xonadon, uy, roʻzgʻor
kabi.
2) shaxs maʼnoli birliklar:
ota, ona, aka, uka, opa, singil, bobo, buvi, er, xotin, amma,
xola, amaki, togʻa, kelin, kuyov, qaynona, qaynota, chaqaloq, farzand, qarindosh
kabi.
3) belgi maʼnoli soʻzlar:
muqaddas, ulugʻ, tarbiyali, mehribon, madaniyatli, bolali,
bolasiz, quvnoq, begʻubor, samimiy, oʻziga tortuvchi
kabi.
4) oʻrin maʼnoli turdosh leksemalar:
vatan, uy, ostona, oila, mahalla, shahar turarjoy,
boshpana, maskan
kabi.
5) oʻrin maʼnoli atoqli leksemalar:
Oʻzbekiston, Toshkent, Xorazm, Xonqa, Navroʻz
mahallasi
kabi.
6) mavhum maʼnoli bi
rliklar: muhabbat, sevgi, sadoqat, vafo, burch, bolalik,
vatanparvarlik, oilaviy nonushta, oilaviy urf-odatlar, oilaviy qadriyatlar, oilaviy ahillik, oilaviy
mojaro, oilaviy kelishmovchilik, oilaviy tinchlik, oilaviy baxt, sulola, onalik, otalik
kabi.
7) harakat va holat bildiruvchi leksemalar:
tugʻilmoq, asramoq, hurmat qilmoq,
avaylamoq, ulugʻlamoq, qadrlamoq, sevmoq, kurashmoq, uylanmoq, ajrashmoq, unashtirmoq
kabi.
8) koʻchma maʼnoli birliklar:
oltin beshik, ona suti, oila qoʻrgʻoni, oila ustuni, oilamiz
farishtasi, oq sut, kindik qoni toʻkilgan joy, boshimdagi tojim ota-onam, koʻzimning oq-u qorasi
kabi.
9) soʻz yasalishi bilan bogʻliq soʻzlar:
oilali, oilasiz, oilaparvar, oilaviy, oilachilik,
oilashunos
kabi.
10) oilaviy urf-odat, marosimlar bilan bogʻliq leksemalar:
nikoh toʻyi, aqiqa, sunnat toʻy,
qiz uzatish, oʻgʻil uylantirish
kabi.
11) diniy tushuncha bilan bogʻliq birliklar:
nikoh, mahr, taloq, muslim, muslima, islomiy
kabi.
Bu leksik birliklardan
xonadon, uy, roʻzgʻor,ostona, ota, ona, aka, uka, opa, singil,
bobo, buvi, kelin, kuyov, qaynona, qaynota, chaqaloq, farzand
kabilar oila konsepti maydonining
yadrosidan oʻrin olsa, qolgan birliklar maydonning yadrodan keyin joylashadigan aʼzolari
hisoblanadi.
Oila konseptiga ishora qiluvchi sintaktik birliklar:
mehribon onam, qattiqqoʻl otam,
nuroniy buvi, baxtli bolalik, jamiyatning bir boʻlagi, oʻz qonunlari mavjud maskan, onamni
sogʻinmoq, uy ishlari, kundalik yumushlar, farzand tarbiyasi, avlod davomchisi, tarbiya oʻchogʻi
kabi oila semasi bilan bogʻlangan har qanday birlik assotsiativ tarzda til egalari xotirasida oila
konseptini voqelantira oladi.
Diniy nuqtayi nazardan oila konseptiga
nikoh, mahr, taloq, muslim, muslima, islomiy,
halol, harom
kabi birliklar ham ishora qiladi, chunki musulmonlar uchun oila muqaddas
sanaladi.
Undan tashqarı, oila konseptiga ishora qiluvchi turgʻun birliklar – frazeololgik birliklar
ham mavjud boʻlib,
boshini ikkita qilmoq, ola xurjunni yelkaga tashlamoq, qulogʻini tishlamoq
kabilar oʻzbek millatiga xos milliy-mental xususiyatlarni yanada yorqinroq ifodalashi bilan
ajralib turadi.
274
Maʼlumki, inson tafakkuridagi voqelikning asosiy kategoriyalardan biri sifatida oila
konsepti mehr, muhabbat, ishonch, baxt, qadr, vijdon, taqdir, ozodlik kabi boshqa mental
mohiyatlar qatorida turadi. Maqollarda insonning oʻzi yashagan jamiyatga, turmush tarziga
munosabati, ruhiy holati, tuygʻulari ijobiy yoki salbiy fazilatlari, etik-estetik va falsafiy
qarashlari jamiyat qonuniyatlari va hayotiy sinovlar asosida mujassamlangan boʻladi.
Oʻzbek tilida oila konseptiga ishora qiluvchi
er bosh boʻlsa, xotin boʻyindir, oʻz uyim –
oʻlan-toʻshagim, roʻzgʻor ziynati – oʻtin, uy ziynati – xotin, roʻzgʻor tushdi boshga, qoʻl tegmadi
oshga, ota – bilak, ona – yurak, ota – aql, ona – idrok, er-xotin – qoʻsh hoʻkiz
kabi maqollar
juda koʻp. Albatta, oʻzbek xalqining milliy ongida oilaviy va qarindosh-urugʻchilik
munosabatlari asosiy oʻrin tutadi va bu jihat maqollarda ham oʻz aksini topgan.
Badiiy asarlarda, xususan, nasriy asarlarda lingvokulturologiyada asosiy konseptlar
hisoblangan
hayot, oʻlim, ona, Vatan, muhabbat, yaxshilik, adolat, ayol
kabi tushunchalar ifodasi
koʻp uchraydi. Badiiy asar ijodiy faoliyat mahsuli boʻlganligi sababli, muayyan konsept ifodasi
bu kabi matnlarda, tabiiyki, birinchi navbatda individuallik, obrazlilik belgilarini namoyon etadi
[2,76]. Oʻzbek badiiy adabiyotida oila konseptini oʻzida aks ettiruvchi, unga ishora qiluvchi
asarlar talaygina. Masalan:
Ayol-gul. Erkak-bogʻbon. Sen gulni xor qilsang, uni oʻzga bogʻbon
siypalaydi… erkak bogʻbon. Ayol-gul. Sen bogʻbonga tikan sanchsang, u oʻzga gulni
siypalaydi… ikki oʻrtada sening mevang yetim qoladi. Xudo shundan asrasin!
(Oʻ. Hoshimov)
Ushbu matnda
ayol, erkak, sening mevang – farzand, gul, bogʻbon, tikan
kabi
birliklar oila konseptining ma’nosini yanada yorqinroq ifodalashga xizmat qilgan.
Konsept shakllanishining dastlabki nuqtasida voqelik haqida tasavvur yuzaga keladi.
Xuddi shu tasavvur lisoniy belgiga aylanadi va bu belgi ma’nosining oʻzagini tashkil qiladi. Ong
voqelikni oʻzi uchun muhim boʻlgan belgi-xususiyatlarini ajratadi hamda ular asosida idrok
etilayotgan hodisaning namunaviy modelini yaratadi[5, 59].
Demak, oila konsepti oʻzbek tilida bir nechta sath birliklari yordamida voqelanadi. Leksik
birliklar mavzu jihatdan turli xil ekanligi bilan boshqalaridan farqlanadi. Oila konseptiga ishora
qiluvchi maqollar oʻzbek xalqi muloqot jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Xalq ogʻzaki
ijodi, yozma adabiyot, ogʻzaki soʻzlashuv uslubida milliy-madaniy xususiyatga ega boʻlgan oila
konsepti faol ishlatilishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |