Vizual.
Monitorda namoyish etiladigan vizual tasvirlar yordamida ma'lumotlarni uzatadigan
standart kompyuter interfeysi.
Imo-ishora.
Qoida tariqasida, u telefonlar yoki planshetlar uchun interfeys boʻlib xizmat
qiladi. Koʻpgina hollarda, bu tizimni boshqaradigan odamning barmoqlarining harakatlariga
javob beradigan va har bir aniq harakatga ma'lum darajada javob beradigan sensorli panel. Oddiy
vizual interfeysning soddalashtirilgan versiyasi deb atash mumkin.
Ovoz.
Ushbu turdagi interfeys nisbatan yaqinda paydo boʻldi. Ovozli buyruqlar yordamida
tizimni boshqarish imkoniyatini beradi. Tizim, oʻz navbatida, foydalanuvchi bilan muloqot orqali
*
*
Buxoro davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
399
ham javob beradi. Eng qizigʻi shundaki, zamonaviy texnologiyalar bizga nafaqat telefonlar yoki
kompyuterlarning ovozini, balki maishiy texnika va hatto bortli kompyuterlarning ovozini
boshqarishga imkon beradi.
Ushbu sohadagi eng yangi yoʻnalishlardan biri bu sensorli interfeys. Uning ishlash prinsipi
ma'lum ob'ektlar orqali amalga oshiriladigan foydalanuvchi va mashinaning jismoniy oʻzaro
ta'siriga asoslanadi. Aytishimiz mumkinki, bu monitordan foydalangan holda foydalanuvchiga
ilgari ma'lumotni grafikaviy ravishda olgan ma'lumotlarni taqdim etishga urinishdir.
Tizim va dastur interfeysi. Bunday interfeyslar 2 turga boʻlinadi: tizim va amaliy dasturlash
interfeysi. Tizim interfeysi ikki xil boʻlishi mumkin: buyruq beruvchi va grafik. Ilova dasturlash
interfeysi yoki API bu ba'zi bir dastur biron bir operatsiyani bajarish uchun operatsion tizimga
murojaat qiladigan bir turdagi soʻrov orqali amalga oshiriladi. Ushbu interfeys turli xil ishlab
chiquvchilar tomonidan dasturlarni yaratish uchun ishlatiladi. Odatda buyruq beruvchi interfeys
foydalanuvchi ma'lum koʻrsatmalarni kiritadigan buyruq qatori boʻlib, aksariyat hollarda oʻz
sintaksisiga ega (masalan, ubuntu operatsion tizimi) va tizim ularni bajaradi.
Grafik interfeys buyruq beruvchi interfeys buyruqlari tufayli ishlaydi, ammo undan farqli
oʻlaroq, buyruqlar buyruqlar satriga matn orqali kirmaydi, balki piktogramma, oynalar va
boshqalar kabi grafik tasvirlar orqali yuboriladi. Ushbu turdagi interfeys eng keng tarqalgan
boʻlib, bugungi kunda koʻpgina shaxsiy kompyuterlarda qoʻllaniladi. Bunday interfeyslar
koʻpincha WIMP deb ataladi,ya'ni bu - Window (Okoshko), Icon (Ikonka), Menu(Menyu),
Pointing
device
(Manipuliruyuщee
ustroystvo)
soʻzlarining
birinchi
harflarining
qisqartmasidir[14] .
Mualliflik korpuslarining interfeysi turli dizayn, tuzilishga ega boʻlib, uning mukammaligi
korpus yaratuvchi muallifning zimmasiga yuklanadi. Chunki interfeys korpus haqida ilk
taassurot qoldiruvchi, oʻziga jalb etuvchi umumiy koʻrinishdir. Interfeys yaratishda milliy
kolloritni aks ettiruvchi bezaklar hamda mumtoz yoki zamonaviylikni aks ettiruvchi belgilar
e'tiborga olinishi lozim. Interfeysda ijodkorning hayoti, faoliyati, u yaratgan asarlar alohida
oynalarda ochilishi, fotogalereya qismi ham boʻlishi shart. Yuqorida sanab oʻtilgan materiallar
korpusdan elektron kutubxona sifatida foydalanish imkonini beradi. “Qidiruv” tizimda
ijodkorning hayoti, faoliyati, u yaratgan asarlar alohida oynalarda ochilishi, fotogalereya kabi
oynalar korpusning imkoniyatlarini ishga soladi. Bu oynalar korpus birliklarining
razmetkalanishi asosida qidiruvni ta'minlashdagi dasturiy ta'minotdir. Oʻzbek tili milliy korpusi
va mualliflik korpusining interfeysi foydalanuvga tushunarli, ishlash uchun qulay, eng optimal
variantdagi serqirra razmetkalangan, mukammal boʻlishi kerak. Global tarmoqda mavjud
korpuslar katta hajmli (materiallarning koʻpligi), hamda chuqur razmetkaga egaligi bilan ajralib
turadi. Masalan, Pushkin va Chexov korpuslar morfologik va semantik annatatsiyalangan,
mukammal korpuslardir. Ammo u zamonaviy dasturiy dizayn talablariga javob bermaydi.
Chunki ularning yaratilganligiga 8-10 yil boʻlgan. Keyingisi Shekspir mualliflik korpusi qidiruv
tizimining mukammalligi hamma dizayinning yorkinligi bilan ajralib turadi, ammo u morfologik
va semantik razmetkalanmagan. Mavjud korpuslarning har biri oʻzgacha kamchilikga ega.
Masalan, tojik tili korpusi faqat elektron kutubxona vazifasini, foto va video galereya vazifasini
bajara oladi. Bu korpus umuman razmetkalanmagan, qidiruv tizimi nomukammal va noqulaydir.
Faqat yaxlit asargagina ishora qila oladi. Rus tilshunoslari tomonidan yaratilgan Pushkin va
Chexov korpuslarida sintaktik rezmetka mavjud emas. Yaratilgan mualliflik korpusi Abdulla
Qahhorning “Bemor” hikoyasi korpusi boʻyicha elektron-ma'lumotlar bazasi hisoblanadi, sun'iy
intelekt asosida oʻzbek tilini qayta ishlashga: imloviy-tahrir, avtomatik ishlov berish va tarjima
dasturlarini tuzishga, turli belgilar asosida qidiruv amalga oshiriladi[6]. Yaratilgan korpus -
soʻzning qoʻllanish davri va chastotasini aniqlay oladi, tilning jonli qurilishini, soʻzlarning oʻzaro
birikish imkoniyatini tahlil qila oladi, matnni avtomatik qayta ishlaydi (mas., tarjima qilish) va
turli qidiruv tizimlari avtomatik bajara oladi. Vaqtni 100 barorbar tejaydi.
400
Demak, milliy korpusni yaratishda interfeys asosiy rol oʻynaydi. Zamonaviy dasturiy
dizayn talablariga javob beradigan, foydalanuvga tushunarli, ishlash uchun qulay shaklda
yaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |