79
Til imkoniyatida shunday soʻzlar borki, ular alohida semantik maydon sifatida fan bilan,
ilm-fan taraqqiyoti bilan, sohadagi yangiliklar va oʻzgarishlar bilan bevosita bogʻliq holda
yuzaga keladi va yashaydi. Tildagi bunday soʻzlar terminlar deb ataladi va maʼlum bir soha yoki
ilm-fan va uning rivojiga xizmat qiladi. Yaʼni ilm-fanni terminsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Chunki har bir sohaga doir fanning faoliyati va rivojlanishi, uning zamon bilan hamnafas boʻlishi
terminlar bilandir. Terminning mavjudligi shu fanning ilmiyligini koʻrsatib turadi.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik oʻzgarishlar davrida jamiyat taraqqiyoti
bilan bevosita bogʻliq holda, yangi-yangi soʻz va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Bular esa, oʻz
navbatida tilimizda yangi terminlarni ham yuzaga keltiradi. Ilgaridan ishlatilib kelinayotgan
qator leksemalar yangi maʼno kasb etmoqda.
Binobarin, bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yana-da
chuqurroq oʻrganish, terminlarning oʻzbekcha muqobillarini yaratish, ularni qoʻllashni til
qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik vazifaga aylandi.
Ona tilimizni,
uning ichki va tashqi imkoniyatlarini yana-da teranroq tadqiq etish, terminologiyaning dolzarb
masalalarini atroflicha oʻrganish hozirda, ayniqsa, muhimdir.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga oʻttiz yildan oshgan boʻlsa-da, hali-hamon
tilimizdagi koʻpgina terminlar boshqa yondosh tushunchalar bilan almashtirilib, notoʻgʻri talqin
etilishi kuzatilmoqda.
Xususan, oʻzbek tilida soʻz, atama va termin tushunchalari mavjud boʻlib, ularni maʼno
hamda vazifalariga koʻra oʻzaro farqlash lozim. Ammo soʻz, atama, realiya va terminlar aralash
holda, yaʼni birining oʻrniga ikkinchisi ishlatilaveradi. Natijada, tabiiy ravishda, tilimizda
gʻalizlik va muammolar kelib chiqadi. Hatto, “termin”, “terminologiya” kabilar “atama”,
“atamashunoslik”
leksemalari
bilan
almashtirib
qoʻllaniladigan
boʻldi,
“atama”,
“atamashunoslik” kabi tushunchalarning umummilliy xarakterga ega ekanligi eʼtiborga
olinmaydi. Chunki, “atama” deyilganda, onomastika (toponimiya, antroponimiya,
oykonimiya)ga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi. Aslida, fanda avvaldan isteʼmolda
boʻlgan “termin” va “terminologiya” leksemalarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
Terminlarning umumisteʼmoldagi soʻzlardan
farqli jihati shundaki, ularning qoʻllanilish
doirasi chegaralangan boʻladi. Tilda terminlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaydi, aksincha,
zaruratga qarab yuzaga keladi yoki yaratiladi. Shuningdek, oddiy soʻzdan farqli ravishda,
terminning maʼnosi kontekstga bogʻliq boʻlmaydi. Muayyan leksema terminologik maydonda
termin sifatida qoʻllanar ekan, uning ayni maʼnosi saqlanib qolaveradi. Biroq, koʻp komponentli
terminlarning aniq maʼnosini belgilab olish uchun kontekst zarur.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2018-yil
28-dekabrdagi
Parlamentga
Murojaatnomasida [Mirziyoyev, 2018: –
www.uza.uz
.] oliy taʼlim tizimida tahsil olish uchun
keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish,
universitetlar nufuzini
oshirish, nodavlat taʼlim maskanlari sonini koʻpaytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb
etish va raqobatni kuchaytirish, nufuzli xorijiy institut hamda universitetlar bilan oʻzaro
hamkorlikni kuchaytirish, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini yana-da oshirish, ilmiy
va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish, 2019-2020-oʻquv yilida aholini oliy
taʼlim bilan qamrab olish darajasini 15 foizdan 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda ushbu
koʻrsatkichni oshirib borish muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlab oʻtilgan. 2030-yilga kelib,
mamlakat aholisining oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasini 70 foizga yetkazish
belgilangan [Mirziyoyev, 2018: – www.lex.uz.ru/docs/3913188/otherlang]. Hududlarda yangi
oliy taʼlim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy taʼlim
yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki oʻquv
shakllarining ochilishi,
qabul kvotalarining oshirilishi hozirgi kundagi islohotlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish, shuningdek, oliy taʼlim tizimini yanada
takomillashtirish singari dolzarb vazifalar, ayni paytda, oʻzbek tilining lugʻat fondi, leksikasi
hamda terminologiyasini ham rivojlantirib borishni taqozo etadi.
80
Terminning tuzilishi masalasi, yaʼni uning necha qismdan iborat boʻlishi,
ixcham-
noixchamligi ham bahstalab masalalardan boʻlib, bu hodisaning ijobiy yoki salbiy ekanligi
haqida aniq bir fikr bildirilmagan [Mirahmedova, 2010:10]. Terminga nisbatan qoʻyiladigan,
lekin amalda har doim ham erishib boʻlmaydigan talablardan biri – uning ixcham boʻlishidir.
Termin haqida fikr yuritilar ekan, termin oʻzi nima? -degan savolning tugʻilishi, tabiiy.
Termin – kasbiy maʼno bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi
ayrim obyektlar va ular oʻrtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtayi nazaridan bilish hamda
oʻzlashtirish jarayonida ishlatiladigan soʻz yoki birikmadir [Rasulov va b., 2010: 44].
Haqiqatan ham shunday, chunki har bir sohaning,
tarmoqning termini borki, u oʻsha
soha, tarmoq doirasida qoʻllaniladi, aniqroq qilib ifodalasak, kasb-hunar egasining nutqini
shakllantiradi, oʻzaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi.
Terminologiya tilshunoslikning eng muhim va dolzarb sohasi hisoblanadi, chunki
ijtimoiy-siyosiy turmushimizdagi barcha yangilik va oʻzgarishlar birinchi navbatda tilning
terminologik leksikasida ifodalanadi [Gʻulomova, 2002:17].
“Shuni taʼkidlash joizki, atamashunoslikka oid tadqiqotlar keng koʻlamda olib
borilayotganligiga qaramasdan, hozircha atamaning hamma eʼtirof etgan tabiatini toʻliq qamrab
olgan taʼrif yoʻq” [Qonun va til, 1997: 143]
Rus tilshunoslaridan biri Yasyuk T.A. “terminologiya”, “nomenklatura”, “kasb-hunarga
oid soʻzlar”ni maxsus leksika tushunchasi ostiga birlashtiradi.
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “nomenklatura”ga quyidagicha izoh beriladi:
“Nomenklatura – ishlab chiqarish, fan, texnika, sanʼat sohalaridan birida qoʻllaniladigan
nomlar, atamalar, terminlar va shu nomlar bilan ataluvchi narsalar roʻyxati, majmuyi” [Oʻzbek
tilining izohli lugʻati, 1981: 509]. Bu yerda terminologiya maʼlum maʼnoda nomenklatura
tarkibiga kiritib qoʻyilgan. Biz nomenklaturaga A.Reformatskiy
tomonidan berilgan izohga
qoʻshilamiz:
“Nomenklatura – bu terminologiya bilan bogʻliq tushunchalar tizimi toʻgʻrisida emas,
balki elementlar va tartibning tafovutlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan turli
narsalarga tegishli nomlar yigʻindisi boʻlsa, terminologiya muayyan fan tizimini ifoda etuvchi
sohadir. Nomenklatura – yordamchi til vositasidir” [Yatsyuk,1992: 35-36].
Darhaqiqat, terminologiya maxsus tilning maxsus leksik qatlamidir. Uning lugʻaviy
obyekti nomenklaturaga nisbatan ancha kengdir.
Umumiy tilshunoslikda, ayniqsa maxsus leksika hisoblangan professionalizm
(kasb-hunar), argo va jargonlarni terminlar bilan almashtirib, koʻrsatish hollari uchraydi.
Darhaqiqat, kasb-korga koʻra chegaralangan lugʻaviy birliklarning asosiy qismini har bir
kasb-korda ishlatiladigan mazkur soha soʻzlari tashkil etadi. Masalan, qishloq xoʻjaligi boʻyicha
maxsus soʻzlar, maorif, hunarmandchilik, ipakchilik sohasidagi soʻzlar va h.q. Shu jihatdan
kasb-hunar soʻzlari terminga oʻxshab ketadi, ammo ular terminlarga nisbatan maʼno
jihatdan
kengdir, yaʼni kasb-hunar leksikasining aksariyat qismi umumisteʼmoldagi soʻz boʻlib, ularning
ishlatilish chegarasi terminlardagi kabi aniq emas
Do'stlaringiz bilan baham: