261
Hurmat munosabatini ifodalash
juda keng ammo uni bir
nezaket
terminida jamlab turk
tilidagi rasmiy hurmatning oʻziga xos shakllarini aks ettirish tadqiqotning asosini tashkil etadi.
“Hurmat” - kishilar orasidagi munosabatlarda til orqali (lingvistik) yoki nutqga hamrohlik
qiluvchi hatti-harakatlar; imo-ishora (nolingvistik), ohang shakllari yordamida aks etadi. Bunday
shakllardagi hurmat, ehtirom faqatgina kichiklarning kattalarga, jamiyatdagi oʻrni, mansabi,
lovozimi yuqori boʻlgan kishilargagina munosabati boʻlib qolmasdan, kattalarning kichiklarga,
jamiyatdagi oʻrni yoki mansabi oʻzidan quyi shaxslarga eʼtiborini ham koʻrsatadi. Shuning
uchun “hurmat”ning taqdim etilishini oʻrganish tilshunoslik, tarix, madaniyat va jamiyatni tadqiq
etish hisoblanadi.
Kishilar orasidagi muloqot
jarayonida hurmat nimalarda, tilning qaysi vositalari orqali
aks etadi, degan savol tugʻilishi tabiiy. Oʼzaro muloqotga kirishganda birinchi navbatda unvon
soʻzlar va murojaat shakllari eʼtiborni tortadi.
Turk tilida atoqli otlarga
bey, hanım, efendi
soʻzlarini qoʻshib undalma hosil qilinganda
hurmat bilan birga samimiylik, yaqinlik munosabatlari ham ifodalanadi. Аmmo
bay, bayan
soʻzlarining qoʻllanishida bu holat istisnodir.
Bay, bayan
soʻzlari atoqli otlarga qoʻshilganida
ham murojaatdagi rasmiylik saqlanadi.
Bay Ahmet!
Yoki:
Bayan Nilgün!
(tanish yoki begonaga nisbatan hurmat).
Olib borilgan izlanishlar va toʻplangan materiallar shuni koʻrsatadiki,
turk tilida rasmiy
uslub va yozishmalarda, rasmiy munosabatda
bay
va
bayan
soʻzlari keng qoʻllanadi. Erkak
kishiga murojaat etilganda
bay,
ayollarga esa
bayan
deb murojaat qilinadi. Ogʻzaki murojaatda
ham, yozma murojaatda ham ularning qoʻllanish oʻrni teng. Bu soʻzlar
gapda hurmatni
ifodalovchi asosiy belgi, komponent vazifasini oʻtaydi.
Bay
va
bayan
asl turkiy soʻzlar hisoblanib, turk tilida XX asrning birinchi yarmida
oʻtkazilgan til islohotidan keyin isteʼmol doirasi kengaya bordi. Muhimi shundaki, turk tilida
bay
va
bayan
soʻzlari bilan
bey
va
hanım
yonma-yon qoʻllanadi. Koʻp hollarda
hanım
soʻzining
maʼnosi
bayan
soʻzi bilan tenglashadi.
Hanım
soʻzi turk tilidagi bayan soʻzi
bilan sinonim
sifatida qoʻllana oladi. Аmmo, kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, bu soʻzlarning qoʻllanish doirasida
oʻzaro farq mavjud:
hanım
soʻzi “
turmush oʻrtoq, rafiqa
” maʼnosida ham ishlatiladi
, bayan
turmush oʻrtoqqa nisbatan qoʻllanmaydi.
Bay
bilan
bey
soʻzlari ham koʻpincha bir-birining
oʻrnida qoʻllana olgani uchun turk tilini oʻrganuvchilarda bir soʻzning variantlaridek taassurot
qoldiradi. Bir-birining oʻrnida qoʻllanishining sababi ularning maʼnolari kengayib, uslubiy
jihatdan oʻzaro yaqin kelib qolgani bilan izohlanadi.
Bay
soʻzi, asosan,
rasmiy uslubda
qoʻllanadi. Bu ham toʻgʻridan-toʻgʻri hurmat ifodasidir. Lekin
bay
soʻzining qoʻllanish doirasi
bey
soʻziga nisbatan torligi aniqlandi. Hurmat ifodalaganda
bay
hamda
bey
soʻzlarining ayrim
maʼnolari oʻzaro tutashgani bilan, ularning hurmat ifodalashdagi darajalarida farq mavjudligi bu
soʻzlar etimologiyasi jihatdan oʻzaro farqlanishini asoslashi kuzatildi.
Turk tilida hurmat ifodalanishida undalmalar ham muhim oʻrin tutadi. Undalmalar
tinglovchiga murojaat, xitob, soʻzlovchining turli modal munosabatlari bilan bir qatorda hurmat
maʼnosini ifodalashga ham xizmat qiladi. Baʼzi soʻzlar
bey, hanım, bay, bayan, efendi,
beyefendi, hanımefendi
undalma koʻrinishida
faqat hurmatni ifodalasa, baʼzilari
aziz, kardeş,
meslektaş, sevgili
hurmat bilan birga samimiylikni bildiradi.
Turk tilida ot va sifat soʻz turkumiga xos
sayın, saygıdeğer, zatı alileri, muhterem,
değerli, aziz
soʻzlari undalma yoki undalmalar sifatlovchisi boʻlib kelganda rasmiy hurmat
ifodalanadi. Bu odatda, rasmiy nutqda keng uchraydi. Masalan:
Cumhurbaşkanı
Do'stlaringiz bilan baham: