Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

kompyuter lingvididaktikasi
deb 
nomlanadi.
M.A.Bovtenko 
kompyuter lingvodidaktikasi
ni “til oʻqitish jarayonida kompyuter hamda 
tarmoq texnologiyalaridan foydalanish nazariyasi va amaliyotini 
oʻrganuvchi lingvodidaktika 
sohasi
” deb ta’riflaydi. Olim chet tilini (grammatika, lugʻat, mutaxassislik tili) oʻqitish uchun 
kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga, tilni oʻqitish uchun kompyuter vositalarining sifatini 
baholashga, samarali integratsiya sharoiti, oʻquv jarayonida kompyuter texnologiyasidan 
foydalanishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga katta e’tibor qaratmoqda. Ammo oʻzbek 
lingvodidaktikasida til ta’limida axborot texnologiyalari, ETRni qoʻllash boʻyicha borasidagi 
maxsus tadqiqotlar bizga ma’lum emas. Bizningcha, oʻzbek tilini ona tili hamda xorijiy til 
sifatida oʻqitishda xorij tajribasini qoʻllash orqali ta’limda AT, ETRdan foydalanish ta’lim sifati, 
mazmunida ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. 
K.S.Itinson va YE.V.Rubsovaning fikricha, axborotlashtirish vositalarini tasniflash 
muammosi ta’limni, shu jumladan, rus tilini chet tili sifatida axborotlashtirish jarayonining 
dolzarb vazifasi. Axborotlashtirish vositalarining batafsil tasnifi YUNESKO tomonidan taklif 
etiladi: 
1)
texnik − kompyuter, tarmoq, stansiya, multimedia tizimlari, ma’lumot kiritish/chiqarish 
qurilmasi; 
2)
dasturiy; 
3)
tizimli dasturiy ta’minotni axborotlashtirish: dasturlash tillari, OT, xizmat koʻrsatish 
qobiqlari, hisoblash va axborot muhiti; 
4)
texnologiyani amalga oshirish uchun universal dasturlar: muharrir, jadval, modellashtirish 
vositalari, axborot tili, lugʻat, tasniflagich, tezaurus, xavfsizlik vositalari; 
texnologiyalarni amalga oshirish uchun professional yoʻnaltirilgan dasturiy vositalar: 
nashriyot tizimi, ma’lumotni qayta ishlashni avtomatlashtirish texnologiyasini joriy qilish tizimi, 
sun’iy intellekt tizimi. 
Ta’limni axborotlashtirish vositalari til ta’limi, tilni mustaqil oʻrganishga qulay imkoniyat 
yaratadi, vizualizatsiya, interaktivlik, multimedia va oʻquv jarayonining individualligini 
ta’minlaydi. Turli AT vositalarini (elektron ma’lumotnoma, ensiklopediya, oʻquv dasturi, bilimni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan vositasi, kompyuter simulyatori va b.) yagona dasturiy va 
uslubiy majmualarga birlashtirish oʻquv-elektron nashr, manbalarni yaratishga olib keladi. 

M.A.Bovtenko chet tilini oʻqitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadqiq 
qilar ekan, tilni oʻqitishda eng samarali boʻlgan quyidagi elektron manbalarni aniqlaydi: 


463 
– 
elektron lugʻat (shu jumladan oʻquv); 
– 
oʻrganilayotgan tilda multimedia materiali; 
– 
ixtisoslashtirilgan oʻquv resursi; 

elektron aloqa vositasi: sinxron (chat, tezkor xabar, videokonferensiya), asinxron 
(elektron pochta, munozara guruhi, forum, elektron byulleten). 
Uslubiy maqsadga muvofiq, S.G.Grigoryev va V.V.Grinshkun oʻquv elektron nashr va 
manbalarini oʻquv, oʻquv simulyatorlari, boshqaruv, ma’lumot olish, namoyish, taqlid, 
laboratoriya, modellashtirish, hisoblash, oʻquv, aloqa kabi turlarga ajratadi. Quyida internetdagi 
eng mashhur elektron manbalarni koʻrib chiqamiz.
A.V.Filatova filologik fanlarni oʻqitish jarayonini optimallashtirish hamda nutqiy 
faoliyatning barcha turlarini takomillashtirish uchun blog texnologiyasidan foydalanishni taklif 
qiladi. Oʻqitish blogi ta’limning metodologik, pedagogik maqsadini amalga oshirish uchun 
interfaol platforma boʻlib xizmat qiladi; talabaning oʻquv faoliyatini boshqarishning samarali 
vositasi hisoblanadi. Oʻqituvchi va talaba uchun bepul blog yaratadigan eng mashhur saytlar 
sifatida Google Blogger, Live Journal, Word Presslarni ajratish mumkin. Muallif tomonidan 
e’lon qilingan ma’lumotga sharh qoʻshishga imkon beradigan blogdan farqli oʻlaroq, viki veb-
saytlaridan foydalangan holda nafaqat bitta foydalanuvchi, balki Internetda masofadan turib, 
material joylashtirish, tahrir qilish imkonini teradigan dasturlar mavjud. Bir guruh talabalar bitta 
hujjat yaratish ustida ishlashi, unga oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritishi bilan xarakterlanadi. Rus 
tilini chet tili sifatida oʻqitishda Viki texnologiyasidan foydalanish chet ellik talabaning yozuv 
qobiliyatini muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradi. Vikini yaratish uchun Pbworks, 
Wikispaces Classroom
platformalaridan foydalanish mumkin. Oʻzbek tili ta’limiga ham Viki 
hamda blog texnologiyasini olib kirish oʻquvchi/ talabaning tilni oʻrganishda faollashuviga sabab 
boʻladi. 
Podkast (podcast) − mutaxassis boʻlmagan istalgan kishi tomonidan ishlab chiqilgan, 
Internetda tinglash, koʻrishga moʻljallangan mavjud boʻlgan audio / videomahsulot. 
A.G.Solomatina ta’lim podkastidan foydalangan holda nutq, tinglash qobiliyatini 
rivojlantirishning uslubiy tizimini toʻrt blokdan iborat tarkibiy qismga ajratadi: 
-
maqsadli blog; 
-
nazariy blog (yondashuv, oʻqitish tamoyili); 
-
texnologik blog (oʻquv tarkibi, usul, bosqich, vositalari); 
-
baholovchi-samarali blog (mezon, koʻrsatkich, natija).
Rus tilini chet tili sifatida oʻqitish podkastlari talaba/oʻquvchining tinglash hamda nutq 
qobiliyatini rivojlantirish (rus tilini idrok etish; rus tilida gapirish qobiliyatini oʻrgatish) 
maqsadida ishlatiladi. Mustaqil ravishda podkast yaratish uchun oʻqituvchi/ talaba Podomatic 
elektron resursidan foydalanish mumkin. 
Veb-kvest (webquest) − bu global Internet resurslaridan foydalangan holda har qanday 
mavzudagi loyiha faoliyati ssenariysi boʻlgan murakkab oʻquv Internet-resurslaridan biri. “Veb-
qidiruv aniq belgilangan tuzilishga ega; koʻpincha chet ellik talabaning kelajakdagi kasbiy 
faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan muammoli mavzuni tadqiq qilish, har tomonlama oʻrganishga 
qaratilgan”. 
YE.M.Shulgina dissertatsiyada veb-qidiruv texnologiyalarini til oʻqitish jarayonida nafaqat 
“oʻqitishning an’anaviy shakli”ni, balki “masofadan turib” ishlashga imkon beradigan tarkibiy 
qism, oʻqitish va monitoring usullarini oʻz ichiga olgan “yaxlit didaktik konstruksiya”ni yaratish 
mumkinligini isbotladi. Talaba/oʻquvchining til oʻrganishi uchun zarur boʻlgan jarayonni 
ta’minlaydigan, didaktik xarakterli Internet muhitida mustaqil ta’lim faoliyatini boshqarishga 
zamin yaratiladi. Bunday tizim bir vaqtning oʻzida qidirish, konstruktiv ishlarni bajarish 
usullarini ishlab chiqish vositalari bilan ta’minlangan. Ta’lim boʻyicha veb-kvestlar orasida 
Quest Garden juda mashhur; u koʻplab loyihalarni amalga oshirish yoki mustaqil, shaxsiy veb-
qidiruvni yaratishni taklif qiladi. 


464 
Shunday qilib, axborot vositalaridan foydalanish filologik fanlarni oʻrganish, oʻqitish 
imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Oʻqituvchi tayyor elektron manbadan 
foydalanishi, shuningdek, oʻz oʻquv elektron nashrlarini va interfaol oʻquv topshiriqlarini 
yaratishi mumkin. Bu esa materialni vizual taqdim etish, uni talaba/oʻquvchi tomonidan tez, 
samarali oʻzlashtirishga imkon beradi. Filologiya fanlarini oʻqitish jarayonida blog, Viki 
texnologiyasi va veb-qidiruvdan foydalanish talabaga masofadan turib loyihalarni amalga 
oshirishga imkon beradigan kunduzgi ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi. Oʻquv jarayoniga 
axborot texnologiyalarini joriy etish nutq faoliyatining barcha turlari, koʻnikmalarini 
rivojlantirishga yordam beradi, talaba shaxsini shakllantirishni ragʻbatlantiradi hamda 
oʻqituvchining vaqtini tejaydi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish