Foydalanilgan adabiyotlar :
1.
Винокур Г. О. Избранные работы по русскому языку. – М., 1959.
2.
Гердер И. Г.
Идеи и философия истории человечества. – М., 1977.
3.
Гумбольдт В.
Избранные труды по языкознанию. - М., 1984.
4.
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб,
заведений. – М.: Издательский центр «Академия», 2001.
5.
Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек тили ва
адабиёти. – Тошкент, 2012. - № 5. – Б.10.
6.
Мечковская Н. Б. Социальная лингвистика. 2-изд. - М., 2000.
7.
Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. Харьков, 1922.
8.
Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологи. - М.: Прогресс,
1993.
9.
Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в
зарубежной лингвистике. – М., 1960. – Вып. 1. – С. 174-195.
10.
Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. М., 1972.
Ona tilimiz fidoyilari
Patriots of mother tongue
Azimov Inomjon
Annotation:
The article analyzes the scientific activity of one of our devoted
compartriots Shokirjon Rahimi, who made a worthy contribution to the formation of the Uzbek
literary language at the beginning of the last century, the development of the first spelling rules,
the regulation of the national alphabet.
Key words:
jadid, literary language, norm, phonetics, vowel sound, synhormonism,
dialect
.
Oʻtgan asrning 30-yillarigacha boʻlgan oʻzbek tilshunosligi oʻz ilmiy-nazariy, amaliy-
usuliy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati hamda ijtimoiy-madaniy ziddiyatlari bilan oʻrganilishi
zarur va shart boʻlgan dolzarb muammolardan biridir. Bu davrdagi oʻzbek tilshunosligining
oʻziga xos tomonlari, oʻzbek adabiy tilining shakllanishi, dastlabki imlo qoidalarining ishlab
chiqilishi, milliy alifboning tartibga solinishiga munosib hissasini qoʻshgan fidoiy
vatandoshlarimizning faoliyati, ularning ilmiy merosi Fitrat, Choʻlpon, Elbek, Ashurali
Dotsent, filologiya fanlari nomzodi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti, azimov@navoiy-uni.uz
256
Zohiriylarni hisobga olmaganda, deyarli oʻrganilmagan. Istiqlolga qadar nashr qilingan
adabiyotlarda oʻzbek tilshunosligi 40-yillarda shakllana boshlagan degan fikr ustuvor boʻlib, 20-
30-yillar oʻzbek tilshunosligi deyarli inobatga olinmadi. Vaholanki, oʻsha davrda mukammal
alifbosi, ma’lum qoidalarga solingan adabiy tili boʻlishini orzu qilgan, shu yoʻlda oʻz jonini
qurbon qilgan, tarix sahifalariga “jadidlar” nomi bilan kirgan millatparvar bobolarimiz oʻzbek
tilshunosligining rivojiga ulkan hissa qoʻshishgan.
Millatimizning shunday qahramonlaridan biri Shokirjon Rahimiydir. Shokirjon Rahimiy
haqida juda kam ma’lumotlar mavjud. Masalan, Shosh.uz saytida uning hayoti va ijodi haqida
shunday deyiladi: “Rahımıy Shokirjon (1898–1938.4.10) – ma’rifatparvar, taraqqiyparvar
pedagog. Toshkentda tugʻilgan. Otasi qoʻlida xat-savodini chiqargach, madrasada, usuli jadid
maktabi va kechki rus-tuzem maktabida oʻqigan (1903–09). «Rahimiya» maktabida oʻqituvchilik
qilgan (1909–19). Rahimiy «Turon» teatr toʻdasi faoliyatida qatnashish bilan birga, Xalq
universiteti (1918), «Ishtirokiyun» gazetasi (1919) va «Nashri maorif» jamiyatining tashkil
etilishi (1923)da tashabbuskor boʻlgan. 1912 yildan boshlab usuli jadid maktablari va turli oʻquv
yurtlari uchun oʻquv qoʻllanmalarini nashr etgan. Oʻzbek tilidagi birinchi alifbe darsligi –
«Sovgʻa» (1919), shuningdek, «Ona tili» (1918, Fitrat va Q.Ramazon bilan hamkorlikda),
«Kattalarga oʻqish» (1920), «Alifbe darsligi» (1922), «Kattalar yoʻldoshi» (1924), «Kattalar
alifbesi» (1927), «Savod» (1930), «Oʻzbek tili. Ish kitobi» (1932) singari darslik va oʻquv
qoʻllanmalar muallifi. «Sadoi Turkiston» gazetasida adabiy xodim (1914–15), Eski shahar
(1918–23) va Toshkent viloyat xalq maorif boʻlimlarida mudir (1924), ayni paytda 1-bosqich
maktablari, ta’lim va tarbiya bilim yurtlarida oʻqituvchi va mudir (1918–22). Rahimiy 1924-
yilda Moskvada oʻzbek yoshlari uchun tashkil etilgan Buxoro maorif uyi va ishchilar fakulteti
mudiri. 1930–31-yillarda «milliy ittihodchilar» ustidan boʻlib oʻtgan suddan keyin Toshkentga
qaytib, maorif tizimidagi muassasalarda ishlagan. 1937-yil 5-avgustda «xalq dushmani» sifatida
qamoqqa olinib, koʻp oʻtmay, otib tashlangan. Keyinchalik oqlangan. Toshkentdagi koʻchalardan
biri Rahimiy nomi bilan atalgan” [Ma’rifatparvarlar. Shokirjon Rahimiy. Shosh.uz.].
“Vikipediya” internet-ensiklopediyasida ham ayni shu ma’lumotlar takrorlanadi
[Ma’rifatparvarlar. Shokirjon Rahimiy. Vikipedia.org.].
Demak, yosh Rahimjon 1903-1909-yillar orasida otasining qoʻlida xat-savodini
chiqargach, madrasada, usuli jadid maktabi va rus-tuzem maktabida oʻqigan. Bu davr tarixiga
oid hujjatlar oʻrganilishi jarayonida shu narsa ma’lum boʻldiki, u 1910-1911-yillar oraligʻida
Turkiyaning Konstantinopol shahriga oʻqishga yuborilgan.
Toshkent Tuzem (erli xalq
yashaydigan) qismi politsiya kapitani Kolesnikovning 1911-yilda Turkiston rayon qoʻriqlash
boʻlinmasi boshligʻiga yozgan xabarnomasida Munavvarqori boshchiligidagi ziyolilar iqtidorli
yoshlarni Turkiyaning Konstantinopol shahriga oʻqishga yuborishayotgani, bularning orasida
Shokirjon Rahimiy ismli oʻta nochor oiladan chiqqan yigit ham borligini yozadi: “Из лиц,
посланных в Константинополь, мне известен сарт Нур-Магомет Мулла Мир Хидоятов,
брать состоятельного сарта Самык Кары Мир Хидоятова, юноша Шакирджан Рахимов –
очень бедный, отправлен на собранные деньги в пользу его” (Тарихнинг номаълум
саҳифалари, 2012: 101
].
Bu ma’lumotdan Shokirjon Rahimiy kambagʻal oiladan chiqqani,
Munavvarqori Abdurashidxonov homiyligida Turkiyada tahsil olib qaytgani ma’lum boʻladi.
Shokirjon Rahimiy Fitrat, Choʻlpon, Qayum Ramazon, Elbek kabi oʻz davrining yetuk
namoyandalari bilan bir qatorda xalqni savodli qilish, milliy til va adabiyotning sofligini saqlash,
adabiy til va imlo muammolari boʻyicha izchil faoliyat olib bordi. U Fitrat tomonidan tashkil
qilingan “Chigʻatoy gurungi” tashkilotining faol a’zolaridan biri edi. Bu haqda adabiyotshunos
Naim Karimov shunday yozadi: “Fitratdan tashqari, “gurung”da Shokirjon Rahimiy, Qayum
Ramazon, Shorasul Zunun, Choʻlpon, Elbek, Botu, Saidahmad Nazirovlar a’zo boʻlganlar. Ular
Xadrada umuturk tili va adabiyotini oʻrganish boʻyicha pulsiz kurslar tashkil etib, shahar
maktablaridagi koʻplab muallimlarni oʻz darslaridan bahramand etganlar”
[
Karimov, 2008: 237
]
.
257
Shokirjon Rahimiy faoliyati, uning ilmiy merosi hali oʻrganilgani yoʻq. Tilshunos olimlar
Hasanboy Jamolxonov va Abdusalom Umarovlar tomonidan arxiv materiallari asosida e’lon
qilingan “Oʻzbek yozuvining XX asr tarixi” kitobida olimning 3ta maqolasi e’lon qilindi.
Ulardan birinchisi “Qizil bayroq” gazetasining 1922-yil 22-mart sonida “Oʻzbek imlosi
toʻgʻrisida asoslar (Maorif qurultoyigʻa)” nomi bilan e’lon qilingan.
Ma’lumki, 1921–1925-yillarda jadid ma’rifatparvarlari tomonidan adabiy til, termin
(istiloh), alifbo va imloni takomillashtirishga, arab grafikasidagi eski oʻzbek yozuvi bilan oʻzbek
tili fonologik tizimi oʻrtasidagi nomutanosiblikka barham berishga, yozuvni isloh qilishga
qaratilgan takliflar oʻrtaga tashlangan, ularni amalga oshirish uchun Toshkent, Samarqand va
Buxoroda konferensiya va qurultoylar oʻtkazilgan, ana shu tadbirlar oldidan turli gazeta
nashrlarida mutaxassislar fikrlari berib borilgan, oʻzaro munozaralar, tortishuvlar ommaviy
nashrlar orqali amalga oshirilgan. Shokirjon Rahimiyning ham mazkur maqolasi “Nashri maorif”
jamiyatining til, imlo masalalariga bagʻishlanib oʻtkazilgan qurultoyi oldidan yozilgan edi.
“Har qaysi xalqning adabiyotining mukammalligi shu xalqning til va yozuvining tartiblik
va qoidalik boʻlishiga bogʻliqdir. Tartibsiz va qoidasiz til va yozuv boʻyicha tuzilgan
adabiyotning bir kun emas bir kun inqirozga uchrashiga hech shak-shubha yoʻqdir. Til jon
boʻlsa, yozuv uning badanidir. Sogʻ boʻlmagan bir tanda jonning uzoq yashamogʻi qiyindir”, -
deb yozadi olim
[
Jamolxonov,Umarov, 2017:125
]
.
Maqolada usmonli turk va shimol turklari
(tatarlar) ning matbuoti ta’sirida ularda boʻlayotgan alifbo, imlo muammolari bizga ham kirib
kelgani, lekin dastlabki davrlarda tajribali maorifchilar boʻlmagani sababli bu narsa dastlab
taqlidchilikdan nariga oʻtilmagani aytiladi. Oʻtgan toʻrt yil mobaynida maorif sohasida bilimli
yoshlar yetishib chiqqani, yetarli tajriba toʻplangani natijasida “imlochilar” (xalq tili bilan
aytganda, “ona tilichilar”) yetishib chiqqani bilan faxrlanadi.
U oʻzbek imlosi oldida turgan quyidagi muammolarni aytib oʻtadi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |