262
inson
” degan mazmunni ifoda etadi.
Zat-ı ali
izofasi, asosan, yuqori mavqedagi, obroʻ-eʼtiborli,
mansabdor shaxsga nisbatan ishlatiladi. Ali sifati “
mavqei, martabasi, faoliyati jihatidan eng
yuqori; bosh
”, “
sifat jihatdan eng yuqori, eng yaxshi
”, “
taraqqiyotning eng yuqori darajasiga
erishgan, barkamol
” maʼnolarini ifodalaydi. Bu sifat-leksema asosida rasmiy doiralarda, xalqaro
munosabatlarda prezidentlar, davlat rahbarlari, nufuzli tashkilot rahbarlari, chet ellik rasmiy
shaxslarga nisbatan faol qoʻllanmoqda.
Zat-ı alileri
undalma sifatida kelgan shakldagi hurmat bu izofaning olmosh oʻrnida
qoʻllangan koʻrinishida ham saqlanadi:
Zat-ı alileri nasıl tensip buyururlarsa öyle yaparız
‘Zoti oliylari qanday munosib
koʻrsalar, shunday qilamiz’. Bu oʻrinda
Zat-ı alileri
birikmasi
II shaxs
siz
kishilik olmoshi
oʻrnida pronominalizatsiya asosida qoʻllanmoqda.
Zat-ı alileri
birikmasining qoʻllanishida
olmoshlashish hodisasi yuz bergan, shaxs-sonda ham koʻchish mavjud. III shaxs koʻplikdagi
onlar shakli II shaxs koʻplik
siz
oʻrnida qoʻllangan.
Rasmiy munosabatda, oʻrni bilan,
aziz, kardeş, meslektaş, sevgili
soʻzlaridan ham
foydalaniladi.
Aziz Kardeşim! Sevgili Ahmet Bey! Meslektaşım Cengiz Beyefendi
. Biroq bunday
hurmat boshqa oʻrinlardagi hurmatdan ajralib turadi. Chunki, rasmiy murojaatga samimiylik
boʻyogʻi ilova qilinadi.
Rasmiy uslubdagi undalmalar soʻzlashuv uslubidagi undalmalardan farq qiladi. Xalqaro
munosabatlarda,
rasmiy muomalada unvon, mansab-martaba soʻzlarining undalma vazifasida
kelib hurmat ifodalashida baʼzi oʻrinlarda qoʻshimchalar qoʻshilishi eʼtiborni tortadi:
Cumhurbaşkanı Zat-ı alileri! Sayın Hocam (Öğretmenim)!
Soʻzlovchining tinglovchiga murojaatida qoʻshimchalar vositasida oʻziga xos darajali
hurmat ifodalanishining yuzaga kelishi kuzatiladi. Masalan:
–
Büyükelçim yerinde mi?’
Elchi janoblari oʻzidami?’ yoki:
– Büyükelçim yerindeler mi?’
Elchi janoblari oʻzlaridami’
Birinchi misolda rasmiy hurmatning samimiy shakli yuzaga kelgan boʻlsa, ikkinchi
misolda esa rasmiy hurmatning samimiy shakli orttirma darajada aks etmoqda. Birinchi misolda
rahbar lavozimidagi shaxsning faqat oʻziga boʻlgan hurmat aks etsa, ikkinchida shaxsning oʻziga
va unga oid xonaga ham hurmat koʻrsatilmoqda. Bu soʻzlovchining tinglovchiga murojaatida
muloqot jarayonida ishtirok etmagan uchinchi shaxsga boʻlgan ehtiromining belgisidir. Ushbu
misolimizda lavozimi kichik shaxsning lavozimi yuqori boʻlgan
shaxsga hurmati aks etgan
boʻlsa, quyida lavozimi yuqori shaxsning lavozimi kichik xodimga nisbatan hurmatini koʻrish
mumkin:
–Kadriye, gelir misiniz?
–Kadriye, bakar misiniz?
yoki:
–Kadriye, gelir misin?
–Kadriye, bakar misin?
Keltirilgan misollardagi farq “
sizlash
”, “
senlash
”da koʻrilmoqda. Аmmo, turk tilidagi
muloqot madaniyatiga, qoʻllanilish uslubiga koʻra har ikki shaklda ham hurmat maʼnosi mavjud.
“
Sizlash
”da sof rasmiy hurmat, “
senlash
”da samimiy rasmiy hurmat kuzatiladi. Yana har ikki
turdagi misolda bir xilda bildirilayotgan “
iltimos, agar mumkin boʻlsa
” mazmuni mavjud. Bu
mazmun hozirgi zamon davom feʼli qoʻshimchasi -
ir
yordamida ifodalanmoqda. Buyruq
mazmunidagi gapning “
iltimos, agar mumkin boʻlsa
” shaklida berilishi hurmat ifodalanish
uslubiga misol boʻla oladi.
Demak, murojaatdagi rasmiy hurmatni ham ikkiga ajratish mumkin: a)
sof rasmiy
hurmat; b) samimiy rasmiy hurmat.
Turk tilida rasmiy hurmat ifodalovchi
nezaket
ziyareti otli birikmasi hurmatning xalqaro
miqyosda ham keng qoʻllanadigan turlaridan biridir. Turk tilidagi bu ziyorat turiga rus tilida
визит вежливости [Ojegov,1983: 68], oʻzbek tilida
muhtaram shaxslar tashrifi
yoki
hurmat
263
koʻrsatish ziyorati
deyish mumkin. O‘zbek tilida “
tashrif
” rasmiy muloqotlar uchun xos boʻlib,
“
ziyorat
” koʻproq soʻzlashuv nutqida ishlatiladi: ota-onani, ustozlarni ziyorat qilish.
Ziyorat turk tilida ikki turda: a) rasmiy ziyoratlar, davlatga oid boʻlgan, shaxsiy ahamiyat
kasb etmaydigan,
jiddiy ziyoratlar; b) sotsial ziyoratlar, rasmiy xarakterga ega boʻlmagan,
eʼtiqod bilan bogʻliq ziyoratlar sifatida qoʻllaniladi.
Turk tilida
nezaket
ziyareti birikmasi
bulunmak, yapmak, gerçekleştirmek
feʼllari bilan
birga ishlatiladi:
nezaket ziyareti yapmak, nezaket ziyaretinde bulunmak, nezaket ziyaretini
gerçekleştirmek
kabi.
Kuzatishlarga koʻra,
nezaket ziyareti
ikki koʻrinishda amalga oshadi: 1) yoshidan qatʼi
nazar, bir joyda bir xil lavozimda faoliyat olib borayotgan rasmiy kishilar orasida amalga oshadi.
Xalqaro munosabatlarda diplomatik korpus joylashgan davlatda agremanlik olgan elchining oʻz
faoliyatini
rasman
boshlaganligini
bildirish
maqsadida
diplomatik
korpus
duayen
(akkreditatsiyadan oʻtgan davlatda eng koʻp ishlagan) elchisidan boshlab akkreditatsiyadan
oʻtgan barcha elchilarga nisbatan navbatiga qarab amalga oshiradigan ilk rasmiy hurmat bildirish
ziyorati; 2) davlat ichidagi rasmiy tashkilotlar rahbarlari orasida yoshidan qatʼi nazar, mansablari
ayni darajadagi yoki quyi mansabdagi kishining oʻzidan yuqori mansab kishisiga nisbatan
amalga oshiradigan tashrifi.
Professor А. Qosimov turk tilidagi
nezaket ziyareti
terminini oʻzbek tilida
protokol
tashrifi
deb nomlab quyidagicha yozadi: “Protokol tashrifi alohida ehtirom ifodasi boʻlib, unda
ayrim muhim masalalarni hal qilish kuzatilmaydi” [Qosimov, 1996: 45].
Baʼzi bir turkcha manbalarida nezaket ziyareti deb nomlanuvchi ikki komponentli
terminning bir qancha sinonimik qatori mavjudligi aytiladi. Bular:
ziyaret; eş, dost ziyareti;
protokol ve nezaket kuralları sunuşu; anlamlı ziyaret; nezaket ve tanışma ziyareti; alt ve eş
düzey ziyaret
va boshqalardir. Sinonimik qatorning bosh soʻzi hisoblangan
ziyaret
nafaqat
rasmiy, balki norasmiy sohada ham birdek ishlatiladi.
Demak, turk tilida rasmiy hurmat ifodalashda unvon soʻzlar,
undalmalar va murojaat
shakllari alohida eʼtiborni tortadi. Hurmat - sof rasmiy hurmat; samimiy rasmiy hurmat sifatida
aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: