127
manbalarni oʻzidan ancha orqada qoldiradi(Sochineniya 1963: 285-286). Atoqli tarixchining
“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jamoe ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” va
“Shohid ul-iqbol” beshligi xonlik hududida istiqomat qilgan oʻzbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq
millatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy turmush tarzi, saltanatning Buxoro amirligi,
Qoʻqon xonligi, Eron, Hindiston, Afgʻoniston, Rossiya singari mamlakatlar bilan turli
munosabatlari, xalq qoʻzgʻolonlari, millatlar, elatlar, urugʻlarning urf-odatlari, rusumlariga oid
ma'lumotlar haqqoniy tasvirlangani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Nomlari qayd etilgan manbalarda Xiva xonligining siyosiy-ma'muriy hayoti, ya'ni davlat
qurilishi va boshqaruviga taalluqli talaygina leksik birliqlar qoʻllangan boʻlib, ularning safida
qadimdan qat'iy qolipga tushirilgan, shuningdek, faqat xonlikda mavjud mansab, rutba, amal
pillapoyasini ifodalashga
yoʻnaltirilgan istilohlar rang-barang ma’no-mazmun,
turfa
etimologiyaga egaligi bilan xarakterlanadi.
Xonlikning qurilishi va boshqaruvida xizmatda boʻlgan mansab egalari zinapoyasi
Qoraxoniylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar saltanatidagi tizimdan tubdan farq
qilmasa-da, biroq ayrim amallarning vazifasi, vakolatida oʻziga xosliklar koʻzga tashlanadi.
Xiva xonligi davlat boshqaruvi ma'muriyati xodimlari vazifasi nuqtai nazaridan, asosan, ikki
guruhga boʻlingan: 1) markaziy boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan va 2) viloyat, shahar,
tuman, qishloq, ovul boshqaruviga mas'ul mansabdorlar. Har ikki guruhga taalluqli amaldorlarni
ifodalash uchun oʻzbekcha, arabcha hamda forscha-tojikcha istilohlardan tashkil topgan tizim
qoʻllanishda boʻlgan.
Mansabdorlar pillapoyasining choʻqqisida qadimdan faol ishlatilgan
xon
istilohi bilan
sharaflangan, shajarasi Chingizga borib taqaladigan Olloquli, Rahimquli, Muhammadamin,
Sayyid Muhammad, Muhammad Rahim singari hukmdorlar turgan. Xon nafaqat saltanat rahbari,
shuningdek, oliy bosh qoʻmondon sifatida turli harbiy yurishlarda ishtirok etgan, jangu-
jadallarga boshchilik qilgan.
Taxt vorisi, ya'ni xonzoda-shahzoda
toʻra
istilohi bilan nomlangan boʻlib, amir ul-umarolik oliy
manasabiga teng keluvchi biylik rutbasiga ham egalik qilgan:
Rahimberdi toʻrakim, xolo biylik,
ya'ni amir ul-umaroliq mansabi aning gavhari vujudi bila muzayyan va moʻtabardir (R
iyozu ud-
davla, 64).
Biylik
mansabiga xon tomonidan nafaqat hokim sulola a'zolari, balki arkoni davlat
vakillari ham munosib topilgan. E'tirof etish joizki, aksariyat biylik mansabi saltanatdagi boshqa
amallar qatori meros hisoblangan, ya'ni vafot etgan yoki harbiy amaliyotlar chogʻida halok
boʻlgan yoxud iste'foga chiqqan biyning lavozimi uning farzandi yoki yaqin qarindoshiga
berilgan
: Oloshbiyning oʻrnigʻa aning arshad va amjad avlodi Xudoyorbegni...biylik amali bila
sarafroz qildi
(Riyoz ud-davla,114). Ogahiy tomonidan qaysidir begning biylik mansabiga
tayinlanishi xususida qilingan qaydlar
Do'stlaringiz bilan baham: