Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

uchun
 
quvgʻin boʻlganlari, 
endi boshlariga ne kunlar tushishini bilmagan bechoralar (T.Malik): b) sabab obyekt ma’nosi 
ifodalanadi. Bunday holda konstruktsiyaning tobe komponenti vazifasida konkret ma’noli otlar, 
shaxs otlari qoʻllaniladi. Masalan: 
Uning har bir komediyasi rejisser u ch u n drama
tomoshabinlar uchun tragediya edi
. (N.Boqiy). 
Yozuvchi uchun har qanday narsagayam bir 
qarash – kifoya
(Sh.Xolmirzayev). v) sabab-evaz ma’nosi ifodalanadi. Bunda ikki holat 
kuzatiladi: 1) biror fikr, faoliyat uchun ta’qib qilish, jazolashni anglatuvchi konstruktsiyalar. 
Bularda tobe komponent vazifasida 
fikr, zulm, jinoyat, tashviqot
kabi mavhum otlar qoʻllaniladi. 
Masalan: 
Onasiga koʻp ozor beravergani u chunmi, u otasiga mehrsizroq edi, ham undan 
qoʻrqardi
(M.Mahmudov). Nurbek uni battar ezish uchun unga osmondan kelib qarashda davom 
etdi (M.Mahmudov). 2) biror faoliyat, ya’ni hususiyati uchun ragʻbatlantirish, mukofotlash kabi 
ma’nolarni anglatuvchi konstruktsiyalarda sabab-evaz ma’nosi ifodalanadi. Bular hokim 
komponent vazifasida qoʻllangan soʻzlarning hususiyati, ma’nolariga koʻra ikki turga boʻlinadi: 
a) hokim komponent vazifasida 
mukofotlamoq, sevmoq
kabi fe’llar yoki 
laureat
soʻzi fe’l bilan 
bogʻlanib keladi: 
Oʻsha yili direktor shu terilar uchun laureat boʻldi
(S.Ahmad
). Vatanini 
behad suygani uchun bu tuproqdan xoʻrlab quvilgan odamda shunday alam boʻladi
(T.Malik). 
Birinchi gapda «berilganligi» soʻzi ellipsisga uchragan. Buni nima uchun laureat boʻldi? Savoli 
berilganda «terilarni berganligi uchun» javobini olish mumkin. Demak, koʻmakchilar oʻz 
zimmasiga ayrim mustaqil soʻzlarning ma’nolarini ham olishi mumkinligini koʻrsatadi. 
Sabab ma’nosini bildiruvchi soʻzlardan yana biri 
sababli
koʻmakchisi hisoblanadi. 
Sababli koʻmakchisi qiyoslanayotgan tillarning grammatika va ilmiy adabiyotlarda u yoki bu 
darajada yoritilgan. 
Oliy oʻquv yurtlari uchun nashr qilingan «Hozirgi oʻzbek adabiy tili» darsligida 
sababli
koʻmakchisi sodir boʻlayotgan ish – harakatning boshqa ish – harakatga aloqador ekani sababini 
bildiradi deyilgan.[5.78]. Akademik A.Hojiyev
sababli
koʻmakchisining uchta asosiy belgisini 
e’tiborga olishni koʻrsatadi. Birinchidan, sabab soʻzi ot va u nutqda otga xos barcha formalarda 
(koʻplik, egalik, kelishik formalarida) qoʻllana oladi:
sababi

sabablar, sabablarini
kabi. 
Sababli
koʻmakchisi esa bunday xususiyatlarga ega emas. Ikkinchidan, 
sababli
soʻzi mustaqil 
soʻz boʻlganda ham ot emas, balki boshqa turkumga oid (masalan, sifat yoki ravish turkumiga 
oid) soʻz boʻlar edi. Chunki uning strukturasida sabab leksemasidan tashqari yana – li 
komponenti ham bor va bu komponent aslida ma’lum bir ma’no, vazifa bilan sabab soʻziga 
qoʻshilgan. Lekin bu narsa 
sababli
soʻzini sabab soʻzidan farqli boshqa turkumga oid mustaqil 
soʻz deyish uchu nasos boʻla olmaydi. Chunki uning tarkibidagi – li sifatyasovchi emas. Ishga 
sababli

kechikish birikmasidagi 
sababli
soʻzi sifat, - li qoʻshimchasi sifat yasovchi. 
Sababli
koʻmakchisidagi - li sifat yasovchi. S
ababli
koʻmakchisidagi – li shu soʻzning ajralmas qismiga 
aylangan va uni asli bilan koʻmakchisining – la shakliga bogʻlash haqiqatga yaqinroq boʻlar: 
sabab bila, 
sabab - la, sababli
. Agar shu narsa toʻgʻri boʻlsa, u holda 
sababli
soʻzining 
koʻmakchi ekaniga shubha qolmaydi. Chunki sabab oti bilan -la koʻmakchisining birikib 
ajralmas holga kelishi, oʻz – oʻzidan, koʻmakchi soʻzni (sababli koʻmakchisini keltiradi. Nihoyat, 
uchinchidan, 
sababli 
koʻmakchisi mustaqil ma’no bildirmaydi, balki yordamchi /funktsional/ 
soʻz yoki qoʻshimchalarga xos ma’no ifodalaydi. Qiyoslang: koʻrmagani 
sababli
- koʻrmagani 


125 
tufayli
, koʻrgni uchun – koʻrmaganidan. Demak, hozirgi oʻzbek adabiy tilida sababli sifatidan 
//mustaqil soʻzdan// farqli, unga omonim boʻlgan sababli koʻmakchisi bor[3].
Shunday ekan, olimning fikriga qoʻshilib, sababli koʻmakchisi aksariyat hollarda – gani 
/ganligi/ sifatdoshi bilan birga kelib sabab ma’nosini ifodalaydi. 
Sabab koʻmakchisi grammatik sabab ma’nosini sof holda boshqa biror ma’no ottenkalari 
holda ifodalaydi. Bunga koʻmakchining paydo boʻlishiga xizmat qilgan soʻz sabab soʻzining oʻz 
leksik ma’nosiga koʻra asl sabab tushunchasini ifodalashi asos boʻladi. [4,73]
Sabab ma’nosini anglatuvchi sababli soʻzi –ligi, -ganligi kabi qoʻshimchali soʻzlar bilan 
birga keladi. Masalan: 
Derazalari yer sathidan pastda ekanligi sababli tashqaridagi odam yaqin 
kelib bukilganda ham ustaxonaning choragini koʻradi, xolos
(Z.A’lam). 
Chunki obuna boʻlsam, 
koʻp qavatli uyda turganim sababli pastdan baribir mengacha kimdir olib qoʻygan boʻlardi
(Gazetadan). 
Bunday misollarni tilimizda koʻplab uchratamiz. Hodisalarni oʻrganganda ularning paydo 
boʻlish, rivojlanish, boshqa holatga oʻtish yoki holat boʻlish sabablarini ochishda koʻmakchilar 
alohida oʻrinni egallaydi 
Sabab tushunchasi falsafada ham juda keng qoʻllanadi. Unda hodisalarning sababiy 
aloqadorligini ob’ektiv, universal, eng umumiy xarakterda egaligini keng namoyon qiladi. 
Demak, falsafada hodisalar, voqealarning sabablari namoyon boʻlishi umumiy xarakterda 
boʻladi. Tilshunoslikda esa gapdagi sababning leksik - grammatik xususiyatlari esa tor doirada 
boʻlib, asosan, gap va matnda oʻrganiladi.
Sabab ma’nosini bildiruvchi koʻmakchilardan yana biri 
tufayli 
koʻmakchisidir. Bu 
koʻmakchi 
sababl
i koʻmakchisiga sinonim boʻlib qoʻllaniladi va asosan ot bilan birikib sabab 
munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Akademik A.N.Kononov tufayli koʻmakchisi haqida 
quyidagacha yozadi, - «tufayli koʻmakchisi arabcha (tekinxoʻr, parazit) ma’nosini, forscha 
(yordam, qoʻllash, oʻrtoqlik) ma’nolarini anglatadi». Hozirgi oʻzbek adabiy tilida bu koʻmakchi 
koʻrsatilgan ma’nolarini yoʻqotib, toʻliq yordamchi soʻzga aylangan. 
Tufayli 
koʻmakchisi 
aksariyat hollarda abstrakt ma’noli otlar bilan birikadi. Masalan: 
Safarqul bu xonadonga kulfat 
tufayli yaqinlashgan edi, kulfat tufayli butunlay uzildi
(T.Malik). 
Bu jamiyatda adolat topmadi, 
faqat ezildi, shu alam tufayli fashistlarga xizmat qilgan boʻlsa qilgandir
(T.Malik). 
U ichida 
doʻstining hasad tufayli shunday maslahat berganini oʻylarkan
(Z.A’lam). 
Tufayli 
koʻmakchisi sabab soʻzi bilan birga qoʻllanganda sabab – aniqlik ma’nosini 
ifodalaydi: Masalan: 
Poldan zax oʻtdi. Yotish joniga tegdi. Ichidagi gʻala – gʻovur ancha bosildi. 
Shu uch sabab tufayli Joʻravoy oʻrnidan turdi
(Z.A’lam). 
S.Gʻoyibov 
tufayli 
koʻmakchisining ba’zan notoʻgʻri qoʻllash faktlari uchrab turishini 
koʻrsatadi. Masalan: 
Varrak tufayli qushlar qoʻrqitilganda ekin maydonidagi 17% karam koʻp 
saqlanib qolgan.
Bunda qoʻrqitilgan fe’li sabab ma’nosini ifodalovchi boʻlakni emas, vosita 
ma’nosini ifodalovchi boʻlakni talab qiladi. Shunga mos ravishda bu grammatik ma’noni 
ifodalovchi bilan yordamida kabi vositalar qoʻllanishi kerak edi: varrak bilan // yordamida 
qushlar qoʻrqitilganda ... kabi. 
Tufayli
koʻmakchisining vosita emas, sof sabab ma’nosini 
ifodalashga xizmat qilishini anglamaslik koʻrsatilgan xatoning sodir boʻlishiga yoʻl ochib 
bergan. Koʻrinadiki, har bir koʻmakchini oʻziga xos ma’no va vazifada qoʻllash grammatika 
sathida nutq madaniyati talablariga javob berishning birinchi shartlaridan hisoblanadi.
Oʻzbek tilidagi
xususidagi
koʻmakchisi oʻrnida haqda, toʻgʻrisidagi soʻzlarini ham 
qoʻllash mumkin. Sabab soʻziga koʻra koʻmakchisini qoʻshish bilan sabab ma’nosi ifodalanadi. 
Bunday hollarda sabab soʻzining ma’nosini koʻra koʻmakchisi bajaradi. Agar koʻra 
koʻmakchisini tushirib qoldirsak gap ma’nosi gʻalizlashadi. Quyidagi gaplarda 
koʻra
koʻmakchisi oʻrnida
bilan
koʻmakchisini qoʻllash mumkin boʻladi. Ayni vaqtda koʻra 
koʻmakchisi boshqarib kelgan soʻzdagi –ga joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi tushib qoladi: 
sabablarga koʻra // sabablar bilan kabi.


126 
Xulosa qilib aytganda, sabab ma’nosini ifodalashda koʻmakchilar oʻzining semantik 
xususiyati bilan boshqa sintaktik vositalardan ajralib turadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish