404
Tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasiga oid ayrim mulohazalar
Some comments on linguistics and medical integration
Gʻaybullayeva Nafisa Izzatullayevna
*
*
Annotation:
Increasing completely authority of the Uzbek language both in international
scale and social life of our nationand some peculiarities of medical linguistics according to
develop branch linguistics were researched in this article. Some of the medical terms were
defined in the article. Medical specialists should obtain high cultural speech skills in their work
process and using every word of their word stock carefully is the important necessity of their
proficiency. Aiming to approach towards the linguistic means of the medicals with responsibility,
euphemistic, paraphrased, metaphorical medical linguistic means are analyzed with examples.
Some important proposals were submitted for future development of branch linguistics.
Key words:
medical linguistics, medical euphemism, medical paraphrase, medical
metaphor, terminology, medical ethics, deontology, psychotherapy.
Har qanday xalqning tarixi, oʻziga xos tabiati, qadriyatlari, avvalo, oʻsha xalqning ona tilida
aks etadi. Bejiz tilni millatning maʼnaviy immuniteti deb baholamaganlar. Boisi, oʻz tilini asrab-
avaylagan, uni zamonlar osha rivojlantira olgan millatgina oʻzligini, milliy qiyofasini saqlab
qoladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 4- oktabrdagi “Davlat tili haqida”gi
(1989- yil 21- oktabr) qonunning 30 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori hamda
2019- yil 21- oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeyini tubdan
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida “oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va
xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish” masalasiga alohida e`tibor qaratildi.
Аyniqsa, «Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugʻat boyligini
oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning oʻzbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil
qoʻllanishini taʼminlash dolzarb vazifa boʻlib turibdi... Yana bir muhim vazifa fundamental
tadqiqotlar, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudentsiya, diplomatiya, tibbiyot va boshqa
tarmoqlarda davlat tilini toʻlaqonli qoʻllash bilan bogʻliq» [ Sh.M.Mirziyoyev. 2019.]
ekanligi
taʼkidlab oʻtildi. 2020-2030- yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini
takomillashtirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalar nutq hodisalari qatorida tibbiyot
xodimlarining til-nutq-madaniyat aloqadorligida oʻrganishga keng yoʻl ochdi. Barcha soha
vakillari uchun oʻzbek tilining onomastik lugʻatlarini yaratishga xizmat qiladigan tadqiqotlarni
yaratish, qoʻshni mamlakatlar va qardosh turkiy xalqlar tillari bilan qiyoslash, lugʻatlar bilan
ishlash imkoniyatini yuzaga chiqarish va nutq madaniyati bilan bogʻliq muammolarga alohida
eʼtibor qaratish tavsiya qilindi.
Bir yil oldin «Bunday ona tili taʼlimi oʻzimizni aldashdan boshqa narsa emas!» – Tilshunos
olim bilan suhbat» sarlavhali maqola eʼlon qilingan edi. Mazkur suhbatda ona tili (oʻzbek tili) va
adabiyoti taʼlimidagi muammo
va kamchiliklar tahlil qilinib, takliflar bildirilgan edi.
“Аytganimdek, yangi davrda tilshunoslik boshqa sohalarga koʻmakchi boʻlib qolishi kerak.
Matematik lingvistika, biologik lingvistika, fizik lingvistika, tibbiy lingvistika, kompyuter
lingvistikasi, psixologik lingvistika, taʼlimiy lingvistika, sanʼat lingvistikasi, diniy nutq
lingvistikasi, ortologiya va hokazo. Har bir soha boʻyicha lugʻatchilik lingvistik asosda taraqqiy
etishi lozim. Birgina misol. Olingan tovarning yorligʻini oʻqib qay darajada tushuna olamiz?
Dorixonadan xarid qilingan mahsulotning yoʻriqnomasidagi nechta soʻzning maʼnosini bilamiz?
Undagi jumlalar mazmuni haqida gapirmasa ham boʻladi. Nari borsa, uchta-toʻrtta soʻz-da:
dozasi, nojoʻya ta’siri, mutaxassis, maslahatlashing kabi. Аxir, yoʻriqnomani savodli har bir
kishi oʻqib tushuna olishi kerak emasmi? Buning uchun esa lingvistika bilan tibbiyot hamkorligi
*
*
BuxDU oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
405
zarur. Tibbiy terminologiyaning ilmiy va ommabop variantlari farqlanishi kerak. Tibbiy ilmiy va
ommabop matn farqlanishi, ilmiy tadqiq qilinib, lingvistik tavsiyalar ishlab chiqilishi zarur” ligi
tilshunos olim B.R.Mengliyev tomonidan tanqidiy izohlangan edi. [B.R.Mengliyev.2019.4b]
Haqiqatdan, soʻnggi 30 yil ichida moliya, harbiy, tibbiy, iqtisodiy va boshqa koʻpdan-koʻp
sohalarda tildagi, fikr ifodasidagi qiyinchiliklarni roʻkach qilib, rus tilidagi tayyor qoliplarga
murojaat etishadi, yaʼni oson yoʻl tutishga urinish va boshqa salbiy oqibatlar, eng avvalo, davlat
tilining toʻlaqonli ilm tili darajasiga aylana olmagani natijasidir. Bugungi kunda bunday
kemtikliklarni
bartaraf etish maqsadida, soha tilshunosligini rivojlantirish oldimizga qoʻyilgan
dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Mazkur maqolada beriladigan takliflar ushbu
muammolar yechimi sifatida xizmat qiladi. Tibbiyot xodimlari uchun tibbiy atamalarga doir
elektron platformalar yaratish, unda “Tibbiy evfemizmlar lugʻati”, “Tibbiy perifrazalar”, “Tibbiy
leksika metaforalari” lugʻati, elektron lugʻatlar, elektron darsliklar, ularning mobil ilovalarni
kiritish oʻzbek leksikografiyasi, terminologiyasi, shuningdek, kompyuter
lingvistikasi rivoji
uchun muhim manba sanaladi. Shifokorlar va bemorlar nutqida qoʻllanuvchi faol tibbiy atamalar
tibbiy terminlardan keng maʼnoda tasvirlanishi, leksik birliklar orqali ifodalanishi bilan
farqlanishi lozim. «Аtama» keng qamrovli tushuncha boʻlib, unda terminologiyaga umuman
tegishli boʻlmagan toponimiya, antroponomiya, oykonimiya, yaʼni onomastikaga aloqador leksik
birliklar ham tushuniladi, «termin» esa bu professional bilimlarning muayyan sohasi
tushunchalar tizimiga kiruvchi bir tor sohada qoʻllanuvchi rasmiylashgan soʻzdir. Shu maʼnoda,
«termin» tushunchasi «atama» tushunchasining ichiga kiruvchi ilmiy-lugʻaviy birliklar sifatida
ifodalanadi. Oʻzbek atamashunosligi zahirasini boyitish maqsadida ushbu tibbiy terminlarning
atamalar
orqali yoritilishi, aniq va ixcham terminlar oʻrniga sermazmun izohlarning berilishi,
aytilishi nooʻrin boʻlgan tibbiy terminlarning noyob tibbiy atamalar bilan toʻldirilishi, ularni
yaratishda ona tili imkoniyatlaridan keng foydalanishi asos qilib olingan.Tibbiyot lingvistikasini
rivojlanishidan asosiy maqsad:
oʻzbek tilida qoʻllaniladigan mahalliy tibbiy lingvistik birliklarning mazmun-mohiyatini
oʻrganish;
tibbiy birliklarning hududiy xaritasini va kartotekasini tuzish, ularning til madaniyatida tutgan
oʻrnini mustahkamlash;
yoʻqolib borayotgan noyob tibbiy atamalarni toʻplash, ularning tasviriy izohli lugʻatini tartiblash;
tilshunoslikning tibbiyot bilan faol integratsiyalashuvini taʼminlash hamda masofaviy taʼlimni
amalga oshirishdan iborat.
Yuqoridagi fikrlarimizni asoslash uchun izohtalab ayrim tibbiy atamalarimizni
tahlilga
tortamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: