Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Demircan Ö. Türkiye Türkçesinde Kök ve Ek Bileşmeleri. – Ankara: Türk Dil
Kurumu Yayınları, 1977. –S.126.
2.
Veysel K. Söz-Eylem Kuramı Açısından Türkçe’de ‘Sen-Siz’ Söylemi Üzerine
Bir Alan Çalışması. Doktora Tezi. – İstanbul, 1993. –S.230.
3.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий
энциклопедияси, 2006. III т. – Б.688.
4.
Ожегов С.И. Словарь русского языка. – М.: Русский язык, 1983. – С. 68.,78;
Словарь сочетаемости слов русского языка. Под ред. Денисова П.Н., Морковкина В.В. –
М.: Русский язык, 1983.
5. Қосимов А. М. Дипломатия асослари. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик
институти, 1996. –Б. 144.
6. Türkçe Sözlük 2, K-Z. – Ankara, Türk Tarih Kurumu Basım Evi, 1988. –S. 1084.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi
Uzbek linguistics in Tajikistan
Ermatov Ixtiyor Rizakulovich
Katta o`qituvchi, Guliston davlat universiteti,
ixtiyor_ermatov@mail.ru
264
Annotation.
The factors that led to the formation, development and growth of Uzbek
linguistics in Tajikistan, as well as the linguists who contributed to the development of Uzbek
linguistics are discussed. The article focuses on the first study of Uzbek linguistics outside the
Republic of Uzbekistan and in neighboring republics.
Key words:
suppletivism, turkology, classics, hyponym, equonym, pronominalization,
school of linguistics.
Oʻzbek tilshunosligi turkiy tilshunoslikning nazariy jihatdan atroflicha mukammal rivoj
topgan tarmoqlaridan biridir. Oʻzbek tilshunosligi tilning jahon tilshunosligi soʻnggi yillarda
qoʻlga kiritgan yutuqlarini oʻrganib, uni tilning barcha sath hodisalariga tatbiq etayotir. Bu
xususiyatni oʻzbek tilshunosligining fonetika va fonologiya, soʻz yasalishi va morfemika,
leksikologiya va frazeologiya, morfologiya va sintaksis sohalarida koʻrish mumkin.
“Bugungi kunda xalqaro maydonda obroʻ-e’tibori tobora yuksalib borayotgan
Oʻzbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qoʻshmoqda. Oʻzbek
tili Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Shvetsiya, Rossiya,
Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afgʻoniston, Ozarbayjon,
Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin
universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganilmoqda. Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha
ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin koʻpaymoqda”
[Mirziyoyev, 2019: 218]. Bugun oʻzbek tili dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻrganilmoqda.
Shu bilan birga tadqiq ham etilmoqda.
Biz fikr yuritmoqchi boʻlgan “Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi” mavzusi umumiy
tilshunoslik mundarijasiga aloqador muammolar sirasiga kirib, mavzu zamonaviy dolzarb
xarakter kasb etadi. Uning zamonaviy va dolzarbligi shundaki, oʻzbek tilshunosligi Oʻzbekiston
Respublikasidan tashqarida, unga qoʻshni Respublikalarda ilk bor oʻrganilayotir. Bunga
yetarlicha asos ham bor, albatta.
Tojikiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida yigirmadan ortiq mutaxassislar oʻzbek
tilining fonetik-fonologik, morfem va soʻz yasalishi, morfologik va sintaktik qurilishi boʻyicha
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tinimsiz shugʻullanib keladi. Shuningdek, bu mamlakatda oʻzbek
tilining lugʻaviy qurilishi, til birliklarining mazmuniy plani (semantikasi), badiiy asar tilini
sinxron va diaxron rejalarda oʻrganish masalalari ham tadqiqotchilar e’tibori markazida boʻlib
kelgan. Tojikiston oʻzbeklari shevalarini oʻrganish ham tojikistonlik tilshunoslar e’tiboridan
chetda qolmagan. Bunday murakkab va rang-barang mavzular boʻyicha tadqiqotlar
Oʻzbekistonning Tojikistondan boshqa qoʻshni mamlakatlarida amalga oshirilmagan.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligining dastlabki kurtaklari Leninobod shahrida, ya’ni
hozirgi Xo‘jandda shakllangan. 1932-yili 26 nafar talaba bilan ta’sis etilgan Leninobod davlat
pedagogika instituti oʻz faoliyatini boshlagan. Institut 1946-yildan boshlab oʻzbek tili va
adabiyoti ixtisosligi boʻyicha ham talabalar qabul qila boshlagan. 1952-yildan oʻzbek tili va
adabiyoti alohida kafedra sifatida shakllanib, unda filologiya fanlari nomzodi Obidjon Orifov
(Orifiy), Abduqodir Alimuhamedov va institutni shu yili bitirib, ishda qoldirilgan Oxunjon
Abdunazarov, Abdullajon Shodiyevlar faoliyati boshlangan.
1957-yildan Toshkent davlat universitetining (u vaqtda Oʻrta Osiyo davlat universiteti
deb yuritilgan hozirda Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tugatgan
H.Mamadov, soʻngra Samarqand davlat universitetini bitirgan Lolaxon Abdullaeva hamda
Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti aspiranturasini bitirgan Ozodgul Gʻafforova, Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini bitirgan P.Hamdamov singari kadrlar hisobiga
kafedraning tilshunos oʻqituvchilar safi kengayib borgan. Ular oʻzbek tilshunosligining turli
sohalari boʻyicha dars bera boshlaganlar.
Oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlariga ham e’tibor
qaratila boshlagan. Kafedraning H.Mamadov, O.Abdunazarov, P.Hamdamov singari katta
265
oʻqituvchilari Toshkent shahriga borib, nomzodlik dissertatsiyalari boʻyicha mavzu va ilmiy
rahbar olib, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullana boshlagalar. Shu institutni 1961 yili oʻzbek
tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha bitirgan A.Karimov Oʻzbekiston FA Til va adabiyot
institutining kunduzgi boʻlimida tahsil olib, kafedrada yana faoliyatini davom ettirgan.
Keyinchalik (1964-1965 yillardan) kafedra E.Sheraliev, A.Berdialiyev; 70-yillardan keyin esa
T.Mirzaqulov singari yoshlar hisobiga yana kengaygan.
1977 yildan oʻzbek tili mustaqil kafedra maqomida ish boshlagan. 80-yillar va undan
keyin
Sh.Mirzaqulov,
B.Eshonqulov,
T.Turdiboyev,
B.Sheronov,
D.Berdialiyeva,
S.Turdiboyeva, M.Mirzaahmedov, Oʻ.Xidirova, V.Qodirova, E.Eshmurodov, B.Jabborov singari
yoshlar hisobiga kengayib borgan. Ular aspirantura va tadqiqotchilik yoʻllari bilan nomzodlik
ilmiy ishi bilan shugʻullanganlar.
B.Sheronov,
T.Turdiboyev,
M.Mirzaahmedov,
A.Rahmonqulov,
B.Eshonqulov,
E.Eshmurodov, B.Jabborovlar mavzulari oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolariga
bagʻishlangan boʻlib, nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.
Oʻzbek tilshunosligi bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar Q.Joʻrayev nomidagi Dushanbe
(hozir S.Ayniy nomidagi Tojikiston Milliy pedagogika instituti) va N.Xisrav nomidagi
Qoʻrgʻontepa pedagogika institutlarida ham mavjud. S.Ayniy nomidagi Tojikiston Milliy
pedagogika institutida filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Xidirov oʻzbek va tojik qiyosiy
leksikologiyasi boʻyicha yirik rejada ilmiy-tadqiqot ishi bilan shugʻullanadi. Shu mavzuga
bagʻishlangan 50 dan ortiq maqola, 1 monografiya va bir oʻquv qoʻllanmasini (A.Berdialiyev
bilan hamkorlikda) nashr ettirgan [Berdialiyev, 2013: 208].
N.Xisrav nomidagi Qoʻrgʻontepa davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi Shoira Rasulova
prof. A.Berdialiyev rahbarligida “Oʻzbek tilida ayollar jinsiga oid kasb nomlari” mavzusida katta
rejada ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda.
Tojikistonlik oʻzbek tilshunoslari tomonidan shu davrga qadar 50 dan ortiq ilmiy
maqolalar majmuasi, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmasi xarakteridagi 100 dan ortiq
kitoblar nashr etilgan. Ularda oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bagʻishlangan
dolzarb mavzular qamrab olingan.
Xujand davlat universitetining oʻzbek tilshunosligi mutaxassislari qoʻshni mamlakatlar
uchun ham ilmiy darajali mutaxassislar tayyorlashda ibratli tajribaga ega. Masalan, qoʻshni
Qirgʻiziston Respublikasi Batken davlat universitetining A.Mashrabov, R.Abdullayev,
G.Musirmonova, B.Nishonov, S.Abdullayeva; Oʻsh davlat universitetining D.Saidrahimova,
N.Turganboyev; Oʻzbekiston Respublikasi Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika
institutining D.Hasanova singari mutaxassislari prof. A.Berdialiyev rahbarligida nomzodlik
dissertatsiyalarini yoqlagan. Qoʻshni Afgʻoniston davlatidan M.Qodiriy esa “Afgʻoniston
oʻzbeklari tilida arab-fors lugʻaviy oʻzlashmalari” mavzusida yakun topgan nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi rivoji va taraqqiyoti bevosita prof. A.Berdialiyevning
ilmiy faoliyati bilan bogʻliq. A.Berdialiyev Tojikiston Oʻzbek tilshunosligi maktabiga asos soldi.
30 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qildi. Oliy oʻquv yurtlari
talabalari va umumiy oʻrta ta'lim maktablarining oʻquvchilari uchun darsliklar yozdi va chop
ettirdi.
Tojikistonda oʻzbek tilshunosligi maktabining asoschisi prof. A.Berdialiyevning ayrim
ilmiy maqolalari haqida fikr yuritamiz. Masalan, prof. A.Berdialiyevning “Suppletivizm va unga
daxldor ba’zi tushunchalar haqida”
[3, 1996: 3-14] maqolasida, rus tilshunosligida maxsus
ishlanmagan, turkologiyada esa, til ilmi mutaxassislariga noma’lum boʻlgan lugʻaviy sathning
dolzarb bir muammosi haqida fikr yuritiladi. E’tirof etilishicha, bir umumiy klassemaga ega
boʻlgan har xil lugʻaviy-grammatik kategoriyaga mansub ikki leksema munosabatida suppletiv
munosabat vujudga kelib, shu munosabatni tashkil qilgan soʻzlar lugʻaviy suppletivizmga
mansub boʻlarkan. Ana shu umumiy klassema asosida ikki lugaviy birlik – lugʻaviy suppletiv
266
sintagmatik munosabatga kirishib, sintagma (birikma) hosil qilar ekan. Olim
Do'stlaringiz bilan baham: |