 

25.
Danajom (Dahnaijom) 

26.
Shifobuloq 

27.
Yuqori Machay 
+ (“o”-
lashish) 

28.
Oʻrta Machay 

29.
Qizilnavr 

30.
Tillakamar 

31.
Shoʻrsoy 

32.
Poygaboshi 

33.
Obi 

34.
Kosiblar 

35.
Tuzbozor 

36.
Toqchi



470 
37.
Chorchinor 

38.
Ariqusti 

39.
Mustaqillik 

Prof. S.Rahimov Rabot (hozirda Boshrabot), Pitov, Yomchi, Kofrun, Istara, Toʻda, Istara, 
Xoʻjabulgʻon, Chilonzor, Munchoq, Gʻorjak, Tillakamar, Kallamozor, Xoʻjaulkan, Dashtogʻoz, 
Tangimush, Pudina, Sariqamish, Xomkon, Padang, Besherkak kabi aholi yashovchi punktlarni 
“J”lovchi sheva vakillari ekanligini ta’kidlaydi [Rahimov S. 1985.].
Hozirga kelib, bu hududlarning ayrimlari boshqa tumanlar tarkibiga oʻtkazilganligi, 
xususan: Kallamozor, Xoʻjaulkan, Xomkon-Sherobod tumaniga; Tangimush esa Bandixon 
tumaniga qarashli ekanligini hisobga olsak, shevalarning tadqiqot maydoni qisqarishini eslatib 
qoʻymoq lozim.
Tumanlarga oʻtkazilgan ekspeditstlar, aholi bilan suhbatlar jarayonlarida soʻnggi yillarda 
Boysun tumanida oʻtkazilgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning natijasi oʻlaroq tub aholining 
aloqa-aralashuv, ya’ni soʻzlashuv uslubiga ham nisbatan ta’sirini oʻtkazgan. 
Birinchidan, Boshrabot (ilgari Rabot deb atalgan) MFY hisoblangan aholi yashaydigan 
punktni olsak, qishloqda temiryoʻl qurilishigacha boʻlgan davrda aholining shevasida “jlashish 
kuzatilgan boʻlsa-da, temiryoʻlning Boysun-Termiz-Toshkent yoʻnalishi qoʻyilgandan soʻng shu 
atrofdagi yerlarga Bibishirin, Shirinobod, Avlod kabi tojik tili va oʻzbek tilida teng soʻzlovchi 
(maktablarda oʻzbek tili guruhlarida farzandlarning koʻproq qismi oʻqitilishi ta’sirida) soʻzlovchi 
vakillarining koʻchirilishi aholining “y”lovchi qatlami paydo boʻlishiga olib keldi.
Ikkinchidan, Prof. S.Rahimov Surxondaryoning shimoliy va shimoliy-gʻarbiy… shu 
jumladan, Boysun tumani markazining ikki tilda (tojik+oʻzbek tilida) aralashtirgan holda 
soʻzlashlarini ta’kidlaydi [Rahimov S. 1985: 24]. Ammo vaqt oʻtishi bilan ushbu hududlarda, 
ya’ni Boysun tumani markazida, Poygaboshi, Obi, Kosiblar, Tuzbozor, Toqchi, Chorchinor, 
Ariqusti, Mustaqillik kabi hudud vakillari shevalarida “y”lashish jarayonini kechishi va ushbu 
aholi istiqomat punktlari maydonning kengayishi tuman infrastrukturasining oʻzgarishi, 
ommaviy-axborot vositalari (telefon, internet)dan foydalanish imkoniyatlarining kengligi bilan 
bogʻlash mumkin.
Uchinchidan, Boysunning Xoʻjayidod (Qoʻrgʻoncha), Dehibolo, Hunarmandlar, 
Bogʻboli, Koʻchkak, Pasurxi: a) Pasurxi; b)Qoraboʻyin, Shirinobod, Sayrob, Darband, 
Temirdarvoza kabi qishloqlarida aholining deyarli tojik tilida muloqot qilishini aynan shu 
hududlarda tojik tilida oʻqish imkonini beruvchi oʻrta maktablarning mavjudligi bilan 
tushuntirish mumkin. 
Toʻrtinchidan, Pulhokim, Dashtigʻoz, Inkobod, Duoba (Doʻgʻoba): tarkibida Gumatak va 
Qayroq qishloqlari “j”lovchilar, Koʻlqamish (Kofrun), Toʻda, Chilonzor, Xoʻjabulgʻon, Danajom 
(Dahnaijom), Shifobuloq, Qizilnavr, Tillakamar kabi aholi yashovchi punktlarining aholi 
“j”lovchi sheva vakillari hisoblanib, asosiy tadqiq manbayimiz aynan sheva vakillaring tiliga 
asoslaniladi.
Beshinchidan, muntazam hayot sifatining oʻzgarib borishi nafaqat tuman aholisining 
kundalik maishiy hayotiga, balki tuman aholi yashovchi punktlaridagi kishilarning sheva 
maydonlarining oʻzgarishiga olib kelmoqda
Xulosa.
Hozirda ilm olishning onlayn tizimi joriy qilinayotgan bir paytda interaktiv 
xaritalarning internet bazalarida paydo boʻlishi shevalar tadqiqotida fonetik, leksik, grammatik 
sathlardagi tahlil va tadqiq jarayonlarini tezlashtiradi. Shevashunos olimlarning tadqiqotlarini 
dunyo miqyosiga olib chiqadi va shu bilan birgalikda nafaqat oliy ta’lim, balki oʻrta maktab 
oʻquvchilarning ham shevaga oid ma’lumotlar yaqindan boxabar boʻlishiga zamin boʻlib xizmat 
qiladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish