397
qaraladi. Lekin shunga qaramay, sud nutqi leksikasida koʻplab sinonimik munosabatdagi
birliklarni kuzatish mumkin. Ularni sud turiga qarab quyidagicha keltirish mumkin (ya’ni
sinonimlar oʻrganilgan sud hujjatlarida uchraganligiga qarab tasniflandi): a) jinoyat ishlari
boʻyicha sud leksikasida kuzatilgan sinonimlar;
b) xoʻjalik ishlari boʻyicha sud leksikasida
uchraydigan sinonimlar; v) harbiy sud leksikasida uchraydigan sinonimlar
;
g) barcha sudlar
leksikasida uchrashi mumkin boʻlgan sinonimlar. Bu boʻyicha ayrim takliflar ham berilgan.
Masalan:
oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, ayblovchi, malakalamoq, soʻrayman
kabi soʻzlarini
ishlatish maqsadga muvofiq emasligi, ularning oʻrniga
advokat, prokuror, kvalifikatsiya qilmoq,
talab qilaman
kabilarni qoʻllash zarurligi ta’kidlandi.
Sud nutqi leksikasiga oid birliklarning semantik-uslubiy xususiyatlariga doir fikrlarning
xulosasi sifatida quyidagi jadvalni ham keltirish mumkin:
Yuridik sohaga oid soʻzlar aniqlikni, ilmiy va rasmiylikni talab qiladi. Bu talablar birinchi
navbatda termin bilan bogʻliq.Chunki termin ilmiyligi bilan muayyan fanga oidligi, bir
ma’noliligi (monosemantikligi), qoʻllanish doirasi chegaralanganligi, ijobiy va salbiy boʻyoqqa
ega emasligi bilan boshqa soʻzlardan ajralib, farqlanib turadi va mustaqil sanaladi.
Shuningdek:
1.
Advokat, prokuror, sudya -
termin
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- soʻz, atama
2.
Advokat, prokuror, sudya
- tor, xususiy
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- keng, umumiy
3.
Advokat, prokuror, sudya
- aniq, konkret
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- nisbatan mavhum, abstrakt
4.
Advokat, prokuror, sudya
- ilmiy, yuridik tushunchaga (semaga) ega
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- ilmiy, yuridik tushunchaga (semaga) ega emas,
5.
Advokat, prokuror, sudya
- faol,
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- nisbatan nofaol,
6.
Advokat, prokuror, sudya
- emotsionallikka ega emas,
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- nisbatan emotsionallikka ega,
8.
Advokat, prokuror, sudya
- soha, soha vakillariga xos
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- umumga, turli soha vakillariga xos
9.
Advokat, prokuror, sudya
- tub soʻz
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi - yasama soʻz
10.
Advokat, prokuror, sudya
- kelib chiqishiga koʻra birlamchi
Oqlovchi, himoyachi, qoralovchi, hakam
- kelib chiqishiga koʻra ikkilamchi.
Ushbu maqolada sud nutqi boʻyicha oʻz kuzatuvlarimizni bayon qilib, baholi qudrat amaliy
tavsiyalarimizni bildirdik. Umid qilamizki, bu tavsiyalarmiz sud nutqining sifatini
yaxshilanishiga, oʻzbek tilida sud nutqi leksikasining rivojlanishiga kichik hissa qoʻshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: