408
Mana hozirda hayotimizda shiddat bilan kirib kelgan karantin atamasi ham buyuk
allomamiz tomonidan talqin etiladi. Ibn Sino mikroorganizmlar, bakteriya,
viruslar orqali
yuqadigan kasalliklarni davolash ustida ish olib bordi va uning oldini olish uchun bemor 40 kun
davomida oʻz-oʻzini izolyatsiyalashi, odamlardan oʻzini chetga olish usulini tibbiyotga kiritdi.
Ibn Sino bu usulni «Аl-Аrbaʼin iyya» deb atadi. Ushbu soʻz «qirq kun» degan maʼnoni anglatadi.
U joriy qilgan usul Venetsiya savdogarlari yordamida Italiyaga va butun Yevropaga tarqalgan.
Va oʻz-oʻzini izolyatsiyalash usuliga italyan tilida «qirq» degan maʼnoni anglatuvchi
«quarantena-karantena», inglizcha «Karantin» nomini berishdi.
Bundan tashqari, hayotimizda shiddat bilan rivojlanib kirib kelayotgan kompyuter
lingvistikasi bugun barcha sohalar qatorida tibbiyot sohasini ham befarq qoldirmadi. Zamonaviy
jamiyat hayotining ajralmas qismi sanalgan internet saytlaridagi ijtimoiy tarmoqlar va
forumlardagi biz deyarli tasavvur qila olmaydigan har qanday bahstalab
va tahrirtalab mavzudagi
munozaralarni topishimiz mumkin. Аlbatta turli kasalliklar, davolash bilan bogʻliq muammolar,
sogʻlom turmush tarzi bilan bogʻliq tibbiy mavzular bundan mustasno emas. Pandemiya sababli
internetda oʻzlarining sogʻligi toʻgʻrisidagi har qanday ma’lumotlarni chop etayotganlar soni kun
sayin ortib bormoqda, shuning uchun har kuni juda koʻplab ma’lumotlar olinmoqda. Ushbu
roʻyxatni davom ettirish mumkin. Oʻzbek tilida qoʻllaniladigan tibbiy atamalarga doir loyihalar,
platformalar, mobil ilovalar, ilmiy tadqiqotlar yaratish muammolar yechimi sifatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa, axborotni qayta ishlash jarayoniga avtomatik usullarni tatbiq
qilish
tibbiy lingvistika, leksikografiya sohasida ham mobil ilovalarning imkoniyatlari asosida
maxsus optimal texnologiyalar asosida ishlashni, lugʻatchilikka zamonaviy informatsion
leksikografik dasturlarni faol qoʻllashni taqozo etadi. Tibbiy leksikografiya sohasining mobil
ilovalarini yaratish shuni koʻrsatadiki, faqat elektron lugʻatlargina leksemaning butun mohiyatini
tezkorlik bilan kitobxonga yetkazish imkoniyatini beradi. Maʼlumotlarni qayta ishlash tartibini
avtomatlashtirish, yangi faol leksikografik
sistemalarni yaratish, buning natijasi sifatida
anʼanaviy lugʻatlardan avtomatlashgan (elektron) lugʻatlar yaratishga oʻtish jarayonini
tezlashtirishni taqozo etadi. Zero, soha lingvistikasiga kirishish jamiyat taraqqiyoti bilan amaliy
bogʼliq. Chunki jamiyat salomatligi shaxsning ruhiy, jismoniy, maʼnaviy sogʻlomligiga bogʻliq.
Demak, bu borada yaratiladigan ilmiy tadqiqotlar aholining turli toifa va qatlam vakillari bilan
ish koʻradigan tibbiyot sohasi mutaxassis-xodimlari uchun oʻz faoliyati jarayonida yuksak
madaniy nutq koʻnikmalariga ega boʻlishlari hamda til zaxirasidagi har bir soʻzdan ehtiyotkorona
foydalanishlari ular kasbiy mahoratining zaruriy sharti boʻlgan lisoniy vositalarga masʼuliyatli
yondashishini talab qiladi.
Oʻzbek tilshunosligida tibbiyot lingvistikasi monografik tadqiqot
obyekti sifatida maxsus
tadqiq etilmagan. Rus, turk, ingliz tilidagi tibbiy terminologiya – nutqni yumshatishning lisoniy
vositalarini har tomonlama tahlil qilishga bagʻishlangan monografik tadqiqotlarning mavjudligi
jahon tilshunosligida bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilayotganligi va uning ahamiyatlilik
darajasini koʻrsatadi. Shunday ekan, oʻzbek tilshunosligida tibbiyot lingvistikasini atroflicha
tadqiq qilinishi va mazkur masalani oʻrganishga doir tadqiqotlar zarur. Chunki bunday
tadqiqotlar
nafaqat nutq lingvistikasi, tibbiyot deontologiyasi, xususan, tibbiyot xodimlari nutq
madaniyatini rivojlantirish va tibbiy taʼlim mazmunini boyitishga xizmat qilishi hamda taʼlimda
oʻquv materiali sifatida foydalanish imkonini berishi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: